Hamkorlik masalalari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari


Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti o‘qituvchisi


Download 5.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet157/363
Sana02.12.2023
Hajmi5.91 Mb.
#1780763
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   363
Bog'liq
Konferensiya materiallari 2022 tahrir yangi xatosiz (2)

 Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti o‘qituvchisi 


213 
Modernizatsiya, modernizatsiyalash (frans. moderne — eng yangi, zamonaviy) — biror 
narsani yangilash, unga zamonaviy tus berish, uni zamonaviy talablarga muvofiq o‘zgartirish. 
Modernizatsiyada mashina, apparat, turli texnologik qurilmalar, muhim kashfiyotlar texnika 
taraqqiyoti talablariga muvofiq qayta ishlanadi.[O‘ME.2003, 6-tom] 
Yuqoridagi ta’rif modernizatsiyani bir qarashda asosan aniq va tabiiy fanlar doirasida 
uchratish mumkin, degan xulosaga olib keladi. Biroq ijtimoiy sohalarda ham ushbu jarayon 
mavjud va u hamisha dinamik holatda bo‘lgan. Zero, yangilanish,o‘zgarish faqat moddiyatgagina 
daxldor hodisa emas. Xususan, modernizatsiya termini qator ijtimoiy sohalar doirasida qo‘llanib 
kelgan va ayni kunda uning qo‘llanishi yanada ommalashmoqda. Masalan, ta'lim 
modernizatsiyasi(pedagogika), 
qonun 
modernizatsiyasi, 
huquqiy 
modernizatsiya 
(yurisprudensiya), 
ijtimoiy 
modernizatsiya/sotsial 
modernizatsiya(sotsiologiya)
adabiy 
modernizatsiya (adabiyotshunoslik), iqtisodiy modernizatsiya... 
Zamonning eng muhim talabi bo‘lgan modernizatsiyalashuv bugun barcha sohalar, jamiki 
uslublar uchun birlamchi o‘ringa chiqqan. U aniqlikka, tezlikka, kreativlik va texnik 
imkoniyatlar kengayishiga asoslanadi. Xususan, ilmiy uslubda ham qisqa vaqt ichida ko‘p 
ma'lumot berish, bu orqali tezkorlik va tejamlilikka erishish tendensiyasi kechmoqda. Tabiiyki, 
mazkur jarayon, avvalo, ilmiy uslubning maxsus birliklari –terminlar doirasida kuzatiladi. 
Termin esa terminologiyaning o‘rganish ob'ekti ekan, demak modernizatsiyalashuvning 
lingvistik asoslarini tadqiq etish lozim. Bu borada tilshunoslik lug‘atlaridan aniq ta'rif ya'ni 
modernizatsiya yoki modernizatsiyalashuvning ta'rifini topish qiyin. Sababi lingvistik lug‘atlarga 
bu tushunchaning o‘zi so‘z sifatida kiritilmagan. Biroq ayrim o‘rinlarda uning birikma termin 
tarkibida qo‘llanganiga guvoh bo‘ldik:
Leksik modernizatsiya(модернизация лексики) – Tilning yangi sohalar doirasida 
qo‘llanishini ta'minlash maqsadida mavjud til elementlaridan yangi til birliklarini hosil qilish. 
Leksik modernizatsiya jamiyat hayotidagi ilg‘or sohalar (ilm-fan, texnika, ijtimoiy –siyosiy va 
madaniy soha) vakillari tashabbusi bilan til tarkibida amalga oshiriladi. Yangi so‘zlarning 
tarqalishi va qat'iylashuvi asta-sekin amalga oshishi mumkin. Bu jarayonda ommaviy axborot 
vositalarining roli ham ahamiyatli hisoblanadi.[Jerebilo,2010]
Til taraqqiyoti bir tomondan yangi atov birliklari, so‘zlar(neologizmlar)hisobiga amalga 
oshsa, boshqa tomondan tilning boyishi mavjud birliklarning qayta nomlanishi(yangilanishi) 
hisobiga yuzaga chiqadi. Mavjud referentlarning yangilanishi lug‘at tarkibining ma'lum bir 
kichik qisminigina egallab, bevosita konseptlarga aloqador hisoblanadi va konsept tarkibida 
(garchi yangilangan, qayta nomlangan bo‘lsa-da) qat'iy o‘zgarishsiz qoladi. Birinchi jarayon 
ko‘plab lingvistik tadqiqotlar ob'ekti bo‘lib hisoblangan, biroq ikkinchi holatda modernizatsiya 
jarayoni bor va u hamisha tilda mavjud bo‘lsa-da, hanuz o‘zining tizimli ta'rifini topmagan. 
[Shemchuk,2006, 8]. 
Har qanday milliy til lug‘at sistemasining, shuningdek, terminologik sistemasining 
rivojlanishida, takomillashuvida ikki narsaga to‘g‘ri amal qilish bu boradagi ishlarning 
muvaffaqiyatli, ijobiy natijalar bilan yakunlanishini ta'minlaydi: 1) tilning rivojlanishida amal 
qiladigan qonuniyatlar asosida ish ko‘rish; 2)terminga qo‘yiladigan talabdan kelib chiqib ish 
ko‘rish. [Hojiev ,2008,5]. 
Lingvistik nuqtai nazardan modernizatsiya jarayonini o‘rganish ham tadqiqotchini hodisani 
keng qamrovda ko‘zdan kechirishga undaydi: sotsiolingvistik hodisa sifatida modernizatsiyani til 
siyosati, endogloss va ekzogloss vaziyatlar bilan bog‘liqlikda o‘rganish, sof lingvistik hodisa 
sifatida tizimli jarayon shuningdek, qator yasalish usullari, omillarini hosil qiluvchi sifatida tahlil 
etishni talab qiladi. Lingvistik nuqtai nazardan modernizatsiya jarayonini o‘rganish tadqiqotchini 
hodisani keng qamrovda ko‘zdan kechirishga undaydi: sotsiolingvistik hodisa sifatida 
modernizatsiyani til siyosati, endogloss va ekzogloss vaziyatlar bilan bog‘liqlikda o‘rganish, sof 
lingvistik hodisa sifatida tizimli jarayon shuningdek, qator yasalish usullari, omillarini hosil 
qiluvchi sifatida tahlil etishni talab qiladi. Har qanday holda ham modernizatsiya jarayoni 
mavjud va u lingvistik hosilalarga ega. Demak, modernizatsiyalashuv lingvistik paradigmalar 
doirasida sotsiolingvistik hodisa sifatida zalvorliroqdir. Aynan sotsiolingvistik tadqiqotlar u 


214 
haqda to‘laqonli va asosli xulosalar bera oladi. Zotan,
sotsiolingvistika bugun dunyoda eng 
istiqbolli paradigma sifatida ustuvorlashib borayotgan antropotsentrik tilshunoslik o‘zanlarida 
harakat qiladi. Sotsiolingvistik izlanishlarning ilmiy natijalari va bu asosdagi tavsiyalar 
mamlakatimizda o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi faoliyatini qonuniy va haqqoniy , xolis va 
har taraflama yo‘lga qo‘yish,uning mavqeyi va nufuzini oshirish ishlari ko‘lamini yanada 
kengaytirishni natijador rejalashtirishga ko‘maklashadi. Shuning uchun ham til tadqiqiga 
sotsialingvistik yondashuv nafaqat nazariy, balki favqulodda salmoqli amaliy ahamiyatga ham 
molikdir[Mahmudov,2020].
Har qanday holda ham modernizatsiya jarayoni mavjud va u lingvistik hosilalarga ega. 
Shundan kelib chiqib, modernizatsiyaning tilshunoslik doirasidagi ko‘rinishlarini quyidagicha 
izohlash mumkin:

Download 5.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   363




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling