Hamkorlik masalalari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari


Download 5.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet282/363
Sana02.12.2023
Hajmi5.91 Mb.
#1780763
1   ...   278   279   280   281   282   283   284   285   ...   363
Bog'liq
Konferensiya materiallari 2022 tahrir yangi xatosiz (2)

harf almashganimi , yoki o`zbekcha tuproq bilan arabcha turbat so`zlarining qo`shilishi 
natijasida hosil bo`lgan yangi so`zmi? Nima deysiz?” [ Vohidov,2014:36] 
Bu savolga aniq javob olish uchun Shavkat Rahmatullayevning “O`zbek tilining 
etimologik lug’ati” dan foydalanamiz. Lug’atning 1-jildi (turkiy so`zlar) qismida tuproq so`ziga 
berilgan izohga asoslansak, yerning mayda kukun holati deb izohlangan bu so`z qadimgi turkiy 
tildda ham mavjud bo`lganligi aytilgan. Asos sifatida bu so`zning Малов С.Е. «Памятники 
древнетюркской словар письменности» (432-b), «Древнетюркской словар» (575-b) da 
hamda biz uchun eng asosiy va ishonchli manba bo`lgan “Devonu lug’otit turk” (I tomda 
133,434- betlarda; III tomda 29-betda) da uchraganligi aytilgan.
“Qadimgi turkiy tildagi “kukun holatiga keltir” ma’nosidagi топур fe’lidan – ақ qo`shimchasi 
bilan yasalgan., keyinchalik ikkinchi bo`g’indagi tor unli talaffuz qilinmasligi natijasida топрақ
shakli yuzaga kelgan.: топур + ақ = топурақ> топрақ. Bu ot so`zlashuv nutqida so`z o`rtasidagi 
pr undoshlari o`rin almashgan holda ham talaffuz qilinadi”[Rahmatullayev,2000:360].
Ushbu ma’lumotlar orqali Erkin Vohidov tomonidan o`rtaga tashlangan mulohazali 
fikrga aniq javob topamiz, ya’ni tuproq so`zi tilimizda qadimdan mavjud bo`lgan sof turkiy so`z 
hisoblanadi , turpoq esa uning talaffuzdagi varianti va uning kelib chiqishiga arabcha turbat 
so`zining ta’siri bo`lmagan.
Endi ana shu maqola tarkibidagi boshqa o`ringa yuzlanamiz: 
“Ildiz yerning tubida bo`ladi. Demak, tub tupga aylangan. Bamisoli turb turupga, cho`b 
cho`pga, qolib qolipga, ko`rshabparak ko`rshapalakka aylangani kabi”[Vohidov,2014:36]. 
Fikrimizni oldin jumlaning ikkinchi qismidagi turup, cho`p, qolip, ko`rshapalak
so`zlariga qaratamiz. Savol tug’iladi? Chindan ham ularning asl shakli Erkin Vohidov aytganday 
bo`lganmi? Muallif nimaga tayanib bunday fikrga kelgan? Savollarimizga Shavkat 
Rahmatullayevning “O`zbek tilining etimologik lug’ati” dan javob olamiz. 
Turp. Bu tojikcha ot asli turb tovush tarkibiga ega bo`lib (ТжРС,399), o`zbek tiliga b 
tovushini p tovushiga almashtirib olingan; “hosili ko`kish, pishirilmay ovqatga qo`shib 
yeyiladigan dumaloq shaklli sabzavot” ma’nosini anglatadi (ЎТИЛ,II,228). O`zbek so`zlashuv 
tilida bu ot turup shaklida ham aytiladi [Rahmatullayev, 2009: 229].
Cho`p. Bu tojikcha ot aslida cho`b tovush tarkibiga ega bo`lib (ТжРС,448), o`zbek tiliga 
b tovushini p tovushiga almashtirib olingan; tojik tilida “daraxt” ma’nosini, o`zbek tilida esa 
“ingichka novdaning parchasi” ma’nosini anglatadi(ТжРС,448; ЎТИЛ,II,387) [Rahmatullayev, 
2009: 259]. 


372 
Qolip. Bu arabcha so`z aslida qālib(un) shakliga ega (APC,654) ; o`zbek tiliga cho`ziq ā
unlisini â unlisiga , so`z oxiridagi jarangli b undoshini jarangsiz p undoshiga almashtirib qabul 
qilingan. bu so`z ko`pma’noli qalaba fe’lining “ag’dardi” ma’nosi bilan hosil qilingan aniq 
nisbat sifatdoshi bo`lib , otlashib, “poyabzal tikishda, quyma mahsuot tayyorlashda ishlatiladigan 
moslama”, “shablon” ma’nosini anglatadi [Rahmatullayev, 2003: 539]. 
Ko`rshapalak. Bu tojikcha ot aslida murakkab tuzilishli ko`rshabparak shakliga ega 
bo`lib(ТжРС,199), “ko`rmaydigan” ma’nosini anglatadigan ko`r sifatiga (ТжРС,199) , “tun” 
ma’nosini anglatadigan shab oti, (ТжРС,448) “uch” ma’nosini anglatadigan paridan fe’lining
par hozirgi zamon asosidan tarkib topgan ko`rshabar birligiga –ak qo`shimchasini qo`shib hosil 
qilingan; o`zbek so`zlashuv tilida b tovushi p tovushiga almashtirilib, qator kelib qolgan pp 
tovushlaridan biri aytilmay, oxiri r tovushi l tovushiga almashtirilgan . Bu ot “qorong’ida 
uchadigan qushsimon hayvon “ ma’nosini anglatadi (ЎТИЛ,I,421) [Rahmatullayev, 2009: 125].
“O`zbek tilining etimologik lug’ati”dan olingan yuqoridagi ma’lumotlarga asoslanib
Erkin Vohidov tomonidan keltirilgan turp, cho`p, qolip va ko`rshapalak so`zlarining kelib 
chiqishiga oid ma’lumotlarning to`g’ri , aniq va ilmiy asosga ega ekanligiga guvoh bo`lamiz. Bu 
esa muallifning tilshunoslik sohasida yaxshigina bilimga egaligiga hamda arab va tojik tillaridan 
xabardorligiga dalildir.
Endigi e’tiborni muallifning tup so`zining kelib chiqishiga oid fikrlariga qaratamiz. Bu 
so`z ham yuqoridagi so`zlar kabi tovush o`zgarishi bilan qabul qilinganmi degan mulohaza 
o`rtaga qo`yilgan. “Devon” da ushbu so`zlarning izohi quyidagicha : 
“Tüp – har qanday daraxtning asosi, ildizi, yïğač tüpi – yog’och tupi.
Tüb – negiz, tam tübi – devor negizi, poydevor. Kishining kelib chiqishiga, asliga ham bu so`z 
qo`llanadi; tüblüg erän – tagli-taxtli kishilar” [Mutallibov, 1963: 130]. 
O`zbek tilining etimologik lug’atida izohlanishicha tup so`zi qadimgi turkiy tilda “asos”,”ildiz” 
ma’nolarini anglatgan va bu ot asli tüp tarzida talaffuz qilingan; o`zbek tilida ü unlisining 
yumshoqlik belgisi yo`qolib hozirgi tup holiga kelgan. Bu otning hozirgi ma’nosi uning “ildiz” 
ma’nosidan o`sib chiqqan [Rahmatullayev, 2000: 360].
Shu ma’lumotlarga tayanadigan bo`lsak, tub va tup so`zlari alohida shakl sifatida qadimgi turkiy 
til davridanoq mavjud bo`lganligini ko`ramiz. Ularning qay biri ikkinchisi uchun asos 
bo`lganligi ustida esa izlanish olib bormoqdamiz.
Xalq og’zaki so`zlashuv tili hamisha osonlikka, qulaylikka intiladi. Shu sababdan ham ko`p 
so`zlarimizning yozilishi va talaffuzi biroz farq qiladi. Ba’zi so`zlar yuqoridagi kabi o`zga tildan 
tilimizga qulaylik yuzasidan tovush o`zgarishi bilan qabul qilingan bo`lsa, shunday so`zlar borki 
tovush tarkibi saqlangan biroq o`rnini o`zgartirish bilan tilimizga qabul qilingan. Ko`rib 
chiqyotganimiz, “So`z latofati” asaridagi “Teskari tushgan tovushlar” maqolasidan olingan 
quyidagi ma’lumotga diqqat qaratamiz: 
“Almashinuvning bir turi aytish qiyin bo`lgani uchun majburiyat yuzasidan sodir bo`lgan. 
Kift, qulf, avf, bo`yra, kiprik so`zlari aslida kitf, qufl, afv, bo`ryo, kirpik bo`lgan. Tilism ham 
tilism bo`lgan” [Vohidov, 2014: 49]. 
Bir qarashda bu fikr biroz g’aliz tuyuladi. Biroq muallif haq . Bu so`zlarning asl shakllari xuddi 
shunday bo`lgan. Manbalar asosida fikrimizni dalillaymiz. Kitf so`zining etimologiyasiga 
qaraymiz: 
Kift.Bu arabcha so`z asli katf(un), katif(un), kitf(un) shakllariga ega (APC), 677); o`zbek tiliga 
kitf shakli tf tovushlarining o`rnini almashtirib qabul qilingan: kitf> kift. Ko`pma’noli katafa 
fe’lining “qo`llarini bog’ladi” ma’nosi bilan hosil qilingan 1 bob masdari bo`lib, arab tilidan 
“yelka” ma’nosi bilan o`zlashtirilgan [Rahmatullayev, 2003: 202]. 
Qulf. Bu arabcha so`z qufl(un) shakliga ega (APC,652) o`zbek tiliga fl undoshlarini o`rin 
almashtirib qabul qilingan. ТжРС da qulf shakli keltirilib qufl shakliga havola berilgan
“mahkamlab yopdi” ma’nosini bildiruvchi qafala fe’lidan hosil qilingan bo`lib, eshik, qopqoq 
kabilarni kalit bilan berkitish uchun yasalgan buyum ma’nosini anglatadi [Rahmatullayev, 2003: 
542]. 


373 
Kiprik.Bu so`z qadimgi turkiy tilda “Ko`p tikan’ ma’nosini anglatgan kirpi otidan (Devon, I,393) 
kichraytirish ma’nosini bildiruvchi –k qo`shimchasi bilan hosil qilingan (Devon, I, 443), 
keyinchalik rp undoshlari o`rin almashtirilgan : kirpi + k = kirpik> kiprik [Rahmatullayev, 2000: 
209].
Qolgan so`zlarni ham shu tarzda keltirish mumkin. Bo`yra so`zining kelib chiqishi tojik tiliga, 
tilsim so`zi esa arab tiliga borib taqaladi, faqat ular ham tilimizga aynan shakli bilan emas, 
tovush o`zgarishi bilan qabul qilingan. Yuqoridagi izohlar orasidan kiprik so`zining 
etimologiyasiga nazar soladigan bo`lsak, u mutlaqo biz aloqador deb o`ylamaydigan so`zga, 
bugungi kunda shevalarimizda (masalan, Xorazm shevasida ) tipratikan ma’nosida ishlatiladigan 
kirpi so`ziga borib taqalganligini ko`ramiz. Demak, ko`rilgan manbalarga ko`ra, muallifning bir 
qarashda g’alizroq tuyulgan bu misollari aslida to`g’ri.
Yuqorida tilga olingan barcha fikrlar va ularni ilmiy manbalar bilan taqqoslash natijasida 
Erkin Vohidovni endilikda nafaqat shoir, balki jonkuyar va bilimdon tilshunos sifatida kashf 
qilamiz. Asarda tilimizdagi bu kabi biz e’tibor bermagan qiziqarli ma’lumotlar bilan bir qatorda
mulohazaga, ilmiy asosga muhtoj muammoli til vaziyatlari ham ko`plab keltirilgan. Hozirda 
asardagi etimologik qarashlar ustida izlanishlar olib bormoqdamiz . Tatqiqot maqsadi Erkin 
Vohidovning tilshunoslik sohasidagi bilimlari naqadar chuqur ekanligini isbotlash bilan bir 
qatorda etimologiya sohasiga qiziquvchilarga asardagi etimologik jumboqlarni yechish, 
keltirilgan fikrlarni manbalar asosida dalillab ko`rsatishga qaratilgan.

Download 5.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   278   279   280   281   282   283   284   285   ...   363




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling