Hamkorlik masalalari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari
Download 5.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Konferensiya materiallari 2022 tahrir yangi xatosiz (2)
Va. U eng faol qo‘llanadigan va kitobiy uslublarga xos bo‘lgan bog‘lovchidir.
Stilistik vazifasi. Tilimizga va bog‘lovchisi arab tilidan o‘zlashgan, «teng huquqli gap bo‘laklarini va gaplarni bog‘lash uchun xizmat qiladi»gan [9.430] va hozirda eng faol qo‘llanadigan yordamchi so‘z sanaladi. Bu uning grammatik vazifasidir: Turfa tezlik qaramog‘ida Aylanadi Sahna va Hayot – Sen dunyoning junun bog‘ida, Men qasosning yo‘lida barbod (U.Azim). Sodda gaplarni bir-biriga bog‘lab, sintaktik-semantik munosabatga kiritish barobarida ish-harakatning ketma-ket bo‘lganini ko‘rsatishi, uyushiq bo‘laklarni bog‘laganda, ular ifodalayotgan ma’noni kuchaytirishi, bo‘rttirishi va ekspressivlikni yuzaga keltirishi kabilar uning zimmasiga yuklangan stilistik vazifalardir. Masalan: G‘ashlanma dilni ko‘ndir Va o‘zingni mahkam tut (U.Azim). Nechun hamma davri davron, hamma davlat va hamma shoh va fotihlarning tarixini besh qo‘liday biladigan bu zukko donishmand toj va hokimiyat hech bir kimsaga vafo qilmaganini tushunmadi yoxud tushunsa-da, uni tark etishga irodasi etmadi? (O.Yoqubov) kabi. 16 Gap tarkibida joylashuvi. She’riy matnlarda va bog‘lovchisining misra boshida kelishi uning poetik aktuallashuvi bilan bog‘liq. Bunday paytda u emotsional-ekspressivlik vazifasini o‘z zimmasiga oladi: Qancha diyorlarda sayr etib yurdim, Qancha manzillarda tuzdim oshyon. Va buyuk hikmatga axir yuz burdim, Siylangan joyida azizdir inson (A.Oripov). Va lekin qaytmay musofirlikda olamdan o‘tsam... bu xazinani ko‘z qorachiqlaringizday saqlangiz, so‘ng, inongan shogirdlaringizga topshiringiz, ular ham o‘z shogirdlariga topshirg‘ay. Va shu yo‘sin zurriyotlardin zurriyotlarga o‘tib, elimiz osmoniga oftob chiqqanda yashaydurgan baxtli avlodlarimizga yetib borgay... (O.Yoqubov). Boshqa bog‘lovchilar bilan ketma-ket kelishi. Ba’zan va, yo bog‘lovchilari misra boshida yonma-yon qo‘llanib, ritorik so‘roq ma’nosini kuchaytiradi: Kim u yig‘layotgan, Navoiymikin, Va yo may kuychisi Xayyommikin, dod! (A.Oripov), Nega gavhar bo‘lmading sen va yo chaqmoq tosh, Qo‘llarimga tugib yursam kecha-yu kunduz (A.Oripov) kabi. Lekin yoki bog‘lovchisining yo tarzda qisqargan shaklda qo‘llanishida ekspressivlik bor va ular birgalikda qo‘llanganda poetik uslubga xoslanadi. Kirish so‘z bo‘lib kelgan nihoyat so‘zining oldidan kelganda eng muhim fikrga berilgan urg‘u vazifasini o‘taydi va chinakam ekspressiv vositaga aylanadi: Faqat bu elga qirq yil rahnamolik qilib orttirgan boyligim – madrasa-yu rasadxonam, nodir xazinam – to‘plagan kutubxonam va nihoyat yaratgan asarlarim – barchasi poymol bo‘lishidan qo‘rqamen (O.Yoqubov). Hattoki yuklamasining oldidan kelganda ham u ana shu ekspressivlik uchun xizmat qiladi: Faqat Ali Qushchi emas, Mirzo Ulug‘bek bilan birga kelgan barcha a’yonlar va barcha ilm ahli va hattoki, ilm-fandan uzoq arkoni davlatlar ham boshlarini egib, chuqur sukutga cho‘mib eshitdilar (O.Yoqubov) kabi. Sinonimiyasi. Alisher Navoiyning «Muhokamat ul-lug‘atayn» asari matnidagi Ko‘nguldin dog‘i so‘z durri nutq sharafiga sohibi ixtisos vasilasi bila guzorish va oroyish ko‘rguzur va aning qiymati ham martabasi nisbatig‘a boqa intishor va ishtihor topar gapiga asoslanib, eski o‘zbek tilida va hamda -u(-yu,-vu) bog‘lovchilari bab-baravar qo‘llangan, ular bir-biri bilan sinonimik munosabatda bo‘lgan, deyishimiz mumkin. Masalan: guzorish va oroyish – guzorishu oroyish, intishor va ishtihor – intishoru ishtihor kabi. Ammo G‘.Abdurahmonov va A.Rustamovlar «Navoiy tilining grammatik xususiyatlari» nomli asarida Alisher Navoiy «Muhokamatul lug‘atayn» asarining kirill alifbosida 1948-yilda nashr etilgan matnidan «Andoq ma’lum bo‘lurki, turk sorttin tez fahmroq va baland idrokroq va Download 5.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling