Hamkorlik masalalari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari


Download 5.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet160/363
Sana02.12.2023
Hajmi5.91 Mb.
#1780763
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   363
Bog'liq
Konferensiya materiallari 2022 tahrir yangi xatosiz (2)

Foydalanilgan adabiyotlar 
1. Hasanov A. O‘zbek adabiy tilidagi leksik bo‘shliqlarni to‘ldirishning dialektal asoslari. T. 
2022 
2. Z.Xolmanova O.Saidahmedova, O.Nurullayeva Lingvokulturologiyaga oid tushunchalar 
tadqiqi. T. 2018 
3. Nurullayeva O. O‘zbek tilidagi lingvistik korpus ta’minoti. T. 2020 
4. Xamrayeva Sh. Til korpusining lingvistik va boshqa sohalardagi ahamiyati// O‘zMU 
xabarlari. 2016-yil 
 
 
ZAMONAVIY TILSHUNOSLIKDA TEZAURUSLARNING O‘RNI
THE ROLE OF THESAURI IN MODERN LINGUISTICS 
Oydin Nurullayeva 

 
 
Annotation. This article discusses the importance of modern linguistics and the 
development of computational linguistics. The importance of thesauruses in computer linguistics 
was also discussed. 
Key words: computer linguistics, thesaurus, corpus, dictionary, human intellect, 
synonym, antonym, semantics, machine translation. 
Til ma’naviy merosimizni asrash va boyitishning asosiy vositasi hisoblanadi. Tillarni 
saqlab qolish milliy ma’naviyatni saqlab qolish demakdir. Zero, asl ma`naviyat faqat milliy 
shakldagina mavjud bo‘ladi. Mamlakatimizda tilga e`tibor ma’naviyatga e`tiborning ustuvor 
yo‘nalishlaridan biri darajasiga ko‘tarildi. Shu bois ona tilimizni avaylab-asrash, boyitish, undan 
amaliy foydalanish samaradorligini oshirish bilan birga, o‘zbek tilining zamonaviy axborot-
kommunikatsiya tizimida keng qo‘llanishiga erishish kechiktirib bo‘lmaydigan dolzarb vazifaga 
aylandi. Chunki ona tilimizning jahonga chiqishiga erishish milliy ma’naviyatni 
takomillashtirish va yuksaltirishning asosiy yo‘llaridandir. [1, 2] 
Keyingi yillarda o‘zbek tilshunosligining turli tarmoqlarini to‘liq yoritishga 
bag‘ishlangan qator izlanishlar olib borilmoqda. Zamonaviy axborot texnologiyalari tilning 
funksional imkoniyatlaridan foydalanish borasida benihoya keng qulayliklar eshigini ochdi. 
Kompyuter tarjimasi, tahriri, tahlili, elektron lug‘atlar va tezaurus(til xazinasi)lar fikrimiz 
tasdig‘idir. Ayniqsa, zamonaviy elektron lug‘atlar tuzish va ulardan foydalanish madaniyatini 
shakllantirish til imkoniyatini kengaytirishda muhim ahamiyatga ega. Bu borada tezauruslar 
yaratish hamda korpus lingvistikasini rivojlantirish tilshunoslik, til o‘qitish metodikasi 
sohalaridagi dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.
Istiqlol yillarida kompyuter lingvistikasida avtomatik tarjima, sun'iy intellektning o‘zbek 
tilini tushunish va qayta ishlashiga erishish borasida qator tadqiqotlar amalga oshirilgan bo‘lsa 
ham, lekin tilshunoslikka amaliy qadam hamon oqsamoqda. Binobarin, barcha ilmiy yo‘nalishlar 
qatorida tilshunoslikda ham “...ilmiy va ijodiy izlanishlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, 

Alisher Navoiy nomidagi ToshDO‘TAU o‘qituvchisi 


218 
ular uchun zarur shart-sharoitlar yaratish vazifa”sining belgilanishi fanlar integratsiyasi bo‘yicha 
chuqur izlanishlar olib borish zarurligini ko‘rsatadi. [2,56] 
Takomillashib borayotgan kompyuter lingvistikasi yo‘nalishida avtomatik tarjima sifatini 
yaxshilash, tilni lingvistik modellashtirish, algoritmini yaratish hamda muayyan tilning ko‘p 
asrlik 
milliy-madaniy 
merosdan 
foydalanish 
imkonini 
oshirish 
maqsadida 
ularni 
elektronlashtirish jahon tilshunosligida dolzarb masalaga aylandi. Kompyuter lingvistikasini 
yanada rivojlantirish, xususan, tezauruslarni yaratish, mavjudlarini to‘ldirib borish, hajmini 
kengaytirish, matnni avtomatik tahrir qiladigan dasturlar yaratish tilshunoslik oldida turgan 
yechimi muhim ahamiyatga ega masalalardandir. 
Tezaurus (yunoncha "xazina"), umumiy ma'noda lug'at, ma'lumotlar to'plami, aniq leksik 
maqsadga yonaltirilgan maxsus tushunchalar, ta'riflar va atamalarni to'liq qamrab oluvchi 
korpus. Birinchi tezauruslardan biri Filona Biblining «Sinonimlar lug'ati»dir. Birinchi 
zamonaviy inglizcha tezaurus 1805-yilda Piter Mark Rojer tomonidan yaratilgan. U 1852-yilda 
nashr etilgan va shu davrdan hozirgacha foydalanilmoqda. 1970-yillarda tezauruslardan 
maʼlumot qidirish vazifalarida faol foydalanila boshlandi. Izohli lug'atdan farqli o'laroq, tezaurus 
ma'noni nafaqat ta'rif orqali, balki so'zni boshqa tushunchalar va ularni semantik guruhlarga 
birlashtirish orqali ham izohlash imkonini beradi, bu turdagi lug'atlar sun'iy intellekt 
tizimlarining bazalarini boyitish uchun ham ishlatilishi mumkin. Ilgari tezaurus atamasi birinchi 
navbatda tilning lug'at boyligini misollar bilan maksimal darajada ifodalovchi lug'atlarga 
nisbatan qo'llangan. Hozirgi vaqtda tezaurus kompyuter tizimlarida so'zlarni qidirishda 
qo'llanuvchi, internet va mashina tarjimasi bilan bog'liq holda paydo bo'lgan lug'atlarni ham o'z 
ichiga oladi. Tezaurus til qamrovi darajasiga ko'ra quyidagi turlarga bo'linadi: 
1. Bir tilli ma'lumot qidirish tezauruslari; 
2. Ko'p tilli ma'lumot qidirish tezauruslari. 
Tezaurus lug‘atda bir qancha lug‘at belgilarining mujassamlangan holatini ko‘rish mumkin. 
Bu lug‘atning elektron formatdagi kkoo‘rinishi insonning vaqtini tejash, bir so‘z haqida to'liq 
ma’lumot olish imkonini beradi.
Tezaurus lug‘atda har bir so‘zning sinonimi, antonimi, etimologiyasi, omonimi va u bilan 
birika oladigan so‘zlar qatori ochib beriladi. Tezaurus birinchi navbatda so‘zlar va ulaming 
matndagi qo‘llanishiga doir misollar izohlangan maksimal darajada to‘liq lug‘at hisoblanadi. 
Tezauruslar, asosan, elektron ko‘rinishlarda yaratiladi va muayyan predmetlar sohasini atroflicha 
tavsiflash vositasi hisoblanadi hamda muayyan predmet haqida to‘liq holatda axborot beradi. 
[3,76]
Thesaurus.com - dunyodagi yetakchi raqamli lug'at. Tezaurus millionlab inglizcha so'zlar 
izohi, imlosi, ularni talaffuz qilishning namunaviy audio varianti va so'zlarning kelib chiqishini 
taqdim etadi. Thesaurus.com ning asosiy leksik manbayi RANDOM HOUSE lug'ati bo'lib, u 
tajribali leksikograflar jamoasi tomonidan doimiy ravishda yangilanadi va tezaurusni boyitish 
uchun bir qator ishonchli manbalar, jumladan American Heritage va Harper Collins lug'atlari 
bazalari bilan ham to'ldiriladi. Thesaurus.com 1995- yildan beri ingliz tilini o'rganuvchilarga 
xizmat qilib kelmoqda hamda foydalanuvchilarga 550 000 dan ortiq sinonimlarni taqdim etadi. 
Qidiruv paneliga istalgan so'zni yozish orqali quyidagi ma'lumotlarga ega bo'lishimiz mumkin: 
a) so'zning sinonimlari 
b)so'zning antonimlari 
c) so'zning gap tarkibida qo'llanilishi 
d)so'zga semantik jihatdan aloqador so'zlar qatori (semantik assotsiatsiya)
«Sun» (quyosh) so'zini qidiruv paneliga yozib ko'ramiz: 


219 
Xulosa qilib aytganda, tezaurus lug‘atlarning yaratilishi har bir til rivoji uchun muhim 
ahamiyat kasb etadi. Tezaurusli lug‘atlari bor tilda oson sun’iy intellekt yaratish mumkin. Bu esa 
o‘sha tildagi mashina tarjimasi va boshqa amaliy lingvistik ishlarni juda katta miqyosda 
tezlashtirib yuboradi. Tez orada o‘zbek tadqiqotchilarining bu boradagi yirik ilmiy ishlari natijasi 
o‘laroq sistemalashgan elektron tezurusli lug‘atlar yaratiladi.

Download 5.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   363




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling