Hamkorlik masalalari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari


Download 5.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet190/363
Sana02.12.2023
Hajmi5.91 Mb.
#1780763
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   363
Bog'liq
Konferensiya materiallari 2022 tahrir yangi xatosiz (2)

el ˃ ot: El – qo‘ngan yerda, Ot – to‘ygan yerda; El qo‘ngan yerni bilar, Ot to‘ygan yerda 
tinar (O‘XM,12) maqollarida yurtga sadoqat ko‘rsatgan er timsoli sadoqatsizlik, bevafolikni 
namoyon etgan ot timsoliga qarama-qarshi qo‘yilgan va undan afzal, deb baholangan. 
Begona tuproq – devona tuproq (O‘XM,9) maqolida yurtiga sodiqlik yashirin tarzda
presuppozitsiya orqali ifoda etilgan. O‘z yurtning tuprog‘i afzalligi begona tuproqni inkor etish 
orqali ifodalangan; 
Bulbulga bog‘ yaxshi, Kaklikka tog‘ (O‘XM,9) maqolida bog‘ va tog‘ leksemalari “vatan”, 
“o‘z yurt”, “ona tuproq” tushunchalarini ifoda etmoqda. 
O‘z uyim – o‘lan to‘shagim; O‘lsang o‘l, vataningda bo‘l (O‘XM, 14) 
maqollarida “yurtga sadoqat” konsepti aksqadriyatni, zid holatni keltirmasdan ifoda 
etilmoqda. 
Yurtga xiyonat aksqadriyati armon belgisi sifatida baholangan: Yurtdan ketgan, 
yurtmonda, O‘tar hasrat armonda (O‘XM, 14). Yurtmonda – “yurtini tark etgan” ma’nosidagi 
so‘z. 
“Yurtga sadoqat” konsepti uzoq umr ko‘rish omili sifatida baholangan: Yurtni dedim – 
yuzga kirdim (O‘XM, 14). 
“Sadoqat” konseptini aksiolingvistik aspektda tahlil qilar ekanmiz, xalqimizning konsept,
mavhum voqelik, tushunchalarni real narsa-buyumlar, voqelik va jarayonlar orqali ifodalaganini 
kuzatamiz. Yuqorida qayd etilgan maqollar matnida gado shoh: sulton ˃cho‘pon, sulton 
˃ulton, it ˃ bek, tosh ˃bosh, cho‘l ˃gul, er˃ it, ot: tuproq, bulbul, kaklik, bog‘, tog‘, qozi, 
tozi, o‘rdak, din, yor, quvvat, baliq, suv, chinor, archa, qazi, qarta kabi timsollar “sadoqat” 
konseptini reallashtirish uchun vosita bo‘lib xizmat qilgan. 
Turkiy xalqlar, xususan, o‘zbek xalqidagi tushunchalarni reallashtirish hodisasi harbiy 
soha tarixida ham kuzatiladi. Amir Temur jangda qo‘llanadigan qurol yarog‘, qo‘shin, qo‘shin 
qismlari, harbiy jihozlar, ashyolar to‘g‘risida aniq tasavvur va bilimga ega bo‘lishni talab qilgan. 
Shuning barobarida tafakkurda majud bo‘lgan harbiy taktikani, jang faoliyatini reallashtirgan.
Hujum uyushtirishni bo‘ronga, raqibga ruhiy zarba berish, raqibni qo‘rqitish, raqibga bosim 
o‘tkazishni momoqaldiroqqa, suvoriy va piyoda qo‘shinlarning yopirilgan holdagi hamlasini 
selga o‘xshatgan. Konseptlarni predmetlashtirish, predmetlarning mazmun va mohiyatidan kelib 
chiqqan holda mudofaani amalga oshirish yoki hujum taktikasini belgilash, tezkor jangovar 
vazifalarni bajarish tartibi muayyan bilim va tajriba asosida amalga oshirilgan. 
“Sadoqat” konsepti, uning ko‘rinishlarini tadqiq qilish davomida xalqning muayyan 
tajribasi, bahosi asosidagi qadriyatlar tizimi turli usullar, vositalar yordamida ifodalanganini 
ko‘rish mumkin. Bu tahlillar xalqimizning voqelikka, hodisalarga tizimli yondashuvidan, 
munosabat, baho asosida qadriyatlarni shakllantirish mahoratidan dalolat beradi. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev bilimning 
ahamiyatini ta’kidlab, unga “o‘tda yonmaydi– suvda cho‘kmaydi” deya ta’rif bergan edilar. 
Harbiy yo‘nalishdagi yoshlarning har tomonlama bilimli bo‘lishi lozimligini ta’kidlab, “Sizlar –
Yangi O‘zbekisitonni barpo etishda qanotlarimizsiz” deb aytgan edilar. “Eng katta boylik – bu 
aql-zakovat va ilm, eng katta meros – bu yaxshi tarbiya, eng katta qashshoqlik – bu 
bilimsizlikdir!” deb qayta-qayta uqtirib o‘tdilar. 
Milliy qadriyatlar, milliy-madaniy munosabatlar borasida bilim hosil qilish, qadriyatlarni 
ulug‘lash, tilning to‘plash funksiyasi asosida ajdodlar tafakkur merosini o‘zlashtirish zamonaviy 
o‘zbek tili ta’limining bosh masalasidir. Mumtoz manbalarda, xalq maqollarida, turmush 
tajribasida, lisoniy ongida mujassamlangan vatanga, elga sadoqat va boshqa qadriyatlarni bilish, 
anglash ma’naviy kamolotda muhim ahamiyat kasb etadi. 

Download 5.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   363




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling