Hamkorlik masalalari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari
Download 5.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Konferensiya materiallari 2022 tahrir yangi xatosiz (2)
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Падучева Е. Русское отрицательное предложение. – М. Языки славянской культуры. 2013. 2. Jakobson R. On linguistic aspects of translation. //R.A.Brower. On translation. Cambridge, Mass., 1955. 3. Пешковский А. М. Русский синтаксис в научном освещении. 7-е изд. – М., 1956; 8- е изд. – М., 2001. 236 LINGVOKRIMINALISTIK TADQIQ TAMOYILLARI MASALALARI XUSUSIDA REGARDING THE ISSUES OF THE PRINCIPLES OF LINGUISTIC CRIMINALISTIC RESEARCH Jumanazar O‘rozov Annotation. In the course of the investigation, the general principles of linguocriminological research of conflicting texts were discussed. In this case, the optimal general criterion for checking the conflicting text is based on the principles of linguocriminology, its main rules. Compliance with these requirements is very important for quality expertise. Key words: linguocriminology, linguocriminology expertise, legal linguistics, general principles. Bugungi kunda olimlar tomonidan bir qancha lingvokriminalistik tadqiqotlar amalga oshirilgan bo‘lsa-da, uning ayrim jihatlari mufassal o‘ganilmagan. Jumladan, lingvokriminalistik tadqiqot o‘tkazishning yagona metodologiyasi; ekstremistik xarakterdagi matnlardagi bilvosita va yashirin murojaatlarni aniqlashning lingvistik mezonlari; konfliktli matnning “tajovuzkorligi” tushunchasining lingvistik belgilarni aniqlash muhim ahamiyat kasb yetadi. Yuridik lingvistika rivojining hozirgi bosqichida lingvokriminalistikaning universal metodologiyasini ishlab chiqish maqsadga muvofiq. Bu tahlilga berilayotgan materialning o‘ziga xos xususiyatlari bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, biryoqlamalik imkoniyatini istisno qiladi. Ushbu bosqichda konfliktli matnni tekshirishning yeng maqbul umumiy mezoni lingvokriminalistik tamoyillariga, uning asosiy qoidalariga asoslanadi. Ushbu talablarga rioya qilish sifatli ekspertiza uchun juda muhim hisoblanadi. Aynan lingvokriminalistik tadqiq jarayonida yagona uslubiy talablarning yo‘qligi amaliyotga shu soha mutaxassislarining ishini juda qiyinlashtirmoqda. Bu esa, sud amaliyotida sudlanuvchiga nisbatan noto‘g‘ri jazo belgilashga olib kelmoqda. Bu o‘rinda shuni a’lohida aytish mumkinki, lingvokriminalistik tadqiq jarayonining barcha bosqichlarida yagona tadqiqot tamoyillarga bo‘lgan talab kuchayib bormoqda. Bu esa, tadqiq jarayonida umumiy talablarning yo‘qligi davogarlarning e’tirozini keltirib chiqaradi, natijada ko‘plab muhokama va e’tirozlarga sabab bo‘lishi mumkin. Shu boisdan lingvistik ekspertizalar negizida lingvokriminalistik tadqiq o‘tkazishning umumiy tamoyillarini ishlab chiqish, samarali metodlarni belgilash va amalda qo‘llash muhim ahamiyat kasb etadi. Sud-tergov jarayonida konfliktli matnni tadqiq qilish tamoyillari bo‘yicha mutaxassislar tomonidan turlicha yondashuvlar mavjud. Xususan, M.V.Ablin talqinida sud-tergov jarayonida bahsli bo‘lgan matnni tahlil qilishda quyidagi tamoyillarga amal qilish kerak: 1) yekspertizaning ruxsat yetilgan ob’ekti tamoyili; 2) matnni kompleks tahlil qilish tamoyili; 3) yekspertiza natijasi uchun shaxsiy javobgarlik tamoyili; 4) yekspertizaning ilmiy asosliligi tamoyili; 5) kompetentsiya tamoyili; 6) xulosalarning noaniqlik tamoyili; 7) yekspert xulosasini taqdim yetishning qulaylik tamoyili.[Аблин, 2015: 42] Ushbu tamoyillar ekspertiza jarayonida konfliktli matnni tadqiq qilish metodologiyasini ishlab chiqish uchun fundamental ahamiyatga ega. Shu nuqtayi nazardan, konfliktli matnni tadqiq qilish jarayonida ushbu tamoyillar asosida tahlil eksperteza natijasi uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Keling, ushbu tamoyillarning har birini tavsiflashga harakat qilib ko‘ramiz. 1. Ekspertizaning ruxsat yetilgan obyekti tamoyili. Ekspert tadqiqotining obyekti deganda tegishli huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan mutaxassis ekspertlarga taqdim qilingan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti o‘qituvchisi, Jumanazarurazov1992@gmail.com 237 yozma yoki og‘zaki ko‘rinishdagi konfliktli matn (audio va video material) tushuniladi. Ushbu matnni lingvokriminalistik tadqiq qilish imkonini beradigan shaklda taqdim etish, xususan, agar matn audio va video formatda bo‘lsa, matnning transkripti bilan qo‘shib taqdim qilishi kerak. Shu bilan birga, og‘zaki matnga fonogrammaning o‘zi yuborilishi kerak. Agar internetda e’lon qilingan matn o‘rganilishi kerak bo‘lsa, ekspertga tuzatish vaqti ko‘rsatilgan 2. tegishli sahifa tasviri, shuningdek, tuzatish bayonnomasi taqdim etilishi lozim. Ko‘rib chiqilayotgan elektron resurslarda konfliktli matnga tegishli havolalar va sharhlar ham joylashtirilishi mumkin: bu holda ularning mazmuni ham tegishli tarzda qayd etilishi kerak.[Кукушкиной, 2011: 326] Ekspertga taqdim etilgan materiallar unga qo‘yilgan savollarga javob berish uchun yetarli bo‘lishi kerak. Masalan, agar ekspertga matndan parchalar taqdim etilsa, u matnni to‘liq o‘rganish uchun qo‘shimcha materiallar uchun so‘rov yuborishi shart.[ Подкатилина, 2013: 184] 3. Matnni kompleks tahlil qilish tamoyili. Matnni kompleks tahlil qilish tamoyilini keng va tor ma’noda ko‘rib chiqish mumkin. Keng ma’noda gap nafaqat ekspert tilshunoslar, balki boshqa soha vakillari: huquqshunoslar, dinshunoslar, siyosatshunoslar, tarixchilar va boshqalar ishtirokida keng qamrovli ekspertiza olib borish mumkin. Xususan, ekstremistik xarakterga ega bo‘lgan matn uchun aniq murakkab ekspertiza o‘tkazish kerak. Bu esa lingvokriminalist xulosalarida noaniqlik, xato hamda taxminlarning oldini oladi. Tor ma’noda matn faqat tilshunoslik nuqtai nazaridan ko‘rib chiqiladi. Ya’ni tadqiqotda faqat tilshunoslar ishtirok etadi. Ushbu tamoyil tahlil ob’ektining hajmini hisobga oladi - matn har doim mutaxassisga berilgan savolda ko‘rsatilgan alohida tarkibiy qismlari emas, balki to‘liq tahlil qilishi kerak. Hozirgi kunda ekstremizm bilan bog‘liq ko‘plab lingvokriminalistik tadqiqotlar o‘tkazilib kelinmoqda. Bunda tadqiq ob’ektlari hajmi jihatidan farq qilishi mumkin. Xususan, bitta ekstremistik mazmunidagi matn butun bir kitobga, videofilmga yoki matnlar korpusiga teng bo‘lishi mumkin. Buni quyidagi savollar misolida ko‘rib chiqishimiz mumkin: A) X ko‘rsatmasida shaxslarning millati, ma’lum bir ijtimoiy guruhga mansubligi, e’tirofi bo‘yicha keskin salbiy baho bormi? B) Tadqiqot uchun taqdim etilgan X nutqida shaxslarning millati, ma’lum bir ijtimoiy guruhga mansubligi yoki e’tirofiga ko‘ra keskin salbiy baho bildiruvchi fikrlar bormi? D) Ekspertiza uchun taqdim etilgan materiallarda shaxslarning millati, ma’lum bir ijtimoiy guruhga mansubligi yoki e’tirofiga ko‘ra keskin salbiy bahoni ifodalovchi fikrlar mavjudmi? Bunda A holatidagi mutaxassis murakkablik tamoyiliga muvofiq, nafaqat savolda berilganini, balki u mavjud bo‘lgan butun matnni tekshirib berishi mumkin. B holatidagi mutaxassis alohida matnlarni (kitoblar, videolar, ijtimoiy tarmoqlar va boshqalar) tahlil qilish va ba’zi hollarda taklif qilingan materiallarni murakkab o‘zaro bog‘liqlik sifatida o‘rganib chiqishi kerak bo‘ladi. Ushbu matnlar kitoblar, varaqalar, hujjatli videoroliklarni o‘z ichiga olgan murakkab makromatnni tashkil qilishi mumkin. Bu holda ekspert har bir ekspertiza obyektini ham alohida, ham matnlarning butun majmuasini bir butun sifatida tahlil qilishi kerak. Bir qarashda zararsiz tarixiy yoki diniy asarlar o‘sha bilimlarni, milliy-madaniy tezaurusni o‘z ichiga olishi mumkin. Bu esa ushbu majmuaning boshqa manbalarini to‘g‘ri talqin qilish imkonini beradi. Shundan kelib chiqib, konfliktli matnni kompleks tahlil qilishda quyidagilarga alohida e’tibor berish lozim: − agar matn ekstremizm bilan bog‘liq (ayniqsa mafkuraviy va diniy) bo‘lsa, bunday materiallarni tahlil qilishda murakkab tekshiruvlarni (tilshunoslik, huquqshunoslik, dinshunoslik va psixologik) o‘tkazish zarur; − konfliktli matnni alohida tahlil qilishga yo‘l qo‘yilmaydi. Hatto lingvistik tahlilni talab qiladigan lingvokriminalist savolida mavjud bo‘lsa ham; − og‘zaki nutqni tahlil qilishda nutqning verbal va noverbal (paralingvistik va ekstralingvistik) komponentlarini hisobga olish kerak. 4. Ekspertiza natijasi uchun shaxsiy javobgarlik tamoyili. Ushbu tamoyilda ekspert tadqiq o‘tkazish jarayonida ekspertiza natijalaridan manfaatdor bo‘lgan boshqa shaxs va tashkilotlarga 238 qaram bo‘lishi mumkin emas. Mutaxassis o‘zining maxsus bilimiga muvofiq o‘z tadqiqotining natijalariga asoslanib xulosa berishi kerak. Olimlarning ta’kidlashicha, ekspert o‘zi bergan xulosa uchun har doim shaxsiy javobgarlikni o‘z zimmasiga olishi kerak.[ Леонтьев, 2008: 135] 5. Ekspertizaning ilmiy asoslilik tamoyili. Ushbu tamoyilda ekspert metodologiyasining ilmiy asosliligi va ishonchliligi, ushbu holatda uni qo‘llashning qonuniyligi, xulosaning asosli va ishonchliligi, shuningdek, ekspert tomonidan olib borilgan tadqiqotning to‘liqligi nazarda tutiladi. [Бурков, 2010: 144] 6. Kompetensiya tamoyili. Bunda lingvokriminalistik tadqiq o‘tkazish jarayonida vakolat doirasidan chetga chiqishga yo‘l qo‘yilmaydi. M.V.Ablin kompetensiyalarni obyektiv va subyektiv turlarga ajratadi. Obyektiv kompetensiya − bu tilshunos mutaxassis ega bo‘lishi kerak bo‘lgan bilim, layoqat tushunilsa, subyektiv kompetensiya − ma’lum bir mutaxassisning ushbu bilimlarga egalik darajasi tushuniladi. Subyektiv kompetensiya mutaxassisning tegishli ta’lim va kasbiy tayyorgarligini nazarda tutadi. [Аблин, 2015: 43] Bizning fikrimizcha, ekspertning malakasini baholashda hal qiluvchi omil tilshunos diplomi emas, balki ekspert faoliyati tajribasi hisoblanadi. 7. Xulosalarning noaniqlik tamoyili. Ushbu tamoyilda quyidagilarga e’tibor berish talab etiladi: − xulosalarda tahminlar bo‘lmasligi kerak. Xususan, ekspert xulosasida shubha tug‘ilganda (agar matnni to‘liq tahlil qilish uchun faqat lingvistik bilimlar yetarli bo‘lmasa); − agar xulosalar bir nechta variantli bo‘lsa, mutaxassis tilshunos barcha faktik materiallarni taqdim etishi kerak; − bevosita xulosalarda maxsus lingvistik terminlardan qochish kerak; − agar matn ekstremizm bilan bog‘liq bo‘lsa, tadqiq jarayonida tilshunoslikka oid bo‘lmagan (diniy) terminlar mavjud bo‘lsa, ekspert ushbu ta’riflarni qanday tushunayotganini izohlab ketishi kerak. Masalan, “shahid” terminini keltiramiz: ekspert xulosa matnida aynan shu termin orqali nimani tushunayotganini aks ettirishi va xulosalarda o‘z nuqtai nazarini aks ettirishi kerak. 8. Ekspert xulosasini taqdim etishning qulaylik tamoyili. Mutaxassis tomonidan taqdim qilingan savollar ochiq va tushunarli shaklda bayon qilinishi kerak va ekspert tomonidan olingan xulosalar har qanday shaxsga tushunarli bo‘lishi kerak. Yuqorida M.V.Ablin taklif qilgan tamoyillar matnni tadqiq qilishda umumiy xarakter kasb etib, boshqa eksperteza turlariga ham tushib ketaveradi. I.A.Sternin esa tilshunoslik va pragmatik nuqtayi nazaridan kelib chiqib, tahlil qilish fikrini ilgari suradi. Jumladan: 1) konfliktli matnda so‘z yoki iborani qo‘llash kontekstini hisobga olish tamoyili; 2) konfliktli matnda so‘z yoki iborani qo‘llash jarayinida uning pragmatik (holati) tomonini hisobga olish tamoyili; 3) konfliktli matnda so‘z va iboralarning ko‘p ma’noliligini hisobga olish tamoyili. [ Стернин, 2016: 54] Ushbu tamoyillar asosida tadqiq qilish konfliktli matndagi so‘z va iboralarning semantik, pragmatik tomonlari muhim o‘rin tutadi. Shu nuqtayi nazardan, bu tamoyilni quyidagicha tasniflashga harakat qildik: 1. Konfliktli matnda so‘z yoki iborani qo‘llash kontekstini hisobga olish tamoyili. Ko‘p ma’nolilik va kontekstni hisobga olish, ayniqsa, haqorat qilish, sha’ni, qadr-qimmatini kamsitish va ishbilarmonlik obro‘siga putur yetkazish to‘g‘risidagi da’volarni ko‘rib chiqishda muhim ahamiyat kasb yetadi. Potensial haqoratli so‘zlar, kontekstda qo‘llanilganda, da’vogarga ishora qilmasligi yoki bu shaxsga xos bo‘lmagan ma’noda ishlatilishi mumkin, ammo so‘zlovchining sub’ektiv his-tuyg‘ularini ifodalab keladi. Hatto behayo so‘zlar ham haqorat sifatida yemas, balki so‘zlovchining shaxsiy hissiyotini ifodalash sifatida ishlatilishi mumkin. 2. Konfliktli matnda so‘z yoki iborani qo‘llash jarayinida uning pragmatik (holati) tomonini hisobga olish tamoyili. Munozarali so‘z va bayonotdan foydalanishning kommunikativ holatini hisobga olish kerak. Vaziyat so‘zning qaysi ma’noda ishlatilishini aniqlab berishi mumkin. 239 Masalan: Operatsiya ajoyib o‘tdi! Ushbu vaziyatda bu ibora kimning tilidan aytilganiga qarab – oq xalatli odam, bankir, formadagi politsiyachi, formadagi harbiy – operatsiya so‘zining turli ma’nolari ko‘rib chiqilishi mumkin: 1. Jarrohlik aralashuvi. 2. Har qanday moliyaviy hujjatlarni rasmiylashtirish bo‘yicha harakatlar. 3. Jinoyatchini qidirish va ushlash bo‘yicha kelishilgan harakatlar. 4. Bitta vazifani bajarish maqsadida birlashtirilgan jangovar harakatlar yig‘indisi. Yana bir misol. Da’vogarning “Sudya – ahmoq” degan ko‘rsatmasi ekspertiza uchun taqdim etildi, sudya buni unga nisbatan haqorat deb hisobladi. Download 5.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling