Hamkorlik masalalari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari


Download 5.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet188/363
Sana02.12.2023
Hajmi5.91 Mb.
#1780763
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   363
Bog'liq
Konferensiya materiallari 2022 tahrir yangi xatosiz (2)

Sadoqat arabcha do‘stlik, birdamlik; samimiylik ma’nolaridagi so‘z bo‘lib, Chin qalbdan 
berilganlik; sodiqlik, vafodorlikni aks ettiradi (O‘TIL, IV, 419). O‘zbek tilida “sadoqat” konsepti 
matnlarda ikki usulda ifodalanadi: 
1.Bevosita – sadoqat va bu so‘zga o‘zakdosh bo‘lgan sadoqatli, sodiq, sodiqlik, sidqidil 
birliklari orqali (eksplitsit usulda). 

Davlat xavfsizlik xizmati “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi ona tili va adabiyot 
o‘qituvchisi 


259 
2.Bilvosita – sadoqat va unga aloqador birliklar ishtirokisiz, presuppozitsiya orqali
(implitsit usulda) ifodalanadi. 
“Sadoqat” konsepti tarixiy manbalarda, asosan, “xalqqa va yurtga sadoqat” mazmunini 
aks ettirgan. Abul Fazl binni Muborak A’lamiyning «Oini Akbariy», Mirzo Salim Nuriddin 
Muhammad Jahongirning «Salimshoh yilnomasi» kabi qo‘lyozmalarda qo‘shin tuzish, askarlarni 
mudofaa uchun tayyorlash, qurol-aslahalardan foydalanishga o‘rgatish, sarkardalik va harbiy 
boshqaruvni amalga oshirish, qal’a va shaharlar atrofini qo‘riqlash tartibi, jangovar saf tuzish 
kabi masalalarga doir tarixiy-ilmiy ma’lumotlar o‘z ifodasini topgan. Shu bilan bir qatorda 
askarlarni ruhlantiruvchi, ularni yurtga va xalqqa sodiq bo‘lishga undovchi davatlar ham aks 
etgan. 
Dunyo harbiy san’ati taraqqiyotida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan Jaloliddin Manguberdi, Temur 
Malik, Amir Temur, Shohrux Mirzo va Zahiriddin Muhammad Bobur kabi buyuk 
sarkardalarning jasorati, harbiy taktikasi, yurtga sadoqat tuyg‘usining mustahkam va ildizlari 
chuqur tarixiy asosga ega ekanligini ko‘rsatadi. 
“Sadoqat” konsepti o‘zbek maqollarida ham o‘z ifodasini topgan. Masalan, maqollarda  
“yurtga sadoqat” konsepti quyidagicha ifodalangan: 
gado ↔ shoh: =˃ gado ˃ shoh: O‘zga yurtda shoh bo‘lguncha o‘z yurtingda gado bo‘l 
maqolida zaminga sadoqat g‘oyasi ilgari surilgan. Gado leksemasi “ojizlik”, “muhtojlik”, 
“imkoniyatsizlik” semalari asosida shoh leksemasiga (“hukmronlik”, “keng imkoniyatga egalik” 
semalari asosida) qarama-qarshi qo‘yilgan. Gadolik “o‘z yurt” tushunchasi negizida qadriyatga 
aylangan, shohlik esa “o‘zga yurt” tushunchasi negizida aksqadriyat sifatida baholangan. Gado 
– shoh ziddiyati gadoni shohdan ustun qo‘yish bahosiga asos bo‘lgan; 

Download 5.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   363




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling