Hamkorlik masalalari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari
Download 5.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Konferensiya materiallari 2022 tahrir yangi xatosiz (2)
Itbaliq And the fellow that is born a tadpole, when he tries to be a salmon all he is going to be is a sucker. “Jo‘ja bo‘lib tug‘ilgan ekansan, baribir hyech qachon Jo‘ja Insonlikning quyi darajasi neytral holda ifodalangan. 192 burgut bo‘lib qolmaysan, oxiri tovuq bo‘lasan, xolos”. Tirrancha tovuq Insonlikning o‘rtacha darajasi ifodalangan. Losos burgut Insonlikning yuqori darajasi ifodalangan. Tarjima ikki xil mutaxassis tomonidan amalga oshiriladi. Mutaxassis matnni dunyoni o‘zi anglagan va lisoniy ongi shakllanishiga asos bo‘lgan tilga tarjima qiladi. Bunda asliyat matnidagi frazeologik birliklarni, ko‘chma ma'noga asoslangan birikmalar mazmunini to‘liq anglamasligi mumkin. O‘z tilini yaxshi bilsa-da, asliyatdagi mazmun anglashilmagani uchun tarjima muvaffaqiyatli chiqmasligi mumkin. Ba'zi tarjimonlar ona tilidagi matnni boshqa tilga o‘giradi. Bunda ikkinchi tilni yaxshi bilmaslik oqibatidagi muammolar kuzatilishi mumkin. Shuning uchun ham tarjimondan har ikki tilni mukammal darajada bilish talab etiladi. Tarjima jarayonida asliyatdagi mazmunni saqlash uchun, so‘zni tarjima qilish imkoniyati bo‘lmaganda transliteratsiya usulidan foydalaniladi. Transliteratsiya fransuzcha transliteration – “tarjima qilish” ma'nosidagi so‘z bo‘lib, muayyan grafikadagi matnni boshqa yozuvga o‘girish usulini bildiradi. Tarjimada transliteratsiya so‘z, so‘z birikmasi va iboralarni asl holida berishni nazarda tutadi. That's it. A farn. Xuddi o‘zi. Farnlar. Har jihatdan ajoyib, mukammal odamlarga nisbatan ishlatiladigan a farn so‘zi asliyatdagi shaklda berilgan. Ba'zan transliteratsiya asosida tarjimada so‘z tarjima qilayotgan til birliklariga moslashtiriladi: That's what I was once matnidagi I was once “bir marta bo‘lganman” mazmunidagi jumla “Men bir marta ana shunday farn bo‘lganman” deb tarjima qilingan. Farn so‘ziga bo‘lmoq yordamchi fe'li qo‘shilib, qo‘shma so‘z hosil qilingan. I have been something outside the lot and plan for mortal human man to be. Because for one day in my life I was a farn." Men boshimdan shunday bir narsani kechirdimki, bunaqasi oddiy odamning peshonasiga har kuni ham tushavermaydi. Hayotimda bir marotaba men farn bo‘lganman. Matndagi for one day in my life I was a farn (hayotimda bir kunga farn bo‘lganman) jumlasi “Hayotimda bir marotaba men farn bo‘lganman” deb o‘girilgan. Frazeologizmlar bilan bog‘liq tarjimalar har doim ham muvaffaqiyatli chiqavermaydi. Masalan, He come here sponging on us white men, and when we got tired of it he took to sponging on these Spigs. Bu yerga tilini osiltirib keldi-yu, og‘irligi bo‘ynimizga tushdi, bizning me'damizga tekkach, meksikaliklar huzuriga yukinib bordi. Matndagi got tired of “charchab qolgach” fe'lini me'damizga tekkach frazeologizmi bilan tarjima qilishda uslubiy jihatdan nomuvofiq holat shakllangan. Birinchidan, ko‘makchi fe'lli so‘z qo‘shilmasi frazeologizmga o‘girilgan. Bunda ko‘p hollarda matn proeksiyasining ta'sirchan namoyon bo‘lish holatlarini yuqorida kuzatdik. Lekin ma'no, mazmun mos kelmasa, tarjima o‘zini oqlamaydi. Ikkinchidan, me'damizga tekkach frazeologizmi ovqatga nisbatan yoki shaxsning nojo‘ya xatti-harakatiga nisabatan ishlatiladi. Matnda esa qahramonning jimoniy toliqishi ifodalangan. Bu o‘rinda tarjima muvaffaqiyatli ravishda amalga oshirilmagan. Xulosa. So‘z lug‘aviy ma'no ifodalaydi. Lug‘aviy ma'no tushunchaga teng keladi. Turli tizimga mansub tillarning chog‘ishtirma tahlilidan shu narsa ma'lum bo‘ladiki, tushuncha umumiylik xarakteriga ega, lug‘aviy ma'no esa milliy belgilarni o‘zida aks ettiradi. O‘zbek va ingliz tillaridagi so‘zlar va so‘z birikmalarini qiyoslanganda umumiy va farqli belgilar yaqqol ko‘zga tashlanadi. So‘zlar ongda borliqning atash, belgi, harakat xususiyatlarini aks ettiradi. Inson lisoniy ongida borliqning lisoniy in'ikosi bo‘lgan olam manzarasi aks etadi. Borliq haqidagi lisoniy axborot inson ongida mental leksikonni hosil qiladi. Mental leksikon kognitiv bilimning asosini tashkil qilib, sub'ektiv xarakterga ega bo‘ladi. Shaxsning dunyoqarashi, madaniy munosabatlari va voqyelikka sub'ektiv munosabatini o‘zida aks ettiradi. So‘z birikmasi kengaygan va o‘z navbatida konkretlashgan ma'no ifodalaydi. So‘z birikmasida bir ma'no reallashadi. O‘z ma'no yoki ko‘chma ma'no namoyon bo‘ladi. So‘z 193 birikmasi lug‘aviy ma'noni aniqlashtirishga xizmat qiladi. So‘z birikmasini tashkil etuvchi komponentlar hajmi turlicha bo‘lib, asosan, ikki qismdan: tobe va hokim komponent munosabatidan tashkil topadi. O‘zbek va ingliz tillaridagi so‘z birikmalarining o‘xshash va farqli jihatlari mavjud bo‘lib, bu belgilar tillarning grammatik belgilari va madaniy munosabatlar darajasi bilan izohlanadi. Download 5.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling