Hamkorlik masalalari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari


Download 5.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet155/363
Sana02.12.2023
Hajmi5.91 Mb.
#1780763
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   363
Bog'liq
Konferensiya materiallari 2022 tahrir yangi xatosiz (2)

 
Foydalanilgan adabiyotlar 
1. Головина Е.А. Дискурс, текст, речь: соотношение понятий // Вопросы филол. - 2006. - 
№4. - С.96-98. 
2. Головина Е.А. Текст как диалог // Вестник Тюменского гос. ун-та. - 
2006. - №4. - С. 189-194. 
3. Зимняя И.А. Лингвопсихология речевой деятельности. – М., 2001. 
4. Исхакова Ф.Ф. Что понимается под речевой деятельностью // Вестник 
НГПИ. - 2006. - Вып. 6. - С. 27-31. 
5. Карасик В.И. Языковой круг: личность, концепты, дискурс. – 
Волгоград, 2002. - С. 226-250. 
6. Леонтьев А.А. Основы психолингвистики. –М.: Спб., 2003. 
7. Леонтьев А.А. Язык, речь, речевая деятельность. Изд-е 4-е. – М..: 
КомКнига, 2007. - С. 25-29. 
8. Макаров М.Л. Основы теории дискурса. – М.: ИТ ДГК «Гнозис», 2003. - 
С.85-90 .23 
9. Маслова А.Ю. Введение в прагмалингвистику: учебное пособие. – М.: 
Флинта: Наука, 2007. - С. 23-28. 
10. Прохоров Ю.Е. Действительность. Текст. Дискурс. – М.: Флинта, 2006.- С. 9-72. 
O‘ZBEK VA TURK TILLARIDAGI FRAZEMALAR KORPUSINI YARATISHNING 
NAZARIY ASOSLARI 
THEORETICAL FOUNDATIONS OF CREATING A BODY OF PHRASEBOOKS IN 
UZBEK AND TURKISH 
Shaxribon Musurmonkulova

 
 
Annotation. The article covers the semantic possibilities of phrasebooks in Uzbek and 
Turkish, the role they play in the language. The corpus of parallel texts of phrasebooks of Uzbek-
Turkish languages, the importance of them was mentioned. The similarities in Uzbek and Turkish 
phrasebooks was analyzed. The distinctive features in phrasebooks are illuminated, 
lingvocultural and cognitive signs are interpreted. The importance of the Uzbek-Turkish 
phraseological parallel Corpus as a database is emphasized. 
 
Key words: Uzbek-Turkish language phrasebooks, Corps, Corps of parallel texts, 
similar features, distinctive characters, language owner, worldview, value, linguistic 
consciousness. 

GulDU tayanch doktoranti


210 
Frazeologiya tilshunoslikning boshqa sohalariga nisbatan keyin shakllangan bo‘limdir. 
Frazeologiya tilning lug‘at sathidan ajralib chiqqan soha bo‘lib, yaxlit lug‘aviy ma’noni 
ifodalovchi barqaror birikmalarni o‘rganadi. Frazeologik birliklar frazemalar, farzeologizmlar, 
iboralar, turg‘un birikmalar kabi bir qator terminlar bilan yuritilib kelmoqda. Maqolada 
ko‘chma ma’no anglatuvchi barqaror birikmaga nisbatan frazemalar terminini qo‘llashni ma’qul 
topdik. Chunki bu termin fonema, morfema kabi lingvistik tushunchalar qatorida til birligini 
ifoda etadi. Frazemalar til birligi sifatida xalq dunyoqarashi, madaniy munosabatlari, madaniy 
merosi, an’analari haqida axborot beradi.
Frazema so‘z birikmasi, gap strukturasiga ega bo‘lishiga qaramasdan, lug‘aviy birlik 
hisoblanadi va shu jihatdan so‘z bilan bir qatorga qo‘yiladi. Masalan: ko‘nglidan o‘tkazdi iborasi 
“o‘ylamoq” tushnchasini bildiradi. Iboralarda bittadan ortiq so‘z o‘z ma’no mustaqilligini 
yo‘qotgan holda, bir umumiy ma’no markaziga bo‘ysunadi” [Tursunov, 1975:8]. Shu bois 
frazemalar birikma sifatida ajratilmaydi. Bir xil gap bo‘lagi vazifasida keladi. Frazemalar 
komponentini tashkil qiluvchi leksemalar bir lug‘aviy ma’no ifodalashga xizmat qiladi. 
Frazemalar fikrni ta’sirchan ifodalashga, nutqning obrazliligini ta’minlashga xizmat 
qiladi. Olamning lisoniy manzarasi, obyektiv olam obrazli tarzda tafakkurda aks etadi. Obrazlar 
xalqning madaniy munosabatlari, mental yondashuvi, lisoniy ong xususiyatlari bilan 
aloqadorlikda namoyon bo‘ladi. “Obrazlilik muammosini o‘rganish tilning butun frazeologik 
tizimining obrazli tashkil etilganligini aniqlashga yordam beradi. Obrazning frazeologiyadagi 
asosiy vazifasi – g‘oya, fikrni ta’sirchan qilib ifodalab berishdir. Frazeologik birlik frazeologik 
obrazni, o‘ziga xos manzarani ifodalaydi va ularning fonida frazeologik birliklarning butun 
ma’nosi idrok qilinadi” [Xolmuradova, 2017:10].
Frazeologiyaga oid tadqiqotlarda frazeologik ma’noning yuzaga kelishi, shakllanish 
jarayoni, tarixiy taraqqiyoti tahlil etilgan. Boshqa leksik birliklar qatorida frazemalar o‘z va 
o‘zlashgan qatlamga ajratilgan. Tilda o‘z qatlam frazemalari ko‘p uchraydi. Buning o‘ziga xos 
omillari bor: 
1. Frazemalar konnotativ ma’noga asoslanadi. Frazeologik birliklardagi lug‘aviy ma’noni 
ajratish ham bir qadar murakkabdir. Konnotatsiyada til sohibining qadriyatlari, olamni anglash 
usullari, tushunchani ifodalash shakllari o‘z ifodasini topadi. 
2. Frazemalar bir qator komponentlardan tashkil topadi. Faleologik ma’noni yuzaga 
keltirishda komponentlar ifodalagan lug‘aviy ma’no muhim o‘rin tutadi. Frazeologik 
komponentlarning birikuvi ham, asosan, o‘z qatlam doirasida yuz beradi, til sohibining so‘z 
ma’nosi hamda ma’no valentligini anglash qobiliyati bilan belgilanadi.
Turkiyshunoslikda frazemalar leksik-semantik, struktur-grammatik jihatdan tahlil 
qilingan. Frazemalarning o‘rganilishi, frazeologizmlarga oid tadqiqotlar mazmuni, frazemalarga 
doir izlanishlarda yoritilgan. Jumladan, qozoq tili frazemalarining leksik-semantik xususiyatlari 
S.K.Kenesbayev, F.R.Ahmetjanova, R.E.Jaykasova, R.M.Tayevalar tomonidan, ozarbayjon 
tilidagi frazemalar G.A.Bayramov, uyg‘ur tili frazemalari G.Sayfullin, turkman tili farzemalari 
B.Jumangeldiyeva, R.X.Annayeva, D.Saypullayeva, tatar tili frazemalari G.K.Gizatova, 
qoraqalpoq tili frazemalari S.Navro‘zbayevalar tomonidan tadqiq etilgan. 
Turkiyshunoslikda, xususan, o‘zbek tilshunosligida frazemalarning semantik-uslubiy 
tahlili Sh.Rahmatullayev, A.Hojiyev, B.Yo‘ldoshev, A.Mamatov, A.Rafiyev kabi olimlarning 
ilmiy asarlari, o‘quv qo‘llanmalari, ilmiy maqolalarida tadqiq etilgan. O‘zbek tilidagi 
frazemalar bir qator olimlar tomonidan tadqiq etilgan. Sh.Rahmatullayev tadqiqotlarini turkiy 
frazeologiya taraqqiyotidagi yangi bosqich sifatida baholash mumkin. [Yo‘ldoshev, 1993:8]
Sh.Rahmatullayev o‘zlashgan iboralarni har ikki tilda parallel holda yashab keluvchi, 
qo‘llanuvchi iboralardan farqlashga intiladi. Olimning ta’kidlashicha, bunday har ikki tilda 
parallel qo‘llanuvchi iboralarning har biri asosida uning yaratuvchisi va egasi bo‘lgan xalqning 
tarixiy taraqqiyoti, predmet, voqea va hodisalar yotadi [Tursunov, 1975:8].
Turkiy tillarda frazemalar fikrni ta’sirchan, obrazli tarzda va darajalab ko‘rsatishda 
muhim ahamiyat kasb etadi. Frazemalar tilning barcha funksiyasini yoritishda amaliy 


211 
ahamiyatga egadir. Frazemalarda tilning ham axborot berish, ham ta’sirchanliklikni ifodalash, 
ham ma’lumotlarni, qadriyatlarni to‘pllash funksiyasi namoyon bo‘ladi.
Turkiy tillar bir genetik oilaga mansub bo‘lsa-da, frazemalarning shakllanishi, ifoda 
shakllari, struktur-grammatik xususiyatlari, komponentllari tarkibi va ifodasiga ko‘ra farq qiladi. 
Turkiy tillar leksikologiyasi, frazeologiyasida frazemalar asosiy lug‘aviy fond sifatida 
baholanadi. Frazemalarni to‘plash, jamlash, qiyoslash, umumiy va farqli jihatlarini aniqlashda 
turkiy tillarning parallel matnlar korpusi amaliy qiymat kasb etadi.
Parallel korpuslar tarjimani o‘qitishga va chet tilini o‘rgatishga qaratilgan korpuslar 
sifatida baholangan.[Bazarova,2016:19] Parallel matnlar korpusining ilmiy tadqiqot manbasi 
sifatidagi ahamiyati yoritilgan, xorijiy tillarni o‘qitishdagi afzalligi tavsiflangan. Parallel matnlar 
korpusining tarjima jarayonida muhim o‘rin tutishi ta’kidlangan [Baranov, 2001:62]. 
O‘zbek va turk tillaridagi fraezamalarning parallel matnlar korpusi mazkur tillarning 
emotsional-ekspressiv xususiyatlarini tahlil qilishda ahamiyatlidir. Ushbu korpusdan o‘zbek-turk 
frazemalarining tarjima lug‘atlari, o‘quv lug‘atlarini yaratishda foydalanish mumkin. 
O‘zbekcha matnlarni turk tiliga ( va aksincha) o‘girish jarayonida o‘zbek-turk frazemalari 
korpusining o‘rni katta. 
O‘zbek-turk frazemalari parallel matnlar korpusi ikkita nazariy manba asosida –
Sh.Rahmatullayev [Rahmatullayev, 1992] va Ömer Asım Aksoy [Ömer,1984] nashrlari asosida 
shakllantiriladi. 
O‘zbek - turk frazemalarining parallel matnlar korpusi mazkur tillardagi frazemalarning 
umumiy va farqli jihatlarini yoritishga xizmat qiladi. Masalan, o‘zbek-turk frazeologiyasida 
shakl va mazmun jihatidan aynan teng keladigan frazemalar mavjud. Bu xususiyat mazkur 
tillarning umumgenetik asosga ega ekanligini, bir til oilasiga mansubligini ko‘rsatadi. Masalan, 
o‘zbek va rus tillaridagi quyidagi frazemalar shakl va mazmun jihatidan o‘xshashdir: 
o‘zbek tilida:. Bir yostiqqa bosh qo‘ymoq. Sinonimi: turmush qurmoq; oila qurmoq. 
Kimlar – o‘zaro; kim kim bilan: oilaviy hayot kechirmoq. Ikki yosh umr bo‘yi birga yashash, 
baxtli turmush qurishga ahdlashib bir yostiqqa bosh qo‘yadilar [Rahmatullayev, 1992]; 
Turk tilida: Bir yastığa baş koymakBir yastıkta kocamak. Karı, koca acı, tatlı günlerde 
birbirlerini desteklemiş olmak / Karı koca birlikte uzun bir ömür sürmek [Ömer,1984]; 
o‘zbek tilida: Bosh(i)ni olib  bosh olib, butunlay tashlab va qaytmas bo‘lib. Boshimni 
olib, “Yohy” deb ko‘z ko‘rgan yoqqa ketay deyman-u, yana tag‘in bola-chaqalarni o‘ylayman. 
Turk tilida: Başını alıp gitmek. Kimseye danışmadan ve nereye gideceğini kimseye 
bildirmeden çevresindekilerle ilgisini kesip bulunduğu yerden uzaklaşmak. 
O‘zbek tili va turk tili sohiblari, garchi qardosh, bir umumiy ildizli tillardan foydalanishsa 
ham, olam manzarasini lisoniy onga tasvirlash, dunyoni anglash, voqelikni tasvirlash jihatidan 
o‘zaro farq qiladilar.
Masalan, o‘zbek tilida: Dunyo ko‘z(i)ga tor. Varianti: ko‘z(i)ga dunyo tor; ko‘z(i)ga 
olam tor. Kimning chidab bo‘lmaydigan darajada dili tang. Eshon qizining bevoshligidan dunyo 
ko‘ziga tor bo‘lib turgan paytda Kozimbekning ko‘ngli boshqa qizda ekanini, Huriniso ahd-
paymondan aynib, o‘g‘liga hech narsa demaganini eshitib chidolmadi – zahar ichdi. O‘zbek tili 
sohibi siqilish, ruhiy tanglik holatini ko‘zning xiralashishi, butun olamni ko‘ra olmaslik, 
nigohning torayishi, ya’ni ko‘pgina manzaralarni qabul qilmaslik, anglamaslik holati bilan 
ifodalagan. Bunda ko‘z obrazli tasvir asosi vazifasini bajargan. 
Turk tilida: Dünya, başına dar olmak (gelmek) / Dünya (gözüne, ona) zindan olmak 
(görünmek, kesilmek). Çok sıkılmak, büyük bir çaresizlik içinde kalmak, krş. "Dünya başına 
yıkılmak", "Dünya gözüne zindan olmak"./ Büyük bir karamsarlık ve umutsuzluk İçine düşmek, 
krş. “Dünya başına dar olmak", “Dünya başına yıkılmak". Turk tili sohibi ruhiy siqilishni 
voqelikning boshga, ya’ni miyaga, ongga sig‘maslik holati bilan ifoda etgan. Bu o‘rinda bosh 
metonimiya asosida “aql” tushunchasini ham ifodalaydi. O‘zbek tilida ham “aqlga sig‘maydi” 
degan frazema ishlatiladi, ammo bir oz farqli semantikani namoyon etadi. 


212 
O‘zbek tilida Ko‘rpa(si)ga qarab oyoq uzatmoq. Varianti: ko‘rpaga qarab oyoq 
uzatmoq. Kim (o‘zining) imkoniyatini hisobga olib ish tutmoq. Ha, onang ko‘rpasiga qarab oyoq 
uzatsin, uqdingmi? Bu frazemada insonning katta yoshdagi holati nazarda tutilgan. 
Turk tilida Ayağını yorganına göre (yorganına göre ayak) uzatmak. Giderini gelirine 
uydurmak. “Yo‘rgagiga ko‘ra oyoq uzatmoq” insonning chaqaloqlik davriga ishora qiladi. Turk 
tilidagi frazemada “asliyat” semasi ham ifodalangan, ya’ni “asl holatingni bil” degan mazmun 
anglashiladi. 
O‘zbek va turk tillaridagi frazemalar har bir tilning tengsiz xazinasi hisoblanadi. 
Frazemalar til sohiblarining olamni bilish darajasi, idrok etish qobiliyati, tasvirlash usullari, 
ifodalash vositalarini namoyon etadigan til birliklaridir. Shu bois o‘zbek-turk tillari 
frazemalarining parallel matnlar korpusi shu tillarning kommunikativ, emotsional-ekspressiv, 
akkumulyativ jihatdan umumiy, shu bilan bir qatorda, o‘ziga xosligini ifodalashda muhim 
ahamiyatga ega. 

Download 5.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   363




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling