Hamkorlik masalalari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari
“NUTQIY KOMMUNIKATSIYA”, “NUTQIY FAOLIYAT”, “DISKURS”
Download 5.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Konferensiya materiallari 2022 tahrir yangi xatosiz (2)
“NUTQIY KOMMUNIKATSIYA”, “NUTQIY FAOLIYAT”, “DISKURS”,
“MATN” TUSHUNCHALARINING O‘ZARO MUNOSABATI INTERRELATION OF THE CONCEPTS OF “SPEECH COMMUNICATION”, "SPEECH ACTIVITY", “DISCOURSE”, “TEXT” Manzura Shamsiyeva Annotation. The article describes the terms widely used in sociolinguistics and psycholinguistics, i.e. the concepts of “speech communication”, “speech activity”, “discourse” and explains their relationship. The concept and categories of discourse are explained. The relationship between the concepts of “discourse”, ‘text”, and “speech” is expressed. Key words: speech communication, speech activity, discourse, text, constitutive categories, genre-style categories. Nutqiy kommunikatsiya turli fanlar, birinchi navbatda, lingvistika, psixologiya, falsafa fanlari doirasida o‘rganiladi. Mazkur masalaga bag‘ishlangan aksariyat zamonaviy tadqiqotlarda kommunikatsiya insonlarning o‘zaro munosabati va o‘zaro aloqasi orqali tahlil qilinadi. Ko‘pchilik mualliflar “kommunikatsiya” va “muloqot” terminlari chambarchas bog‘liqligini ta’kidlashadi. Ba’zi mualliflar bu tushunchalarni o‘xshash, ba’zilari – chambarchas bog‘liq, kesishuvchi, lekin o‘xshash emas, deb hisoblaydi. Kommunikatsiyani an’anaviy tarzda individlar o‘rtasida umumiy ramzlar (belgilar), xususan, til belgilari tizimi vositasida ma’no (ma’lumot) almashinuvi tarzida atash qabul qilingan. Lingvistika doirasida tadqiqotchilar e’tibori verbal (nutqiy) kommunikatsiya, muayyan jamiyatda til sohiblarining nutqiy qobiliyatida tildan foydalanish masalalarini o‘rganishga qaratiladi. Nutqiy kommunikatsiya – qator vazifaviy-uslubiy turlar (xizmat muloqoti, kundalik, ilmiy va b.) ni o‘z ichiga olgan faoliyatning turli moddiy-amaliy va bilishga oid jihatlari bilan bog‘liq bo‘lgan jamiyatdagi intersubyektli nutqiy o‘zaro munosabatdir. Ba’zi mualliflar nutqiy kommunikatsiyani eng maqbul nutqiy vositalarni tanlashga asos bo‘ladigan strategik jarayon sifatida talqin qiladi. Kommunikatsiya jarayonida ma’lumotni uzatish so‘zlovchining qarorlari seriyasi sifatida qaralishi mumkin. Shu tariqa, nutq kommunikatsiyaning asosiy vositasi hisoblanadi. Psixolingvistika paydo bo‘lishidan boshlab nutqiy faoliyat nazariyasi sifatida yuzaga kelgan va rivojlangan. Aksariyat psixolog va lingvistlar nutqqa butun akt faoliyati (agar u boshqa faoliyat turlari bilan amalga oshmaydigan maxsus motivatsiyaga ega bo‘lsa) ko‘rinishida yoki qandaydir nutqsiz faoliyatni o‘z ichiga olgan nutqiy harakatlar ko‘rinishida namoyon bo‘luvchi nutqiy faoliyat sifatida qaraydi (Rubinshteyn L.S., 1998; Leontyev A.N., 1974; Leontyev A.A., 1969, 2003.; Jinkin N.I., 1982; Zimnyaya I.A., 1984, 1991). A.A. Leontyevning fikricha, nutqiy faoliyat faoliyatning “klassik” turlari bilan bevosita bog‘liq bo‘lmaydigan maxsus faoliyat turini o‘zida aks ettiradi. U alohida nutqiy harakatlar shaklida barcha faoliyat Alisher Navoiy nomidagi ToshDO‘TAU katta o‘qituvchisi 206 turlariga xizmat qiladi, ularning tarkibiga kiradi. Ya’ni nutq nutqsiz faoliyatni amalga oshirish vositasi, “insonning boshqa bir faoliyati vaqtida muloqot qilish uchun tildan foydalanish jarayoni” sifatida tushuniladi. Faoliyat tarkibiga motiv, maqsad, harakat, operatsiyalar (harakatlarni bajarish usullari sifatida), shuningdek, faoliyatning shaxsiy ko‘rsatma va natijalari kiradi. A.A. Leontyevning tasnifi bo‘yicha, nutqiy faoliyatning farqli belgilari quyidagilar: predmetlik, ya’ni obyektiv predmetli tashqi olamga yo‘nalganlik; maqsadga yo‘nalganlik – har qanday akt tugashi bilan, har qanday harakat esa subyekt tomonidan oldindan ko‘zlangan oraliq maqsadi mavjudligi bilan xarakterlanadi; motivlashganlik – har qanday faoliyat akti bir vaqtning o‘zida bir necha motivlar asosida paydo bo‘ladi; iyerarxiyalik – nutqiy faoliyat butun holda va uning birliklari iyerarxik (vertikal) tuzilmaga ega; fazaviylik – nutqiy faoliyat, shuningdek, gorizontal (fazaviy) tuzilmaga ega. I.A. Zimnyaya nutqiy faoliyat o‘zida til vositasida shakllangan fikrlarning faol, maqsadga yo‘nalgan, motivlashgan, predmetli (mazmunli) uzatish yoki qabul qilish jarayoni, muloqot jarayonida insonning kommunikativ-bilish ehtiyojlarini qondirishga yo‘nalgan jarayon ekanligini ta’kidlaydi (Zimnyaya I.A., 1984). Nutqiy faoliyat va nutqiy muloqot munosabati psixologiya hamda psixolingvistikaning asosiy masalasi hisoblanadi. Muloqot psixologiyada ijtimoiy aloqalar vazifasini yechishga qaratilgan faoliyat sifatida belgilanadi. Insonlar o‘rtasidagi asosiy va universal o‘zaro ta’sir ko‘rinishi nutq, nutqiy faoliyat hisoblanadi. Ya’ni muloqot faoliyati va nutqiy faoliyat umumiy va xususiy sifatida qaraladi. Nutq bir vaqtning o‘zida muloqotning shakli va usuli hisoblanadi. Lekin nutqiy faoliyat muloqot doirasi bilan chegaralanmaydi. A.A. Leontyevning ta’kidlashicha, nutqiy harakat va operatsiyalar boshqa faoliyat turlariga, birinchi navbatda, bilish faoliyatiga kirishi mumkin. I.A. Zimnyayaning ko‘rsatishicha, nutq, nutqiy faoliyat shaxsning ajralmas tarkibiy qismi bo‘lib, ong bilan chambarchas bog‘liqdir. Download 5.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling