Hamkorlik masalalari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari


Download 5.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet167/363
Sana02.12.2023
Hajmi5.91 Mb.
#1780763
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   363
Bog'liq
Konferensiya materiallari 2022 tahrir yangi xatosiz (2)

Etymology Dictionary]. Intertekstuallik atamasi birinchi boʻlib1967-yilda fransuz olimasi Y. 
Kristeva tomonidan “Baxtin, soʻz, dialog va roman” risolasida ilmiy termin sifatida ishlatilgan. 
Olima intertekstuallik hodisasi asosan ilmiy va badiiy matnda uchrashini taʻkidlab, koʻproq 
badiiy matnda intertekstuallik tamoyiliga urgʻu beradi. [Xomidova M.,2021]. 
Biz yuqorida tezaurslar va intertekstauallik hodisasiga birmuncha to‘xtaldik. Ana endi 
intertekstual tezaurs haqida fikr yuritamiz. Intertekstual tezaurs - intertekstlarning (keng 
ma’noda ) jamlanmasidir. Muayyan til sohiblariga yaxshi tanish bo‘lgan va ularning lisoniy
xotirasida saqlanadigan, nutqiy faoliyatda qayta-qayta murojaat qilinadigan shaxs
nomlari, barqaror so‘z birikmalari,jumlalar hamda matnlar intertektual tezaurslar sifatida qayd 
etiladi. 
Pretsedent nomlar intertmatn birligi hisoblangani uchun ham intertekstual tezaurslarning 
asosiy obyektidir. Pretsedent nomlar badiiy matnda millatning lingvomadaniyatida alohida iz 
qoldirgan mashhur tarixiy shaxslar, joy va teoremik nomlarni keltirishdir. Pretsedent nomlarning 
ajratib olishda ikkita muhim xususiyati alohida e’tirof etiladi. Bular mashhurlik va ramziylikdir. 
Mashhurlikning deganda presedent nomning shaxs xotirasida mavjudligi, shaxsning bu nom 
haqida ma’lumotga egaligi nazarda tutilsa, ramziylik esa ma’lum bir sifatlar yig‘indisining
matnda nom orqali ifodasi bo‘lishidan iborat. Masalan, “Alpomish” dostonidagi “Alpomish” 
obrazi haqida tasavvur va ma’lumotlar barchamizning lisoniy xotiramizda mavjud. “Alpomish” 
nafaqat aynan ijtimoiy-gumanitar soha vakillarining xotirasida, balki barcha til egalarining 
ongida qahramonlik, jasurlik, o‘z so‘zida turadigan komil inson ramziy obrazi sifatida o‘rin 
olgan. 
Hozirgi vaqtda Ayyub, Afrosiyob, Alpomish, Bog‘i Eram, Boychibor, jomi Jam, Iskandar, 
Ka’ba, Kumush,Otabek, Layli, Majnun, Farhod, Shirin, Tohir, Zuhra, Odam Ato, Momo Havo, 
Masih, To‘maris, Shiroq, Amir Temur, Hotam, Humo, Usmon , Cho‘lpon kabi o‘zbek va Sharq 
dunyosiga; Gamlet, Gerakl, Ikar, Kolumb, Otello, Yago, Buratino kabi G‘arb olamiga oid 
nomlar pretsedent nom sifatida faol qo‘llanmoqda. Xususan, Mustaqillik davrida ma’naviy 
qadriyatlarimizni tiklash yo‘lidagi sa’y-harakatlar natijasi o‘laroq o‘zbek tilida To‘maris, Shiroq, 
Muqanna, Amir Temur, Jaloliddin (Jaloliddin Manguberdi), Boychibor, Humo, Ch o‘lpon, 
Usmon (Usmon Nosir) kabi pretsedent nomlarning qo‘llanish darajasi ortdi. Bu, avvalo, o‘zbek 
xalqining milliy o‘zligini, istiqlolning ijtimoiy ahamiyatini anglab yetish kabi ijtimoiy-
psixologik omillar bilan izohlanadi. Hozirgi globallashuv davrida ommaviy axborot vositalari 
orqali sport, san’at, siyosat, madaniyatga oid bir qancha nomlar o‘zbeklar orasida ham mashhur 
bo‘ldiki, ularning nolisoniy omillari, xususan, o‘zbek hamjamiyatida tutgan o‘rni alohida 
yondashuvni taqozo etadi. 
Tilshunoslarimiz pretsedent nomlarni intertekstual birlik sifatida qayd etganida “allyuziv 
nom” deb ham atashadi: “Semisotik tizim orqali intertekstuallikni hosil qilishda matn 
mualliflariga allyuziv ya’ni pretsedent nomlar yordamga keladi. Alpomish, Hizr, Majnun, 
Farhod, Jaloliddin kabi intertekstual birliklar she’riy va nasriy asarlarda faol qo‘llanib, bu leksik 
birliklar, ya’ni belgilar orqali ular bilan bog’liq butun bir matn mazmuniga ishora qilinadi.” 
[Xomidova M.,2021]. 
Tilshunos olimlarimizdan biri D. Xudoyberganova esa pretsedent nomlarning allyuziv nom 
sifatida kelishini tadqiq etar ekan, allyuziv nomga shunday ta’rif beradi: “Allyuziv matnda 


228 
allyuziya ko‘rsatgichi vazifasida keluvchi onomastik birlik, assotsiativ tarzda idrok qilinuvchi 
pretsedent matnning tarkibiy qismi; ikki madaniy-semiotik maydonni tutashtiruvchi vosita”.[ 
Xudoyberganova D.,2015.-B.19.]. 
Mashhur nomlarning funktsional turlaridan biri bo`lgan allyuziv nomlarga nomlar 
badiiyatida uslubiy figura sifatida qaralsa, lingvomadaniyatshunoslikda ular ikki madaniy-
semiotik maydonni o`zaro tutashtiruvchi vosita sifatida eʼtirof etiladi. Bunda quyidagi ikki jihat 
eʼtiborga olinmogʼi lozim: a) allyuziv nomlarning adabiy faktga ishora qilishi va b) ularning turli 
ijtimoiy-tarixiy faktga ishora qilishi. ”.[ Xudoyberganova D.,2020.-B.103.]. 
Ushbu fikrlarni ma’qullagan holda, sevimli shoirimiz Shavkat Rahmon qalamiga mansub 
quyidagi misrani keltiramiz: 
Ko‘ngil ag‘darilar 
latifalardan, 
orzular, qarashlar naqadar kalta. 
Nega gapirishmas separatchilar 
Indira Gandini otgani haqda!?[Rahmon Sh.,1985.-B.54] 
Shoirning ushbu bayti “Avtobusdagi o‘ylar” she’ridan olingan bo‘lib, bunda Indira Gandhi 
antroponimi pretsedent nom bo‘lib vazifasida kelgan. Bu baytda ham allyuziv nom tarixiy 
faktga ishora qilgan. Ushbu she’r bilan tanishayotgan o‘quvchi “Hind temir xonimasi” 
sifatida mashhur bo‘lgan siyosatchi Indira Gandhining 1984-yil 31-oktabrida o‘zining 
tansoqchilari tomonidan otib o‘ldirilganligiga ishora borligini sezadi.
Yuqoridagi misolimizda allyuziv nom tarixiy-ijtimoiy faktga ishora qilgan. Sevimli 
shoirimiz Omon Matjonning “Bag‘ring but bo‘lsin, yurtim” she’ridan olingan quyidagi 
misralarda esa allyuziv nom adabiy faktga ishora qilgan: 
Farg‘ona go‘zali Kumushbibi deb, 
Otabek tikdi-ku axir umrni. 
Shu mehr, shu sevgi, yoshlik, imonning 
Bizmiz merosxo‘ri- yurakda o‘rni.[Matjon O.,1989.-B.88.] 
Bu baytda shoir o‘zbek adabiyotida birinchi roman sifatida e’tirof etiladigan 
A.Qodiriyning “O‘tkan kunlar” asari bosh qahramonlarini allyuziv nom sifatida qo‘llagan. 
She’rni o‘qigan lisoniy shaxs bevosita roman voqealarini yodga oladi va Otabek va Kumush 
taqdiri xususida fikr yuritadi. Shuningdek, bu baytda “Farg‘ona” toponimi ham pretsedent 
nomdir. Chunki, lingvomadaniyatimizdan kelib chiqsak, xalqimiz orasida viloyat nomi 
sifatida Farg‘ona ham juda mashhur. Omon Matjon ijodidan olingan yuqoridagi baytda ham 
allyuziv nom bo‘lib kelgan “Otabek” va “Kumush” antroponimlari adabiy faktga ishora 
qilgan.
Yuqorida keltirilgan misollar orqali ko‘rinib turibdiki, pretsedent nomlar allyuziv nom 
sifatida she’riy matnda qo‘llanganda, matnga qo`shimcha, lekin verbal ifodaga ega bo`lmagan 
fakt yoki ma’lumotni lisoniy shaxs xotirasida jonlantirishga xizmat qiladi. 
Ko‘rinadiki, intertektual tezaurslarning asosiy obyekti sifatida tadqiq qilingan pretsedent 
nomlar ma'lum lingvomadaniy jamiyat vakillariga yaxshi tanish, ularning orasida keng 
ommalashgan, jamiyat hayoti va tarixi bilan bogʻliq, oʻxshash hodisalarni ifodalash uchun 
xizmat qiladigan barqaror namunaviy asosdir. O‘zbek tilining intertekstual tezaursini 
yaratishda pretsedent nomlar lingvomadaniy jamiyat mafkurasini, uning mental qiyofasi, 
borliqni anglash tarzini anglashga xizmat qiluvchi asosiy obyektdir. Ularning korpusi doimo 
oʻzgarib turadi. Ular dinamik va oʻzgaruvchandir, ular madaniy, tarixiy va lingvistik 
sharoitlarga moslashadi. Pretsedent nomlarining manbalari doimo yangilanib turadi. 
Ommaviy axborot vositalari, internet resurslari (reklama shiorlari, teledasturlar va ularning 
nomlari, gazeta va jurnal ruknlari va h.k.) bugungi kunda yangi pretsedent nomlarning paydo 
boʻlishiga, ularning keng ommalashishiga, eskirgan intertekst birliklarning tez fursatlarda 
yangilari bilan toʻlib borishiga yoki almashinishiga xizmat qiladi. 

Download 5.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   363




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling