Hamkorlik masalalari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari


Download 5.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet138/363
Sana02.12.2023
Hajmi5.91 Mb.
#1780763
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   363
Bog'liq
Konferensiya materiallari 2022 tahrir yangi xatosiz (2)

Metod va metodologiya. Maqolada kognitiv-semantik tahlil asoslari yoritilgan 
tadqiqotlar, kognitiv tahlil usullari, tavsiflash, chog‘ishtirish metodlari, diaxron va sinxron 
metodlardan foydalanildi.
Metafora va frazeologik birliklarda so‘z va so‘z birikmasining kognitiv 
xususiyatlari. 
Ongda o‘zaro aloqadorlik xaritasi sifatida ta'riflangan metafora va uning nutqdagi 
lingvistik shakllarda namoyon bo‘lish masalalari tadqiqotlarda yoritilgan. Dastlabki tushunchalar 
hamda metaforalarning nutqni qayta ishlash jarayonida kognitiv ifodalanish munosabatlari tahlil 
qilingan. Nutqni tilshunoslik, diskurs-analitik, shuningdek, psixologik qarashlar bo‘yicha ko‘p 
bosqichli hodisa sifatida tushunish tahlillari asosida lingvistik shakllarni, konseptual 
tuzilmalarni, kommunikativ funksiyalarni va kognitiv tasvirlarni tavsiflovchi metafora 
ko‘rinishlari misollar asosida izohlangan. Lingvistik shakllar, konseptual tuzilmalar va 
kommunikativ funksiyalarni o‘rganishda tahlilning semiotik tomonigagina emas, balki individual 
kognitiv jarayonlar va ularning nutqda voqyelanishiga e'tibor qaratilgan [Hyermmann,2013]. 
Rasmiy nutqdagi metaforalarning xususiyatlari ham tadqiq qilingan. Metaforalarga asos 
bo‘lgan chegaralar, manbalar va qat'iyatlilik kabi xususiyatlar belgilangan. Metaforalar 
shakllanishining gender belgilari tahlil qilingan. Metaforalardan nutqda foydalanish 
xususiyatlarini tushunish persepsiya jarayonining takomillashuvi uchun xizmat qiladi. 
Belgilangan metafora mavzulari, birinchi navbatda, erkaklar nutqida ilgari suriluvchi 
mavzulardan farq qilishini bilish, jinslar o‘rtasidagi muloqotni ilmiy asosda tavsiflash imkonini 
beradi [Trena,2008]. Metaforalarning rasmiy nutq doirasida tahlil qilinishi rasmiy va ommabop 
uslub xususiyatlarining uyg‘unlikda namoyon bo‘lishini ifoda etadi. Nutqiy muloqotning gender 
aspektdagi tadqiqi ayol va erkaklar nutqining o‘ziga xosligini ko‘rsatish bilan birga madaniy 
munosabatlar, qadriyatlardagi gender belgilarni ajratishga xizmat qiladi. 
Iqtisodiy mavzudagi matnlarda metaforalarning qo‘llanishiga oid izlanishlar amalga 
oshirilgan. Kognitiv tilshunoslik yo‘nalishida ta'kidlaganidek, biz atrofimizdagi dunyoni 
tushunish va o‘zaro munosabatda bo‘lish uchun foydalanadigan ma'noni shakllantirish jarayoni 
dinamik va o‘z navbatida metaforik xarakterga egadir. Metafora madaniy-kognitiv xususiyatga 
ega bo‘lib, insonning fikrlash qobiliyatini, tafakkur darajasini, dunyoqarashini, qadriyatlarini va
ijtimoiy munosabatlarini o‘rganish uchun qulay vositadir. Pragmatik darajada metafora 
yozuvchilarning maqsadlariga erishishlari uchun qulay usul hisoblanadi. Tasvir sxemasining 
o‘zgarishiga qarab, konseptual metaforadagi madaniyatlararo farqlarni kuzatish taklif qilingan 
[Mei,2010]. 
Ingliz tilidan o‘zbek tiliga qilingan tarjima matnlardagi metafora namunalariga e'tibor 
beraylik. So she says, 'Don't you call me Mattie' and he hushed and he just stood there a little 
man; he looked kind of like me, they said tapping one of them little high-price cigars on his 
glove, with his face looking like he had thought about smiling a little and then he decided it 
wasn't even any use in that [Faulkner,2021]. O‘shanda ham xotini shartta betgachoparlik 
qilgandi: «Men senga Metti emasman!» Sho‘rlik eri turgan joyida qotib qoldi, tili tanglayiga 
yopishdi, o‘zi kichkinagina uvoq odam deng, – menga sizga o‘xshaydi, deb aytishardi. A'lo navli 


188 
sigarasini qo‘lqopiga asta-asta urganicha, yuzida yuz qolmagan, kulmoqchi bo‘lgan, lekin 
kulishini ham bilmagan bir alfozda turibdi deng [Folkner,2020]. Bu matnda little man sodda 
birikmasi (tobe+hokim so‘z) kichkinagina uvoq odam deng (tobe+tobe+hokim) shaklidagi 
murakkab birikmaga almashtirilgan. Tarjima matndagi uvoq so‘zi o‘zbek madaniyati mental 
ongidagi kichkina aniqlovchisining obrazli muqobilini aks ettirgan. 
Metaforalarning badiiy matndagi xususiyatlarini o‘rganishga oid bir qator tadqiqotlar 
amalga oshirilgan. A.Paudah tadqiqotida Edgar Allan Po she'rlaridagi metafora turlari va 
metafora ma'nosi tahlil qilingan. Metafora majoziy tilning bir qismi bo‘lib, bir narsani 
boshqasiga qiyoslaydi. Tadqiqotlarda konseptual metafora, ontologik metafora, orientatsion 
metafora, sinestetik metafora, standart metafora, kengaytirilgan metafora, jonlantiruvchi 
metafora, faol metafora kabilar tahlil qilingan. Asosan, Edgar Po ijodidagi ontologik metafora 
xususiyatlari izohlangan [Puadah,2017].
Metafora masalalari N.A.Arutyunova, U.Yu. Vaulina, V.G.Gak, V.P. Grigorev, 
Yu.N.Karaulov, Yu.I.Levin, G.D.Sklyarevskaya, V.N.Teliya ishlarida ham nazariy, ham amaliy 
jihatdan yoritilgan.
Tadqiqotlarda metafora va metaforik tafakkur genezisi, ot va fe'l asosli metaforalarning 
yuzaga kelishi, tavsifi, metaforik ko‘chish mohiyati, metafora turlari, metaforik birliklarning 
leksik-semantik, morfologik, sintaktik aspektlardagi tahlili amalga oshirilgan. Uzual metafora 
hodisalari va muallif nutqiga xos okkazional metaforik ko‘chim o‘rtasidagi farqning namoyon 
bo‘lishi, metaforalarning uslubiy xususiyatlari, metafora usullarining badiiy matndagi ifodasi 
o‘rganilgan. 
M.Mirtojiev metaforaga oid tilshunoslik ilmidagi fikrlarni umumlashtirib, myetaforani 
hosila ma'no yuzaga kelish usullari (metafora, metonimiya, sinekdoxa, vazifadoshlik, 
tobelilik)ning eng faoli sifatida baholagan. Hosil qiluvchi va hosila ma'no referentlari
o‘xshashligiga asoslangan ko‘rinishi ekanligini ta'kidlagan. M.Mirtojiev simvolizatsiyaning nutq 
kechimidagi ellipsis bilan bog‘liq ekanligini, allegoriyaning esa nutq kechimidagi qochirim
bilan aloqadorlikda yuzaga chiqishini ta'kidlab, metaforani oddiy metafora, personifikatsiya,
sinesteziya kabi turlarga ajratgan [Mirtojiev,2010:67-69].
O‘z navbatida, til hodisasi bo‘lgan metaforaning yevropa tillariga oid ba'zi adabiyotlarda 
o‘xshatish belgisiga ko‘ra bir necha turga bo‘linganini ma'lum qilgan. Ayrim adabiyotlarda 
personifikatsiya, simvolizatsiya, allegoriya, sinesteziyalar metaforaning ko‘rinishi tarzda 
izohlangan [Mirtojiev,2010:67]. 
Oddiy metafora referentlarning oddiy qiyosi, o‘xshashligiga asoslansa, personifikatsiya 
jonsiz referentning jonli referentga o‘xshatilishiga; sinesteziya bir sezgi vositasida his qilingan 
referent belgilarining boshqa sezgi bilan his qilingan referentga ongda umumlashtirib 
qiyoslanishiga, o‘xshatilishiga asoslanadi [Mirtojiev,2010:71]. 
Metafora til imkoniyatlarini, til egasining tafakkur qobiliyati va idrok darajasini namoyon 
etuvchi ma'no ko‘chishidir. Bu hodisa til egalarining narsa-buyum, tabiat, jamiyat xususiyatlari, 
o‘simliklar dunyosi, jonzotlar olami haqidagi belgilarni chuqur o‘zlashtirishlari natijasidir. Shu 
bois metafora milliy-madaniy tafakkurdagi o‘xshatish asosidagi nomlashni ifoda etadi.
“Ritorika va leksikologiyada metafora birinchi navbatda nomlash vositasi deb qaraladi. 
Lekin bu yerda metaforaning tavsiflovchi vazifasini birlamchi deb qarash keng yoyilgan, bu esa 
predikatning o‘rni bilan chambarchas bog‘liqdir. Semantik jihatdan ikki tomonlamalik uning 
predmet bilan bog‘liqlik munosabatini ikkilamchi o‘ringa surib qo‘yadi. Metaforada referensiya 
predmetning bevosita nomlanishi bilan bo‘lgan aloqani o‘rnatish orqali amalga oshiriladi” 
[Xajiev,2007:9]. 

Download 5.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   363




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling