Hamkorlik masalalari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari
Download 5.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Konferensiya materiallari 2022 tahrir yangi xatosiz (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- ICHKI NUTQ – OVOZSIZ ICHKI MULOHAZA INNER SPEECH IS A SILENT INNER REFLECTION Marjona Raxmonova Annotation
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Засорина Л.Н. Введение в структурную лингвистику. – М., 1974. – С.136. 2. Алексеева Л.М., Мишланова С.Л. Теория деривации//Вестник Пермского университета, 2015, вып. 3 (31). – С.130. 3. Блумфилд Л. Язык. –М.,2002. 4. Татьяна Бушуй, Шаҳриёр Сафаров. Тил қурилиши: таҳлил методлари ва методологияси. 191 бет. «Фан» нашриёти. Тошкент. 2007 й. 5. Turniyozov. N. Xorijiy mamlakatlar lingvistik nazariyalari. Samarqand – 2007. 59-b. 6. Хайруллаев. Х. Умумий тилшунослик. Услубий тавсиялар. – Самарқанд: СамДЧТИ нашри, 2007, 48 бет. ICHKI NUTQ – OVOZSIZ ICHKI MULOHAZA INNER SPEECH IS A SILENT INNER REFLECTION Marjona Raxmonova Annotation. This article talks about the specific features of internal speech. It should be noted that inner speech is considered a unique form of silent inner communication, and this aspect of speech is studied psycholinguistically in the presented article. Various scientists have expressed different opinions about the features of internal speech, and some of them are given as examples in the article. Key words: inner speech, psychological aspect, characteristic, reflection, communication, silent communication. Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o`zbek tili va adabiyoti universiteti Lingvistika(o`zbek tili) mutaxassisligi II kurs magistranti 249 Ichki nutq – tashqi nutqning ichki tomoni emas - bu o‘ziga xos funksiya bo‘lib, so‘zlar bilan bog‘liqdir, ammo tashqi so‘zlar so‘zda ifodalangan bo‘lsa-da, ichki nutqda so‘zlar o‘lib qoladi. Ichki nutq katta ma’noda, sof ma’noda o‘ylashdir, u so‘z va fikr o‘rtasida chayqaladigan dinamik, o‘zgaruvchan, beqaror narsa, ikki yoki undan ortiq barqaror, ko‘p yoki kamroq og‘zaki fikrning aniq yoki aniq ifodalangan qismlari.[Vygotskiy, 1934:97] Logopediyada gapirishida nuqsoni bor bolalar bilan shug‘ullanilayotganda, dastlab ularning ichki nutqlari shakllantirilar ekan. Masalan, bolaning oldiga har xil rasmlar qo‘yilib, shu rasmlar asosida bitta gap tuziladi. Keyin rasmlar yana tartibsiz holga keltirilib, boladan rasmlarni tartibga solishi so‘raladi. Agar bola bu rasmlarni tartibga sola olsa, uning ichki nutqi shakllangan bo‘lar ekan. Tartibga sola olmasa bunday bolarning dastlab ichki nutqi shakllantiriladi. Bundan ko‘rinib turibdiki, hatto yosh bolalarda ham ichki nutq mavjud. Bu esa bolalarda 3-4 yoshlaridan boshlab shakllana boshlaydi. Xuddi shunday kattalar uchun ham ichki nutq juda ham muhim ahamiyat kasb etadi. Ichki nutqni psixologik jihatdan ham tahlil qilish mumkin. Still Sechinov ichki nutq to‘liq “ohang’’ emasligini ta’kidlaydi. Besh yoshli bolalar, ular o‘ylashganda, aytadilar. Ular suhbatdosh bo‘lib ko‘rinadi, aniqki, suhbatni fikrlash bilan birga olib borish kerak. Biror kishi diqqatini ba’zi fikrlarga qaratmoqchi bo‘lsa ,pichirlab gapiradi. Bundan tashqari, Sechinov o‘zini o‘zi misol qilib keltiradi. U fikrlarni emas, balki tilning, mushaklarning harakatini, lablarini o‘ylaydi. Boshqacha qilib aytganda, shaxs o‘zi bilan suhbatda gapiradi, bu alohida fikrni talab qiladi. Va, albatta, ichki nutq og‘zaki nutq kabi rivojlangan bo‘lsa-da, til qoidalariga bo‘ysunadi. Yuqoridagi fikrlar shuni tasdiqlaydiki, inson o‘z fikrlarini atrofdagilar bilan bo‘lishishidan oldin, dastlab o‘zi bilan maslahatlashadi: qaysi fikrlari qanchalik to‘g‘ri va qaysilari suhbatdoshini qiziqtira oladi, qay tarzda so‘zlasa, suhbatdoshi zerikmaydi. Albatta bu holat juda ham qisqa fursatlarda amalga oshadi. Ichki nutq uchun bir necha soniyalargina yetarli xolos. Ichki nutq – 1) kishining oʻz-oʻziga qaratilgan (koʻpgina xatti-harakatini rejalashtirish maqsadidagi) nutqi, ovozsiz ichki mulohaza. Bu ichki kodga muvofiq, oshkora tovushsiz amalga oshiriladi; 2)tovushsiz artikulyar harakat (“ichda gapirish”). Ichki nutqni oʻrganish, tajriba asosida qayd etish til va tafakkur, til va nutq, fikrlash shakli hamda nutqni idroklashni tadqiq etishga imkon beradi. Ichki nutq tilshunoslar, psixologlar va fiziologlar tomonidan tadqiq etiladi. Ichki so‘zlashuv - bu o‘z-o‘zini boshqarish uchun ichki dialog shaklidir: sukut bilan gapirish. Ichki nutq so‘zlari rus psixologi Lev Vigotskiy tomonidan fikrlash jarayonini tasvirlash uchun ishlatilgan. Vigotskiyning konsepsiyasida “nutq ijtimoiy muhit sifatida boshlangan va ichki so‘zlashuv, ya’ni so‘zlashtirilgan fikr sifatida ichki holga keltirildi. Dialog tili tilni, aqlni ishga tushiradi, lekin ishga tushirilgach, biz yangi kuch, “ichki nutq”ni ishlab chiqamiz va bu bizning keyingi rivojlanishimiz, fikrlashimiz uchun ajralmas narsa ... “Biz - bizning tilimiz” ko‘pincha aytilgan bo‘lsa-da, bizning haqiqiy tilimiz, bizning haqiqiy kimligimiz, ichki nutqda yotadi, bu uzluksiz oqim va shaxsiy fikrni tashkil etadigan ma'no avlodida, u ichki tushuncha orqali bolaning o‘z tushunchalari va ma'nolarini rivojlantiradi, O‘zining kimligini anglatadigan ichki nutq, ichki so‘z orqali, oxir-oqibat o‘z dunyosini quradi”. [ Oliver Sacks, 1989:38] Oliver Sacks yuqoridagi fikrlari orqali har bir inson uchun o‘zining dunyosini qurishda ichki nutqning o‘rni naqadar muhim ekanligini yana bir bor isbotlab bergan. Arosat yalangligida Yigit yolg‘iz o‘zi. Yigit: Umrim o‘tdi sarsonlikda, sargardonlikda, Yaxshi-yomon zamonlarni ko‘rib keldim men. Ba’zan ma’no topa oldim chin insonlikda, Ba’zan esa uni yerga urib keldim men. Mana, o‘sha tarozibon, u-ku farishta, 250 Insonlardan ko‘ra yuksak turajak-ku u. U zotga ham qiyin ekan bundaqa ishda, Ko‘zlarida allanechuk norizo tuyg‘u. Qiyin axir ularga ham, qalblari bordir, Qiyin axir ularga ham-bordir ko‘zlari. Faqatgina farmon berar Ollohi Qodir, Lekin qalbni anglamaydi qizlar singari. Endi qayga borsam ekan bu dasht, sahroda, Qayga borib padarimni kimdan so‘rasam? Bilolmasam, kim do‘zaxda, kim arsh-a’loda… (A.Oripov) Yuqorida keltirilgan she’riy parchani ichki monologik nutqqa misol qilib ko‘rsata olamiz. Unda yigitning o‘zi bilan suhbati berilgan. Bu suhbatni esa ovoz chiqarmasdan, faqat o‘z ichki dunyosida baralla aytmoqda. “Agar shu uyni deb qishlog‘imdan badarg‘a bo‘lib ketadigan bo‘lsam bahridan o‘tib qo‘ya qolay”, deb ketmonni olib uyimning tomini bir boshdan buza boshladim[ M.Xudoyqulov, 2019:83.] “Bizning mahalla bezagining hatto eng yaxshilaridan eshakka to‘qum yasalsa, uvol ketmas ekan”, - o‘yladi ichida Arslonqul ham ag‘raya- ag‘raya nari ketdi.[ Oybek, 2016:322] Bu asl buyumlarni yig‘ib, Hirotning yetim – yesirlariga ulashilsa, ular loaqal o‘n yil bo‘z kiymas edilar, - kulimsirab o‘yladi ichida Arslonqul. – Podshohlarning boshiga davlat qushi qo‘nadi, degan gap bejiz emas, shekilli. U qo‘ndimi, hamma narsa muhayyo. Hamma orzu – armon sippa – silliq yuzaga chiqa berur… ”[ Oybek,2016:323] Ta’kidlash joizki, ichki nutqni xayoldan farqlay olishimiz kerak. Xayol – bu shunchaki amalga oshishi aniq bo‘lmagan tartibsiz fikrlar jamlanmasi, ammo ichki nutq amalga oshishi aniq, ya’ni aytilajak fikrimizning, amalga oshiradigan ishlarimizning asosini tashkil qiladi. Ichki nutq orqali biz o‘z shaxsiy rejalarimizni tuza olamiz. Download 5.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling