Foydalanilgan adabiyotlar
1.Базарова Б.Б. Введение в корпусную лингвистику. –Улан-Удэ, 2016. – Б.19.
2.Баранов А.Н. Введение в прикладную лингвистику. – М.: Эдиториал УРСС, 2001. –С.62.
3.Rahmatullayev Sh. O‘zbek tili frazeologizmlari lug‘ati. –Тoshkent, 1992.
3.Tursunov U., Muxtorov J., Rahmatullayev Sh. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. – Toshkent:
O‘qituvchi, 1975. –B. 7-8.
4.Xolmuradova L.E. Ingliz va fransuz tillaridagi obrazli va motivlashgan frazeologizmlarning
tematik-ideografik talqini (lingvomadaniy aspekt). Falsafa dok.diss. avtoref. –Toshkent, 2017. –
B.10.
5.Yo‘ldoshev B. Hozirgi o‘zbek adabiy tilida frazeologik birliklarning funksional-uslubiy
xususiyatlari. Filol.fan. d-ri…diss. avtoref. –Toshkent, 1993. –B.8.
6.Ömer Asım Aksoy Atasözleri ve Deyimler Sözlüğü II. Deyimler Sözlüğü. Dördüncü baskı,
1984.
MODERNIZATSIYALASHUV SOTSIOLINGVISTIK HODISA SIFATIDA
MODERNIZATION AS A SOCIOLINGUISTIC PHENOMENON
Durdona Mahkamova
*
Annotation. this article discusses the situation of modernization in the humanitarian
branches of science, in particular in the terminological system. Especially, we are talking about
lexical and structural modernization. The analyzes and conclusions are based on examples from
the Uzbek terminological system.
Key words: modernization, linguistic modernization, language policy, lexical
modernization, lexico-structural modernization, sociolinguistics
Bugun dunyo hamjamiyati barcha jabhada modernizatsiyalashish jarayonini boshdan
kechirmoqda. Shu o‘rinda “Modernizatsiyaning o‘zi nima?”, “Uning ilmiy ta'rifi qanday?”, “Bu
hodisa ko‘rinish va shakllarga egami?” kabi qator savollar tug‘ilishi tabiiy. Har bir soha vakili bu
tushunchani o‘z predmetidan kelib chiqib ta'riflashi mumkin. Ammo tilshunoslik har qanday til
birligi(leksema)ning mohiyatini, uning semantik imkoniyatlarini yaxlit holda tadqiq etibgina
xulosa beradi. “Modernizatsiyalashuv” garchi yangi so‘z bo‘lmasa-da, bugungi kunda keng
iste'molda bo‘lib turgan va deyarli barcha sohalarga kirib kelgan terminga aylandi.
Aslida modernizatsiyalashuv doimiy jarayon bo‘lib, termin sifatida o‘z ichiga
“yangilanish”, “o‘zgarish”, “takomillashish”, “zamonaviylashish”kabi qator ma'nolarni qamrab
oladi. Aksar adabiyot va lug‘atlarda modernizatsiyalashuv texnologik sohalarga taalluqli yoxud
boshqa fanlar doirasidagi texnologik yangilanishlarga nisbatan qo‘llanuvchi termin sifatida
baholanadi :
*
Do'stlaringiz bilan baham: |