Hamkorlik masalalari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari


Diskurs tushunchasi va kategoriyalari


Download 5.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet154/363
Sana02.12.2023
Hajmi5.91 Mb.
#1780763
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   363
Bog'liq
Konferensiya materiallari 2022 tahrir yangi xatosiz (2)

Diskurs tushunchasi va kategoriyalari 
Har qanday keng qo‘llaniluvchi tushuncha kabi diskurs tushunchasining ham ko‘plab 
ilmiy talqinlari mavjud. Debora Shifrin bu tushunchaning uch asosiy sharhini ajratadi. Birinchisi, 
formal va struktur tilshunoslik nuqtayi nazaridan diskurs shunchaki “gap va so‘z birikmasidan 
yuqori darajadagi til” – “bir-biri bilan mazmuniy bog‘langan ikki yoki undan ortiq bo‘lgan gap” 
tarzida sharhlanadi. Mazmuniy bog‘liqlik mezoni sezilarli tuzatishni olib kiradi, lekin baribir 
umumiy tendensiyani saqlab qoladi. Bu yondashuvda ular o‘rtasidagi munosabat turi va 
joylashish qoidalari jamlangan butun bir birlikni tashkil etuvchi iyerarxiya tuziladi. Lekin bu 
turdagi juda mavhum bo‘lgan tuzilmalar tabiiy muloqot tahlilida qo‘llashda qiyinchilik 
tug‘diradi. 
Ikkinchi yondashuv diskursga har qanday “tilning qo‘llanishi” sifatidagi funksional 
ta’rifni beradi. Bu yondashuv diskurs funksiyalari tahlilini ijtimoiy-madaniy doirada tilning 
funksiyalarini o‘rganish orqali asoslanishini nazarda tutadi. 
D.Shifrin shakl va funksiyalarning o‘zaro munosabatini namoyon qiluvchi tavsifning 
uchinchi variantini taklif qiladi: “Diskurs mulohaza sifatida”. Bu tavsif diskurs til strukturasining 
ajratib olingan sodda to‘plami emas, balki butun bir tilning funksional shakllantirilgan 
birliklarining qo‘llanishini nazarda tutadi. Bu holatda mulohaza borasidagi yondashuvlarning 
turlichaligi qiyinchilik tug‘diradi. 
M. Stabbs diskursning uch asosiy tavsifini ajratadi: 
shakliy jihatdan – bu gapdan katta bo‘lgan til birligi; 
mazmun jihatidan – diskurs tilning ijtimoiy doirada (matnda) qo‘llanishi bilan bog‘liq; 
tuzilishiga ko‘ra diskurs interfaol, ya’ni dialogik bo‘ladi. 
P.Serio “diskurs” terminining 8 ta ma’nosini ajratadi: 
nutq tushunchasining ekvivalenti (F.Sossyur bo‘yicha), ya’ni har qanday aniq mulohaza; 
gapdan katta bo‘lgan birlik; 
mulohaza bildirayotgan vaziyatdan kelib chiqqan holda qabul qiluvchiga mulohazaning ta’siri; 


207 
suhbat mulohazaning asosiy turi sifatida; 
hikoya qilishga qarama-qarshi bo‘lgan, bunday jihatni hisobga olmaydigan so‘zlovchi 
nuqtayi nazaridagi nutq (E.Benvenist); 
til birliklarining qo‘llanishi, ularning nutqiy aktuallashishi; 
ijtimoiy yoki g‘oyaviy chegaralangan mulohaza turi, masalan, feministik diskurs; 
matn hosil qilish talablari tadqiqiga mo‘ljallangan nazariy tuzilma. 
Ko‘plab diskurs tadqiqotchilari diskurs kategoriyalarini aniqlash va asoslash masalalari 
bilan shug‘ullangan. V.I. Karasik (2002) diskursni o‘rganishdagi turli yondashuvlarning tahlili 
asosida diskurs kategoriyalarining quyidagi tasnifini taklif qiladi: 
konstituativ – matnni boshqa birliklardan farqlaydi (nisbiy shakllangan, mavzuviy, 
uslubiy va struktur birlik hamda mazmuniy tugallik); 
janriy-uslubiy – nutqning funksional turlariga muvofiq bo‘lgan matnlar (uslubiy belgilar, 
janriy qoidalar, qoliplilik, amplifikatsiya (badiiy uslubda tasvirni kuchaytirish uchun bir turdagi 
sifatlovchilarni qator ishlatish) va kompressiya darajasi); 
mazmunli 
(semantik-pragmatik) 
matn 
mazmunini 
ochib 
beruvchi 
(adresatga 
qaratilganlik, muallif obrazi, intertekstual oriyentatsiya); 
formal-struktur – matnni tuzish usulini belgilaydi (tuzilishi, ajratilishi, kogeziya). 
Yuqoridagi ko‘rsatib o‘tilgan har bir guruh xususiy kategoriyalarga asos bo‘ladi (aniqlik, 
ravshanlik, teranlik, eksplikativ/implikativ). 
Konstituativ kategoriyalar kommunikativ postulatlar, ya’ni muvaffaqiyatli muloqot 
prinsiplari nazariyasidan kelib chiqadi. Agar muloqot normal, ya’ni so‘zlashuvchilarning motiv 
va intensiyalariga, mazkur jamiyatdagi muloqot qoidalariga muvofiq kechsa, unda diskursning 
bu jihatlari sezilmaydi. Ular faqat kommunikativ to‘xtash, adashish holatlarida anglanadi. Bu 
kategoriyalar tarkibida, avvalo, nisbiy shakllanganlik farqlanadi. Agar nutq sharhlanmasa, 
tuzilmagan bo‘lsa, butun bir ta’lim sifatida qabul qilinmasa va kattaroq matn tarkibidan 
ajratilmasa, uni matn deb ayta olmaymiz. Janriy-uslubiy kategoriyalar adresatga muloqotning 
me’yor va qoidalari, o‘rinlilik talablari, kommunikativ axloq haqidagi tasavvurlari asosida biron-
bir matnni muayyan muloqot doirasiga yetkazish imkonini beradi. Bu kategoriyalar mazmunni 
shakllantiruvchi emas, balki yo‘naltiruvchi hisoblanadi. Bu kategoriyalarning mohiyatini tahlil 
qilishning asosiy o‘rni kommunikativ vaziyat hisoblanadi. Bu diskursning tabiiyligi masalasi 
bilan bog‘liq: ba’zi muloqotlar tabiiy hisoblanishi uchun kommunikantlar ongida 
“baholanayotgan diskursiv hodisalarning eng yuksak modellari” namoyon bo‘lishi kerak 
(Surikova, 2002). Ya’ni bizning ongimizda muayyan diskursning konsepti, uning turi va janrlari 
mavjud. Kommunikatsiya ishtirokchilarining nuqtayi nazaridan masofali, shaxsiy-yo‘naltirilgan 
va huquqiy-yo‘naltirilgan zidliklar muloqoti ahamiyatli hisoblanadi. Institutsional diskurs 
ishtirokchilaridan farqli o‘laroq, shaxsiy diskurs ishtirokchilari o‘zining xislatlaridan kelib chiqib 
muloqotga kirishadi va u graduallik xususiyatiga ega bo‘ladi. Maqomi bir xil bo‘lmagan 
(o‘qituvchi va o‘quvchi, ona va bola va h.) kommunikatsiya ishtirokchilari muloqoti uning 
yadrosi bo‘lib hisoblanadi. Uning periferiyasida institut vakili bilan mazkur institutga tegishli 
bo‘lmagan shaxs aloqasi turadi.
So‘zlovchining o‘z fikri nuqtayi nazaridan – badiiy-yo‘naltirilgan va kundalik-
yo‘naltirilgan muloqot zidlanadi. Badiiy-yo‘naltirilgan muloqot muallifning o‘zini ochish 
vazifalarini bajaradi va shaxsiy-yo‘naltirilgan muloqot bilan kesishadi, chunki ijodda shaxsning 
o‘z sifatlari ochiladi. Kundalik-yo‘naltirilgan muloqot so‘zlovchining amaliy ehtiyojlarini 
qondirishga yo‘nalgan bo‘ladi, u ko‘proq ifodalarni tejab ishlatishga intiladi. Nutqiy 
kommunikatsiyaning bu turi noverbal kommunikatsiyaga nisbatan ikkilamchidir. V.I. Karasik 
tomonidan ajratilgan kategoriyalarning bu zidligi V.G. Borbotko (1998) taklif qilgan nutqning 
diskursiv va rekursiv tashkillashtirilishi, ya’ni tildan ijodiy va standart foydalanish zidligi bilan 
muvofiq keladi. Shuningdek, V.I. Karasik bazaviy va proyektiv diskurs turlarini zidlantirib, 
janriy kategoriyalarga proyektiv kategoriyani ham kiritadi. Tabiiy, janriy-uslubiy kategorizatsiya 
nutqning funksional uslublari bilan ham bog‘liq. Shu bilan bog‘liq ravishda V.I. Karasik “diskurs 
formati (hajmi)” tushunchasini kiritadi. Bunda olim kommunikativ masofa oralig‘i asosida 


208 
ajratiladigan, ijtimoiy institutlarda shakllanadigan so‘zlovchining xususiyati aks etishi darajasi, 
muloqotda ko‘p qo‘llanadigan til vositalari ko‘rsatkichi ifodalanadigan diskurs turini tushunadi. 
Olimning fikricha, bu formatlarning miqdori katta, lekin ularni o‘lchash mumkin. Shuningdek, 
janriy-uslubiy kategoriyalarga matnning kegayishi / qisqarishi (amplifikatsiya/kompressiya) 
kategoriyasi ham kiradi. Muayyan nutqiy harakatning haddan ortiq kengaytirilishi qo‘shimcha 
maqsadlarni aks ettiradi (iltimos + xushomad + kinoya + bevosita va bavosita ishoralar + o‘yin 
va h.). Shuningdek, haddan ortiq kengayish belgili xarakterga ega bo‘ladi va favqulodda 
hodisalardan yoki mazkur nutqiy aktning boshqasiga (yordam so‘rash – buyruqqa) o‘zgarishidan 
ogohlantiradi. 
Mazmuniy (semantik-pragmatik) – diskursning bu turi tilshunoslikda oldindan muhokama qilib 
kelinayotgan matn kategoriyalari bilan muvofiq keladi. Bunga matnning ham axborotlilik 
(I.R.Galperin bo‘yicha – daliliy, konseptual, tagma’nolilik), ham mazmuniy butunlik va 
adresatga yo‘nalganligi kiradi. Bunda umumiy va xususiy kategoriyalar ajratiladi: birinchisi 
matnning barcha turlariga tegishli, ikkinchisi faqat muayyan matnlarda uchrashi mumkin. 
Masalan, V.I. Karasikning ko‘rsatishicha, adresatga yo‘nalganlik she’rda va qandaydir 
mahsulotni qo‘llash ko‘rsatmasida mavjud bo‘ladi, lekin ko‘rsatmada tagma’no bo‘lishi 
ehtimoldan yiroq hodisa. Ijtimoiy oraliq masofa turi muhim kategoriya sanaladi, masalan, dialog 
tinglovchiga murojaat sifatida, monolog esa ovoz chiqarib tafakkur qilish, pleolog o‘quvchilarga 
(bir auditoriyadan katta o‘quvchilar) murojaat sifatida ajratiladi. 
Matnning talqin qilinishi ham mazmuniy kategoriyalar qatoriga kiritiladi. U ko‘pincha 
matnning aniqlik, ravshanlik, teranlik xususiy kategoriyalari (talqinning ko‘p ma’noliligi 
ehtimoli) va eksplikativlik/implikativlik (bavosita ifodalangan fikrning mavjudligi)da namoyon 
bo‘ladi. Ko‘rsatilgan kategoriyalarning xususiyatlari matnning hajmiga qarab bir qadar o‘zgaradi. 
Formal-struktur kategoriyalar tilshunoslik adabiyotlarida yetarli darajada yaxshi 
o‘rganilgan va tavsif etilgan. Ular boshqa guruh kategoriyalari bilan uzviy bog‘langan. Masalan, 
matnning formal bog‘langanligi mazmuniy bog‘liqlik bilan o‘zaro munosabatda bo‘ladi. 
Matn kommunikatsiyaning asosiy birligi sifatida 
Matn – shu qadar ko‘p qirrali va turli-tuman hodisaki uning yagona tushunchasi va tavsifi 
yo‘q va bo‘lishi ham ehtimoldan yiroq. Ko‘pchilik tilshunoslar tomonidan ko‘p vaqtlardan beri 
matn – kommunikatsiyaning asosiy birligi ekanligi tan olingan. Vaynrixning ifodasi bo‘yicha 
“biz tarqoq so‘zlar bilan emas, balki gap va matnlar orqali so‘zlashamiz va nutqimiz vaziyatdan 
kelib chiqib tuziladi” (Shmidt Z.Y, 1978). 
Tadqiqotchilar 70-yillarning boshlaridan matn va diskurs tushunchalarini farqlashga 
harakat qilishmoqda. Xorij lingvistikasida bu tushunchalar o‘zaro bir-biri o‘rnida almashinib 
qo‘llanib kelingan edi. Buning uchun bu juftlikka vaziyat kategoriyasi ham kiritilgan. Diskursni 
“matn +vaziyat” sifatida talqin qilish taklif qilindi. Bunda til kommunikatsiyasini o‘rganishning 
keng yondashuvi sifatidagi diskurs-tahlilni tushunishning umumiy tendensiyasi o‘z aksini 
topgan. Nutq sifatida tushuniladigan diskurs termini matndan farqli o‘laroq, odatda qadimgi 
matnlarga xos bo‘lmaydi. Shunday bo‘lsa ham, oxirgi vaqtlarda diskurs-tahlil va diskurs 
terminining o‘zini turli madaniy-tarixiy manbalar tiliga, masalan, diniy matnlar, adabiy asarlar, 
ommaviy madaniyat matnlari, psixoanalizga nisbatan qo‘llash uchramoqda. Ba’zi tilshunoslar 
diskursni bir muallifga tegishli bo‘lgan matnga zid tarzda interfaol nutqiy o‘zaro ta’sir usuli 
sifatida talqin qilmoqda. Bu esa mazkur tushunchani an’anaviy dialog – monolog oppozitsiyasi 
bilan yaqinlashtiradi. 
Diskurs-tahlil til munosabatining ijtimoiy-madaniy, interfaol tomonlarini o‘rganadi, lekin 
bu uning faqat og‘zaki dialoglar bilan chegaralanishiga doir xulosani bermaydi: tilning har 
qanday bo‘lagi, aytaylik, oddiy yozma matn ham mana shu nuqtai nazardan o‘rganilishi mumkin. 
Aksariyat funksional yo‘naltirilgan tadqiqotlarda diskurs va matn oppozitiv mezonlar 
qatoriga qo‘yiladi: funksionallik – strukturlik, jarayon – mahsulot, dinamiklik, turg‘unlik, 
muhimlik – virtuallik. Shunga muvofiq tarzda mahsulot sifatida struktur matn va jarayon sifatida 
funksional diskurs farqlanadi. 


209 
Matn – bu diskursda shakllanuvchi mavhum nazariy qurilma, degan nuqtai nazar ham 
mavjud. J. Lichning fikricha, matn axborotda shakllanadi va uning vositasida diskurs amalga 
oshadi, ya’ni diskurs fikr bilan o‘zaro munosabatda bo‘ladi. Masalaning boshqa yechimi 
V.V. Bogdanov (1993) tomonidan shakllantirilgan bo‘lib, u ancha keng yoyilgan. U nutq va 
matnni diskursning teng bo‘lmagan ikki tomoni, ikki jihati sifatida o‘rgangan. Har qanday nutq 
matnga aylanmaydi va har qanday matnni ham ovozda amalga oshirish mumkin emas. Shuning 
natijasida diskurs keng ma’noda tushuniladi, u nutq orqali ham, yozuv orqali ham amalga 
oshiriladi, boshqacha aytganda, bir vaqtning o‘zida ham nutq faoliyati, ham til materiali 
hisoblanadi, chunki uni tovush orqali yoki grafik belgilar orqali ifodalash mumkin. Diskurs 
matnga qaraganda kengroq tushuncha. U bir vaqtning o‘zida ham til faoliyati jarayoni ham uning 
natijasidir.
Umuman olganda, diskurs – “shu yerda va hozir” voqelanayotgan dialog yoki polilog 
bo‘lib, unga kirishishning bir qancha shartlari mavjud. Ya’ni, diskurs mavzusini bilish, u haqida 
ma’lumotga ega bo‘lishi, diskurs amalga oshirilayotgan tilga ega bo‘lishi, guruhga mansub 
bo‘lishi, maqomi va darajasi diskursga kirishishiga imkon berishi talab etiladi. 

Download 5.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   363




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling