Hamkorlik masalalari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari


Download 5.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet173/363
Sana02.12.2023
Hajmi5.91 Mb.
#1780763
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   363
Bog'liq
Konferensiya materiallari 2022 tahrir yangi xatosiz (2)

Foydalanilgan adabiyotlar 
1. Аблин 
М.В. 
Теоретико-методологическое 
обоснование 
лингвистической 
экспертизы по делам об экстремизме. Дисс. Фил.кан.наук. Уфа, 2015. 162 c. 
2. Бурков И. В. Заключение и показания эксперта в уголовном процессе. М.: 
Юрлитинформ, 2010. 144 с. 
3. Подкатилина М. Л. Судебная лингвистическая экспертиза экстремистских 
материалов: монография / под. ред. Е. И. Галя- шиной. М.: Юрлитинформ, 2013. 
184 с. 
4. Леонтьев Д. А., Иванченко Г. В. Комплексная гуманитарная экспертиза: 
Методология и смысл. М.: Смысл, 2008. 135 с. 
5. Стернин А.И. Принципы лингвокриминалистического анализа текста// Вестник 
КРСУ. 2016. Том 16. № 8. C.54 
6. Теоретические и методические основы судебной психолого-лингвистической 
экспертизы текстов по делам, связанным с противодействием экстремизму / М-во 
юстиции Рос. Федерации, Гос. учреждение Рос. федер. центр судеб. экспертизы 
при М-ве юстиции Рос. Федерации; подгот.: Кукушкиной О. В. и др. М.: ЭКОМ-
ООО «ЭКОМ Паблишерз», 2011. 326 с. 
 
 
 
TARJIMADA ASLIYATNI HAQQONIY IFODALASH ZARURIYATI 
NECESSITY OF TRUTHFUL REPRESENTATION OF THE ORIGINAL IN THE 
TRANSLATION 
Farog‘at Kurbanova 
*
 
 
 
Annotation. Relevance of thesaurus dictionaries in Uzbek linguistics. 
 
Key words: thesaurus, synset, verb lexemes, synonyms, antonyms, hyponyms, hyperonyms 
Bugun biz demokratik jarayonlarni chuqurlashtirish , aholining siyosiy faolligini oshirish, 
fuqarolarning mamlakatimiz siyosiy va ijtimoiy hayotidagi amaliy ishtiroki haqida so`z yuritar 
ekanmiz, albatta axborot erkinligini ta’minlamasdan ommaviy axborot vositalarini odamlar o`z 
fikr va g`oyalarini sodir bo`layotgan voqealarga o`z munosabati va pozitsiyasini erkin ifoda 
etadigan minbarga aylantirmasdan turib bu maqsadlarga erishib bo`lmasligini tasavvur etamiz. 
Ma’lumki, fuqarolarning axborot sohasidagi huquq va erkinliklarini ta’minlash masalasi 
insonning axborot olish, axborotni va o`z shaxsiy fikrini tarqatish huquqi va erkinligini o`zida 
mujassam etgan bo`lib, bu O`zbekistonda demokiratik jamiyat asoslarini barpo etishning muhim 
sharti, ta’bir joiz bo`lsa, tamal toshi hisoblanadi. Yurtimizda mana shu o`tgan vaqt mobaynida 
ayniqsa oxirgi yillarda ommaviy axborot vositalarini yanada liberallashtirish, so`z erkinligini 
ta’minlashga qaratilgan keng qamrovli tashkiliy, huquqiy chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Ommaviy axborot vositalari rivojini ta’minlaydigan demokratik talab va standartlarga 
to`la mos keladigan mustahkam qonunchilik bazasi bugungi kunda albatta yaratiladi. Ushbu 
davrda ommaviy axborot vositalarini erkin va jadal rivojlantirishga, axborot sohasining samarali 
faoliyat ko`rsatishini ta’minlashga qaratilgan bir necha qonunlar va qonun hujjatlari qabul 
qilindi. 
“Axborot erkinligi prinsiplari va kafolarlari to`g`risida”gi Qonunning qabul qilinishi har 
kimning axborotni erkin va moneliksiz olish hamda foydalanish 
huquqlarini amalga oshirishda, shuningdek, axborotni muhofaza qilinishi, shaxs, jamiyat va 
davlatning axborot borasidagi xavfsizligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. 
*
Alisher Navoiy nomidagi ToshDO`TAU stajor-o`qituvchisi 


241 
Har bir mustaqil yurt vakili axborotlarni olish va ulardan foydalanish huquqi qonunlar 
tomonidan ta’minlangan va bu davlat muhofazasidadir. 
Mustaqil yurtimizda ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish, ularning axborot 
sohasini demokratlashtirishda faol ishtirokini ta’minlashga qaratilgan keng qamrovli islohotlar 
amalga oshirilmoqda. Har bir shaxsning axborot olish jarayonida, axborot texnologiyalari va 
tizimlarini qo`llagan holda, axborot resurslardan foydalanish ham kafolatlanadi. Dunyodagi 
yetakchi mamlakatlar tajribasiga tayangan holda kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash milliy 
tizimining takomillashtirilishi axborot sohasidagi faoliyatning sifati va saviyasini oshirishga 
qaratilgan chora- tadbirlar tizimida ko`p jihatdan hal qiluvchi ahamiyatga ega bo`ldi. Bunday 
keng miqiyosda olib borilayotgan islohotlar natijasida har bir sohada o`zgarishlarni ko`rish 
mumkin. Albatta, tilshunoslik sohasi ham bundan mustasno emas. Komyuter lingvistikasi 
yo`nalishining faoliyat olib borilayotgani bizga berilayotgan imkoniyatlar sari qo`ilgan qadamlar 
biridir. Bugungi kunda mutaxassislar bu yo`nalishda ancha ishlarni tadqiq etishga kirishganlar. 
Shunday izlanishlardan biri Tezaurus lug`at ustida ish olib borishdir. “Tezaurus” lotincha – 
xazina ma’nosini anglatib tanlangan har bir so`z yoki termin haqida to`liqligicha ma’lumot olish 
imkonini beradi. Tezauruslar asosan rus va ingliz tilshunosligida keng miqyosda o`rganilingan. 
Ammo bunday lug`atlar o`zbek tilshunosligida hali keng doirada o`rganilmagan bo`lib, 
o`rganilishi kutilayotgan, samarali foyda keltiradigan, dolzarb masalalardir biridir. Tezaurus ham 
ma’um ma’noda axborot yetkazishning eng qulay, samarali va tezkor yo`li hisoblanadi. 
Tezuruslarda so`z yoki termin haqida ma’lumotlar berayotganimizda albatta uning tili va 
uslubiga e’tiborimizni qaratmog`imiz lozim. Sababi bu axborot olish usuli ommaga qaratilgan 
bo`lib biz uni ommabop, soddaroq, ravon va barcha uchun tushunarli tilda yozishimiz kerak. 
Mazkur lug`atda ochib berilayotgan so`z yoki terminning sinonimi, antonimi, paronimi va 
etimologiyasi to`liq holatda yoritiladi. So`z yoki termin haqida ma’lumotlar (sinonimi, antonimi, 
paronimi va etimologiyasi) berilayotganda albatta uning to`g`riligiga, to`liqligiga e’tibor 
qaratmog`imiz lozim. Etimologiyasini yoritayotganda esa to`g`ri asosli manbalarga asoslanish 
kerak. Xato va asossiz berilayotgan har bir ma’lumot muallifga o`ziga yarasha muammolar barpo 
qilishi va axborot oluvchiga ham qiyinchiliklar, chalkashliklar tug`dirishi muqarrar. Bunday 
lug`atlarni tuzish anchagina murakkab jarayon bo`lib, har bir so`zni izohlayotganda aniqlikka, 
tilning soddaliga, uslubning ravonligiga e’tiborni qaratmoq lozim. Yetkazib berayotgan 
axborotdan hamma bo`lmasada, ma’lum bir qism foydalanuvchilar o`zlari tushungan holda 
foydalanishlarini ta’minlash kerak. Bu esa ma’lumot yetkazuvchiga muayyan huquq va 
majburiyatlarni yuklaydi. 
Xullas, yuqorida ta’kidlab o`tilganlardan kelib chiqqan holda shuni ta’kidlash joizki, 
barcha ko`rilayotgan tadbirlar ommaviy axborot vositalarining o`rni va rolini yanada 
mustahkamlashga, fuqarolarning so`z erkinligi va tanlash erkinligini ta’minlashga qaratilgan 
konstitutsiyaviy huquqlarni yanada to`liq ro`yobga chiqarishga yordam beradi. 
Ommaviy axborot vositalari erkinligi va mustaqilligini yanada mustahkamlash uchun axborot 
xizmatlari samaradorligini oshirish uchun, axborotning to`g`riligiga, manbaning asosligiga 
e’tiborni qaratmoq lozim. 

Download 5.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   363




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling