Hamkorlik masalalari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari
Metaforaning xususiyatlari, turli millatlardagi ko‘chim asoslari, turlari metoforologiya sohasida o‘z talqiniga ega
Download 5.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Konferensiya materiallari 2022 tahrir yangi xatosiz (2)
Metaforaning xususiyatlari, turli millatlardagi ko‘chim asoslari, turlari metoforologiya sohasida o‘z talqiniga ega. Metafora va frazeologik birliklarni tarjimada aks ettirishning kognitiv muammolari. 189 Frazeologik birliklarni tarjimada adekvat talqin etish murakkab jarayon bo‘lib, tarjimondan lisoniy bilim va tajribani talab qiladi. Frazeologik birliklarning ko‘chma ma'noga asoslanishi, obrazlilik matnni qayta yaratishda kognitiv-pragmatik yondashuvni talab etadi. Frazeologik birliklar bir tildan ikkinchi tilga asosan to‘rt xil yo‘l bilan – asliyat tilidagi komponentlar tarkibi, grammatik qurilishi hamda ma'no va uslubiy vazifasiga mos ekvivalentlar, boshqa xossalari farq qilgani holda, ma'no va uslubiy vazifasi o‘xshash muqobil variantlar, kalka usulida va tasviriy yo‘sinda tarjima qilinadi [Musaev,2005:185]. Tarjimashunoslik borasidagi bir qator muammolar frazeologik birliklar tarjimasi bilan bog‘liq. Buning o‘ziga xos lingvistik, psixolingvistik, kognitologiya bilan bog‘liq sabablari bor. Frazeologizmlarning shakllanishi ma'lum bir vaqtni, muddatni talab qiladi. Frazeologik birliklardagi semantika ko‘chma ma'noga asoslanadi. Ko‘chma ma'noning shakllanishi ma'lum darajadagi kognitiv bilim asosida amalga oshadi. Lisoniy ongda referent, denotatdan yiroqlashish, konnotatsiyaga tomon siljish va oxir-oqibatda aynan konnotatsiyani anglash jarayoni sodir bo‘ladi. Konnotatsiyani anglash ma'lum bir tajribani, kuzatishlarni talab qiladi. Shu asosda lisoniy ongda frazeologik birikma semantikasiga oid muayyan bilim hosil bo‘ladi. Til sohibi frazeologik birlikni eshitganda uning lisoniy ongida birlikning o‘z ma'nosi emas, ko‘chma ma'nosi idrok etiladi. Shuning uchun ham tarjimonning asliyat tilini bilish darajasi muhim ahamiyat kasb etadi. Frazeologizm bilan bog‘liq muammolar, ko‘p hollarda asliyat tilini bilmagan tarjimonlar faoliyatida kuzatiladi. Frazeologik birliklar tarjimasiga xos jihatlarni misollar tahlili orqali ko‘rib chiqamiz. Tarjima matnlarda farzeologik birliklar tarjimasida muallif mahorati orqali yaratilgan tasvir namunalari kuzatiladi. Then his apotheosis soared glaring, and to him at least not brief, across the unfathomed sky above his lost earth like that of Elijah of old. Keyin nima bo‘ldi-yu bir zum uning yulduzi balqib ko‘tarildi – bir zumlik bu balqish Mijlstonning o‘ziga bir umrga tatidi – ko‘tarildi-yu, bir zamonlar hazrati Ilyosning boshidan o‘tganday, uni ham o‘zi yo‘qotib qo‘ygan yerning anglab bo‘lmas shafaqgun ko‘klariga ko‘tarib ketdi. his apotheosis soared glaring “yulduzi yaraqlab ko‘tarildi” frazeologik birikmasi “yulduzi balqib ko‘tarildi” deb tarjima qilingan. Balqib so‘zi yaraqlab so‘ziga nisbatan badiiy bo‘yoqdor, yulduz tasviriga mos ravishda tanlangan. Yaraqlamoq leksemasi “shu'la sochish” ma'nosini ifodalasa, balqimoq leksemasida “shu'la” semasi bilan birga “yuksaklik”, “muallaqlik” semalari ham mavjud. Bunday so‘z tanlash tarjimonning so‘z ma'nosi bilimdonligidan dalolatdir. Yana bir misol: The money. The money he stole and had to come down here. What else do you reckon he would come down here and stay twenty-five years for? just to look at the country? Pullar. U pul o‘g‘irlagan, keyin juftakni rostlab qolgan. Bo‘lmasa bu yerga kelib, nima qilib, yigirma besh yildan beri yashab yuribdi! Kunning botishini tomosha qilib yurmagandir. Asliyat matnidagi just to look at the country? “faqat mamlakatni tomosha qilib yurmoq” degan birikma “behuda” ma'nosiga teng keluvchi kunning botishini tomosha qilib yurmagandir degan okkazional ibora bilan almashtirilgan. Bu o‘rinda kun botishini tomosha qilmoq inson ruhiyatiga ta'sir qiladigan manzara sifatida ham ahamiyatlidir. Just to look at the country? “faqat mamlakatni tomosha qilib yurmoq” frazeologizmida kitobxon ongida mavhum tushuncha jonlanadi. Agar u biror shahar go‘zalligidan zavqlanib, uning ongida arzigulik xotiralar qolgan bo‘lsa, shu shahar manzarasi namoyon bo‘ladi. Kun botishini tomosha qilmoq iborasi esa ko‘pchilik ongida betakror go‘zallik namunasi sifatida tanish manzarani jonlantiradi. Tarjimon har ikki tilni bilsa, umuman, til kompetensiyasiga ega bo‘lsa, o‘z ona tili imkoniyatlarini chuqur anglasa, asliyat matnini o‘z holicha yetkazishgina emas, balki asliyatdan ham ta'sirchan, uslubiy bo‘yoqdor jumlalarni shakllantirishga muvaffaq bo‘ladi va matn o‘quvchi shuuriga tez singadi, ruhiyatiga ta'sir ko‘rsatadi. Tarjima matnlarda asliyatdagi leksemalar ma'nosini frazeologizm orqali aks ettirish kuzatiladi: 190 I guess all he got out of it was the running away and the blame. Oyog‘ini qo‘liga olib qochgan-da, bo‘yniga tavqi la'natdan o‘zga narsani osib kelgan emas. Ushbu frazeologizmda got out of it was the running away “qochib qutulgan” degan birikma “tez” ma'nosidagi oyog‘ini Download 5.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling