Hamkorlik masalalari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari
Download 5.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Konferensiya materiallari 2022 tahrir yangi xatosiz (2)
Mardni o‘ldirar firoq, Nomarddan nomus yiroq; Yigitni or o‘ldirar, Tuyani – sarbon; Mardni
o‘ldirar firoq, Nomarddan nomus yiroq kabi 30dan ortiq maqollar er kishi oldidagi milliy va shaxsiy qadriyatlarni ifodalaydi. Ular xalqdagi or-nomus, g‘urur tushunchalari hayot-mamot masalasi ekanligi, xatto o‘lim evaziga or-nomusni saqlab qolish zaruriyatini gavdalantiradi. Obro‘ isitar, uyat kuydirar; Uyat - o‘limdan qattiq; Eman daraxtining egilgani – singani, Er yigitning uyalgani - o‘lgani maqollarida ham uyat leksemasining “nomus” semasi voqelanib, o‘lim qadriyati aks etgan. Yigitning sazasi o‘lgandan o‘zi o‘lgani yaxshi; Yigitning sazasi singuncha, Shaytonning bo‘yni uzilsin; Er yigitning so‘zi o‘lguncha, O‘zi o‘lgani yaxshi. Sazo leksemasi saza shaklida ham ishlatiladi. Forsiy (“mukofot”; “qasos”). O‘zbek tilida “qilmishiga yarasha oladigan tanbeh, dashnom”; “oniy istak”; “intilish”, “ra’y, harakat” ma’nolarida qo‘llanadi (O‘TIL, 2007: 421). Matnda “ra’y”, “intilish” semalari ifodalangan. Etnosning fiziologik qadriyatlarida o‘g‘il farzand tarbiyasi, ovqatlanish tartibi, jismoniy va ma’naviy sog‘ligiga alohida e’tibor berilgan. Ular avlodning davomchisi, oila boquvchisi sifatida qadrlangan. Shu boisdan ham hayotga bo‘lgan intilishning yo‘qolishi, g‘ayratsizlik, xohish-istakning rad etilishi oldida o‘lim ijobiy baholangan deyish mumkin. Yolg‘ondan o‘lim yaxshi. Ikki qasam - bir o‘lim. Yigitlar o‘rtasida va’da berib bajarmaslik jamiyatda hurmatning yo‘qolishi, obro‘ning to‘kilishiga olib keladi va bu holat maqollarda o‘lim qadriyati bilan voqelangan. Ikki chin so‘z – bir yolg‘onning yelimi, Ikki yolg‘on – bir yigitning o‘limi maqolida yolg‘on meyori, miqdoriga ko‘ra baholangan. Ikki sanoq soni ko‘plik miqdorini ifodalagan. Ya’ni rost (chin) so‘z miqdorining ko‘pligi bir aytilgan yolg‘onni “yelimlashi”, salbiy oqibatini sezdirmasligi mumkin. Ikki yolg‘on, ya’ni yolg‘on miqdorining ko‘payishi bir yigitning o‘limi bilan tenglashtirilgan. Bir soni ham bu maqolda o‘z ma’nosida qo‘llanilgan: bir yolg‘on deganda miqdorni, kamlikni ifodalagan bo‘lsa, bir yigit deganda “butun boshli” ma’noni bildirib kelgan. Qo‘rqoqlikdan o‘lim yaxshi. Qo‘rqoqlik illat va kasallik sifatida qaralgan. Tibbiyot, psixologiya fanlarida qo‘rqoqlikning tana va vujudga salbiy ta’siri isbotlab berilgan. Maqollardagi “qo‘rqoqlik” aksqadriyati harbiy harakatlardagi munosabatlarni baholagan. Chunki qo‘rqoqlik dushman qo‘shiniga boy berishdagi asosiy sabablardan biri sifatida tavsiflangan. Maqollarda qo‘rqoq shaxsning ruhiyati ham tasvirlangan: Qo‘rqoq o‘lmasdan burun o‘lar, O‘likdan nima kutib bo‘lar. Birinchi o‘lmoq biologik jarayonni ifoda etgan bo‘lsa, ikkinchi o‘lmoq ruhiy holatni bildirib kelgan. Qo‘rqqan shaxs “o‘lik” deb qiymat berilgan. Qo‘rqqanni ajal quvlar maqolida ham shaxsning ruhiy holati qo‘rqqan holatining sodir bo‘lishi bilan asoslangan. Botirdan o‘lim qo‘rqar maqolida botirdan o‘lim qochishi ta’kidlangan. Aslida 197 ham shunday; qo‘rqoq sarosimiga tushib o‘zini himoya qilolmaydi. Nomard bo‘lib ko‘pga kirguncha, Mard bo‘lib o‘lgan yaxshi maqolida “ko‘pga kirish” iborasi “uzoq umr ko‘rish” ma’nosida kelgan. Arslonning o‘ligi – sichqonning tirigi; Mardning o‘ligi - Nomardning tirigi; Nomard dushman ko‘rsa g‘ussadan o‘lar; O‘ldirsa ham mard o‘ldirsin; Mard yigit o‘lar yerga kulib boradi; Saxiy molidan kechar, Mard - jonidan. O‘lim – natija askiologemasida o‘limga olib keluvchi narsa-hodisalar ifodalangan. Maqollarda “o‘lim” aksqadriyatining sabablari ham keltirilgan. Aksariyat o‘rinlarda ruhiy iztirob, g‘am-g‘ussa, tushkinlik o‘limga olib keluvchi sabablar sifatida baholangan: Qayg‘u Download 5.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling