Hamkorlik masalalari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari


Download 5.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet170/363
Sana02.12.2023
Hajmi5.91 Mb.
#1780763
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   363
Bog'liq
Konferensiya materiallari 2022 tahrir yangi xatosiz (2)

Reference 
1. Tursunova L.A. Structural types and stylistic functions of epithets in English theological 
literature of the 20th century. Diss. Candidate of Philology. - Moscow, 1973. 
2. Galperin IR. Hair. - S. 156. 
3. Gimaletdinova G.K., Perminova M.A. Difficulties in literary translation of English epithets 
(on the example of N. Hornby's novel "How to become kind") / Uchenye zapiski 
Kazanskogo universiteta. Series Humanities. 2016, Vol. 158, book. 5 ISSN 1815-6126 
(print). - S. 1392–1403 
4. https://kpfu.ru/portal/docs/F2094929751/158_5_gum_17.pdf
 
INKORNING LINGVOFALSAFIY, MANTIQIY TABIATIGA DOIR MULOHAZALAR 
COMMENTS ON THE LINGUO-PHILOSOPHICAL, LOGICAL NATURE OF 
NEGATION 
Dildora Bo‘ronova
*
 
 
Annotation. in this article, the linguo-philosophical and linguological foundations of the 
category of negation, the forms of its manifestation in the language system, and the linguistic 
features of the expression of negation in different systems are revealed. In particular, cases 
related to the expression of negation at the phonetic, lexical, and grammatical levels were 
analyzed on the basis of Uzbek and English media discourse materials. 
Key words: negation category - as a universal linguo-philosophical, linguo-psychological 
category. 
 
Inkor – bu dunyoning barcha tillariga xos bo‘lgan, olam lisoniy manzarasiga mansub
nisbatan sodda semantik unsurlar vositasida aniqlab bo‘lmaydigan, semantik jihatdan ajralmas 
semantik-konnotatsion toifalardan biri. Mantiqiy nuqtai nazardan, inkor – bu berilgan jumladan 
boshqasini tuzuvchi operator, berilgan gap yolg‘on bo‘lganda to‘g‘ri bo‘ladi va aksincha, agar 
berilgan jumla to‘g‘ri bo‘lsa, yolg‘on mulohazaga ishora berishi mumkin. Hyech qanday 
mulohaza bir vaqtning o‘zida ham rost, ham yolg‘on bo‘la olmagani kabi ikki karra inkordan 
iborat mulohazalar mulohazaning rostligiga ishora beradi. Zero, Plungyanning inkorni butun bir 
universal grammatik to‘plamga tenglashtirishi shu va shu singari nutq imkoniyatlaridan dalolat beradi.
Inkor universal, barcha tillarga xos bo‘lgan, ma'no mahsuli hisoblangan kategoriya 
hisoblanadi. Mazkur kategoriyani tadqiq etuvchilar, jumladan, O.Yespersen, N.Arvat, 
S.Vasileva, V.Vinogradov, A.Baxarev, A.Krivonosov, V.Bondarenko, O.Ozarovskiy, 
N.Ozerova, V.Paducheva, V.Panfilov, A. Peshkovskiy, L.Xorn, A.Shaxmatov singari tilshunos 
*
Termiz davlat universiteti o‘qituvchisi
 


235 
olimlar asosan, inkorni mantiqiy va nutqiy inkorga ajratgan holda, ularning qiyosi, turli tillarda 
inkorni ifodalovchi vositalar, gap qurilmasida inkorning ifodasi singari muammolarga e'tibor 
qaratadilar. Shunga qaramay, tilshunoslikda inkorga tugal yechimini topmagan hodisa sifatida 
yondashiladi. 
Tilda inkor kategoriyasining namoyon bo‘lishi mantiq va falsafani ham qiziqtiradi. 
Vaholanki, inkor xuddi tasdiq singari voqyelikning tildagi ifodasi bo‘lish bilan birga mulohaza 
to‘g‘risidagi mulohazani ham ifodalaydi. 
Mantiqiy jihatdan inkor mavjud emaslik to‘g‘risidagi fikr, voqyelikda alohida ahamiyatga 
ega bo‘lgan nimaningdir yetishmayotgani, shuningdek, ifoda etilgan fikrga nisbatan inkor 
mulohaza, ya'ni mulohazani rost mulohaza sifatida qabul qilishga taqiq, farqlar o‘rtasidagi 
munosabat, yetishmovchilikka munosabat, nouyg‘unlikka munosabat, qarama-qarshilik, 
ziddiyatga munosabat, mahrumlik va taqchillikka munosabat, modallikka munosabatni aks ettiradi. 
Inkor universal, barcha tillarga xos bo‘lgan, ma'no mahsuli hisoblangan kategoriya 
hisoblanadi. Mazkur kategoriyani tadqiq etuvchilar, jumladan, O.Yespersen, N.N.Arvat, 
S.A.Vasileva, 
V.V.Vinogradov, 
A.I.Baxarev, 
A.T.Krivonosov, 
V.N.Bondarenko, 
O.V.Ozarovskiy, N.G.Ozerova, V.Paducheva, V.Z.Panfilov, A.M.Peshkovskiy, L.Xorn, 
A.A.Shaxmatov singari tilshunos olimlar inkorni mantiqiy va nutqiy inkorga ajratgan holda, 
ularning qiyosi, uning turli tillardagi ifodaviy vositalari, gap qurilmasida inkorning ifoda topishi 
singari muammolarga e'tibor qaratadilar. Shunga qaramay, tilshunoslikda inkorga tugal 
yechimini topmagan hodisa sifatida yondashiladi.
Tilda inkor kategoriyasining namoyon bo‘lishi mantiq va falsafani ham qiziqtiradi. 
Vaholanki, inkor xuddi tasdiq singari voqyelikning tildagi ifodasi bo‘lish bilan birga mulohaza 
to‘g‘risidagi mulohazani ham ifodalaydi. 
Mantiqiy jihatdan inkor mavjud emaslik to‘g‘risidagi fikr, voqyelikda alohida ahamiyatga 
ega bo‘lgan nimaningdir yetishmayotgani, shuningdek, ifoda etilgan fikrga nisbatan inkor 
mulohaza, ya'ni mulohazani rost mulohaza sifatida qabul qilishga taqiq, farqlar o‘rtasidagi 
munosabat, yetishmovchilikka munosabat, nouyg‘unlikka munosabat, qarama-qarshilik, 
ziddiyatga munosabat, mahrumlik va taqchillikka munosabat, modallikka munosabatni aks 
ettiradi. Rad etish – bu ma'lum bir holat saqlamaydigan fikrni ifodalash uchun maxsus lingvistik 
vosita. Tilshunoslikda ma'no ta'rifi odatda talqin sifatida qabul qilinadi.
R.Jakobson yozganidek, “lingvistik belgining ma'nosi uning boshqa, birinchi navbatda 
ma'no to‘liqroq ifodalangan belgiga tarjimasidir” [1]. 
A.M.Peshkovskiy inkorni ma'no elementi deb ta'riflaydi, bu gap komponentalari 
o‘rtasidagi bog‘liqlik, olimning fikricha, haqiqatdan ham mavjud emasligini ko‘rsatadi [2].
Sh. Balli fikricha, gapdagi inkor nutq egasining tasdiqlovchi mos gapni soxta deb rad 
etganidan dalolat beradi [3]. Tildagi sub'ektiv baho va emotsional intensivlikning tizimli ifodasi, 
Sh.Balliga ko‘ra, so‘zlar, sintaktik qurilmalar, qo‘shimchlar sathida aks etuvchi emotsional 
bo‘yoqdorlikda o‘zini namoyon etadi. Masalan, Men o‘zini sevmaydigan kishilarga mutlaqo 
ishonmayman jumlasidagi inkor yetarli darajada intensivlikka ega, biroq bu intensivlik Men 
bunga ishonay? Meni ishonadi deb o‘ylayapsizmi? jumlalarida intensivlik ko‘lamida yaqqol 
ko‘zga tashlanuvchi hissiyotlilikka nisbatan bahsli.
Demak, tildagi inkor boshlang‘ich, izohlanmaydigan tushunchalar soniga tegishli. 

Download 5.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   363




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling