Hamkorlik masalalari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari
Download 5.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Konferensiya materiallari 2022 tahrir yangi xatosiz (2)
Shartli qisqartmalar
1. АНАТИЛ – Алишер Навоий асарлари тилининг изоҳли луғати. I-IV жилд. –Тошкент, 1983. –1985. 2. БАЛ – Назарова Х. Заҳириддин Муҳаммад Бобур асарларининг изоҳли луғати. – Тошкент, 1972. –188 б. 3. ПРС – Рубинчик Ю.А. Персидско-русский словарь–М: изд.русс.яз.1970 – 1538с. 4. ТРС – Таджикско-русский словарь/ Под редак. М.В. Рахими и Л.В. Успенской. –М: Гос. изд. ин. и нац. словарей, 1954.-790с. 5. ЎТИЛ – Ўзбек тилининг изоҳли луғати. – Тошкент: Ўзбекистон Миллий энциклопедияси, 2006–2008 Foydalanilgan adabiyotlar 1. Алишер Навоий. Хамса. Фарҳод ва Ширин. Еттинчи том. – Тошкент, 1964. 2. Алишер Навоий асарлари тилининг изоҳли луғати. I-IV жилд. –Тошкент, 1983. – 1985. 3. Бобурнома / Нашрга тайёрловчилар: П.Шамсиев, С.Мирзаев. I қисм. – Тошкент: ЎзФА, 1948. – 252. II қисм. 1949. 4. Назарова Х. Заҳириддин Муҳаммад Бобур асарларининг изоҳли луғати. –Тошкент, 1972. –188 б. 5. Сапаев Қ. Ҳозирги ўзбек адабий тили. – Тошкент , 2009. – Б. 58. 6. Таджикско-русский словарь/ Под редак. М.В. Рахими и Л.В. Успенской. –М: Гос. изд. ин. и нац. словарей, 1954.-790с. 7. Ўзбек тилининг изоҳли луғати. – Тошкент: Ўзбекистон Миллий энциклопедияси, 2006–2008. TRANSFORMATSIYA HAQIDA AYRIM MULOHAZALAR SOME CONSIDERATIONS ABOUT TRANSFORMATION Oysanam Eshboyeva * Annotation. This article provides information about the concept of transformation and its specific features. In addition, the method of distributive analysis and the methods of direct participants, which are the direct impetus for the transformation, were briefly discussed Key words: Transformation, Leonard Bloomfield, structuralism, Z. Harris, transform, N. Chomsky, transformation method. Transformatsiya tushunchasi dastavval tilshunoslik tarixida amerikalik olimlar tomonidan o‘tgan asrning 50-yillarida o‘rganila boshlangan bo‘lib, ushbu tushunchaning keng iste'molga kirishiga deskriptiv tilshunoslikning vakili va asoschisi Leonard Blumfildning «Til» nomli asarida keltirilgan strukturalizmning shakllanishiga asos bo‘lgan g‘oyalar sabab bo‘lgan deyish mumkin. L.Blumfil garchi transformatsion metod haqida alohida tadqiqotlar olib bormagan bo‘lsa ham, yuqoridagi asarida transformatsiya termini haqida fikr yuritganligini guvohi bo‘lamiz. * SamDChTI “O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi o‘qituvchisi 247 Transformatsiya tushunchasi strukturalistlar tomonidan tom ma'noda sintaktik strukturalarga nisbatan qo‘llanilgan edi va bugungi kunda ham mazkur tushuncha, asosan, gapning sintaktik strukturasining tahlilida samarali qo‘llanilmoqda. Fikrimiz dalili sifatida quyidagi nufuzli manba «Lingvistik ensiklopedik lug‘at»da berilgan transformatsion metod ta'rifini keltiraylik: «Transformatsion metod – bu nisbatan kichik strukturalardan katta strukturalarni hosil qilishga asoslangan gapning sintaktik shaklini vujudga keltiruvchi metod sanaladi». Bu jarayonda muayyan sintaktik qurilma zamirida hosila vujudga keladi. Ammo transformatsiyaning shartiga ko‘ra, hosila strukturaning ma'no ifodasi oldingi qurilmaning mazmuni bilan mushtarak bo‘lmog‘i kerak. Transformatsion metod distributiv (qurshov) metodning zaif tomonlarini to‘ldirish maqsadida joriy qilingan bo‘lib, u bevosita ishtirokchilar metodini ham o‘z ichiga oladi. Transformatsion metodning lingvistik mohiyati dastlab amerikalik olim Z.Xerris tomonidan mukammal yoritib berildi. Olim transformatsiya jarayonida hosila gap asoslanayotgan qurilmani yadroviy struktura deb ataydi. Z.Xerris hosila gap, ya'ni transforma bilan yadroviy gapning leksik birliklari bir xil bo‘lishi lozimligini alohida ta'kidlaydi. Masalan: Talabalar kitobni Download 5.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling