Hamkorlik masalalari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari
Download 5.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Konferensiya materiallari 2022 tahrir yangi xatosiz (2)
xilqati sofroq va pokroq maxluq bo‘lubtur va sort turkdin taaqqul va ilmda daqiqroq va kamol
va fazl fikratida amiyqroq zuhur qilibtur va bu hol turklarning sidq va safo va tuz niyatidin va sortlarning ilm va funun va hikmatidin zohir durur» parchasini keltirishgan (Navoiy. Tanlangan asarlar, 3-tom, Toshkent, 1948, 176-bet). Asar mualliflari matnni nashrga tayyorlovchilar 13 marta qo‘llangan va bog‘lovchisining arabcha yozuvidagi و harfi bilan berilganligi, ammo uning talaffuzi va ham, -u(yu) ham bo‘lishi mumkinligini inobatga olmaganligi haqida fikr bildirishib, quyidagi variantni tavsiya etishgan: «Andoq ma’lum bo‘lurki: turk sorttin tez fahmrog‘-u baland idrokroq va xilqati sofrog‘-u pokroq maxluq bo‘lubtur va sort turkdin taaqqul-u ilmda daqiqroq va kamol-u fazl fikratida amiyqroq zuhur qilibtur va bu hol turklarning sidq-u safov-u tuz niyatidin va sortlarning ilm-u funun-u hikmatidin zohir durur» [1.142]. Afsuski, bu fikr Alisher Navoiy asarlarining 1967-yilda nashr etilgan 14 tomligida ham, 2000-yil chop qilingan 20 tomligida ham inobatga olinmagan va 1948-yilgi nashr holatida keltirilgan. Bu aytilganlardan qanday xulosaga kelish mumkin? Qaysi grafikada yozilgan bo‘lishidan qat’i nazar, tilimizda bog‘lovchi vazifasida kelgan va hamda -u(-yu,-vu) vositalari qo‘llanishida muayyan stilistik farqlar bor va «Navoiy tilining grammatik xususiyatlari» asari mualliflari tavsiya etgan variantda ana shu ottenkalar yaqqol seziladi va matnning uslubiy jihatdan ham ravon, ham jozibali bo‘lishini ta’minlayotganligi ma’lum bo‘lib turadi. Darhaqiqat, -u(-yu) yuklamalari uyushgan bo‘laklar hamda qo‘shma gaplar tarkibida gap orasida kelib biriktiruvchi bog‘lovchi vazifasida ishlatilganda va ga sinonim bo‘ladi. Uning 17 qo‘llanishida nutqiy qulaylik borligi uchun so‘zlashuv uslubiga xoslangan. Qiyoslaymiz: karnay va surnay – karna-yu surnay, kecha va kunduz – kecha-yu kunduz, to‘y va tamosha – to‘y-u tamosha. olim-u dono – olim va dono kabi. Ammo bu qo‘llanishlarda uslubiy farqlar bor. Masalan, olim-u dono – olim va dono ni olaylik. Olim-u dono da umumlashtirish, olim va dono da sanash ottenkasi bor. Bu yuqoridagi hamma birikuvlarga ham tegishli. Bu qatorga -da yuklamasi va boshqa birliklar ham qo‘shilganda ifoda ko‘lami yanada kengayadi: oldi-da, ketdi → oldi-yu, ketdi → olgan zohati ketdi → oldi va ketdi → olishi bilan ketdi → olgan payti ketdi → olgandan ketdi → olgandan so‘ng ketdi → olgandan keyin ketdi. Dastlabki ifodalardagi harakat tezligi va keyingilarida bu harakatning susayib borishi ham ularning stilistik belgilaridir. Hamda bog‘lovchisi kitobiy uslublarga xos. Yigirmaga yaqin o‘zbek xalq dostonlari matnida ushbu bog‘lovchining biron marta ham uchramaganligi, uning so‘zlashuv uslubiga xoslanmaganligini tasdiqlaydi. Badiiy-publitsistik, ilmiy va rasmiy uslublarga oid matnlarda qo‘llaniladi, ammo boshqa biriktiruvchi bog‘lovchilarga qaraganda faol emas. Masalan: Bu kunlarda bo‘lsa bir tomondan qizlarg‘a saboq berib onasig‘a ko‘maklashsa, ikkinchi tarafdan otasida qofiya (arab nahv va sarfi) hamda Shayxi Sa’diyning «Guliston»idan dars oladir va shuning qatorida o‘zi yaxshi ko‘rgan chig‘atoy-o‘zbek shoirlarining badi’a asarlaridan alohida bir majmu’a tuzib yuriydir (A.Qodiriy). Beruniy «At-Tafhim» kitobining «Yer kattaligini aniqlash» bo‘limida va «Qonuni Mas’udiy» hamda «Hindiston» kitoblarida yer shakli va o‘lchami haqida qimmatli ma’lumotlar beradi («Geografiya»). Hujayra tuzilishi haqidagi fanning taraqqiyoti fizika fani yutuqlari va xususan mikroskopning ixtirosi hamda uning optik jihatdan takomillashtirilishi bilan bog‘liq bo‘ldi («Botanika»). Terrorizmni tayyorlashda ishtirok etgan shaxs, agar u hokimiyat organlariga o‘z vaqtida xabar berish yoki boshqa usul bilan og‘ir oqibatlar yuzaga kelishining hamda terrorchilar maqsadlari amalga oshirilishining oldini olishga faol ko‘maklashgan bo‘lsa, basharti bu shaxsning harakatlarida jinoyatning boshqa tarkibi bo‘lmasa, jinoiy javobgarlikdan ozod etiladi («Jinoyat kodeksi», maxsus qism) kabi. Yozma matnlar tarkibida kelganida hamda gap bo‘laklarini o‘zaro bog‘lash barobarida fakultativ vazifa ham bajaradi – bir gapning o‘zida va bog‘lovchisi takrori tufayli yuzaga keladigan uslubiy g‘alizlikni bartaraf etadi. Bu holatni yuqorida keltirilgan misollarni barchasida kuzatish mumkin. Ushbu bog‘lovchining qo‘llanishida kuzatiladigan yana bir holat – undan foydalanishda muallif individualligi ehtimolidir. Agar «O‘tgan kunlar» romanida ushbu yordamchi so‘zga biron marta murojaat qilinmagan bo‘lsa, «O‘zbekiston tabiiy geografiyasi» (Qo‘qon, 2006) nomli ma’ruzalar matnida esa 126 marta qo‘llangan: O‘zbekistonning ko‘p qismining tekislikdan iborat bo‘lishi hamda serunum vohalarning – Chirchiq-Ohangaron, Farg‘ona, Zarafshon, Qashqadaryo, Surxondaryo, Quyi Amudaryoning mavjudligi jumhuri yat i qtis odi yoti ning rivojlani shi ga qul ay sharoi t yarati b ber gan . Ushbu bog‘lovchi yozma matnlarda va bog‘lovchisi bilan sinonim bo‘la oladi: Birinchi qabatdan kirgach boqchaning sufasiga hamda ichkariga yuruladirgan yo‘lkalar bor edi (A.Qodiriy) – Birinchi qabatdan kirgach boqchaning sufasiga va ichkariga yuruladirgan yo‘lkalar bor edi; Ikki og‘iz so‘z aytmakni dil Hamda burchim qilar taqozo (Zulfiya) – Ikki og‘iz so‘z aytmakni dil Va burchim qilar taqozo. She’riy matnlardagi bo‘g‘inlar soniga ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan ta’sirini hisobga olmaganda, ta’sirchanlik va ekspressivlik nuqtayi nazaridan va bilan hamda o‘rtasida farq sezilmaydi. Quyidagi Ham shonli, ham besha’n, hamda bechora Xotira yukining og‘ir karvoni (U.Azim) misolida hamda ning ham ning sinonimi deb emas, balki vazn talabi bilan -da yuklamasi qo‘shilgan varianti deb hisoblaymiz. Ammo ikki biriktiruvchi – va bilan hamda qavatlangan holda qo‘llanganda gap bo‘laklari o‘rtasidagi tenglikni ta’kidlash kuchayadi va urg‘u hamda bog‘lovchisidan keyin kelgan so‘zga tushadi: U – ko‘rinmas bizga hech qachon, U hayotdir va hamda o‘lim (Zulfiya). 18 Bog‘lovchining satr boshida kelishi she’riy matnlar uchun tabiiy hol sanaladi. Chunki bu yerda ham u ikki gap o‘rtasida bo‘ladi. Ammo uning satr boshida joylashishi she’riy misralar o‘qilishidagi an’anani saqlab qolib, kichik bir to‘xtam hosil bo‘lishiga ko‘maklashadi va o‘zidan keyingi so‘zga urg‘u tushishiga sharoit yaratadi: O‘zing zarbga ko‘ksing tutding jim Hamda sezding so‘ng bor to‘lg‘onib (U.Azim). Bu aytilganlar bog‘lovchilar har qanday tilda gap yoki uning bo‘laklarini o‘zaro bog‘laydigan shunchaki grammatik vosita emas, balki nutq jarayonidagi muhim stilistik vosita ekanligini ham dalillaydi. Download 5.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling