Hamkorlik masalalari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari


Download 5.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet187/363
Sana02.12.2023
Hajmi5.91 Mb.
#1780763
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   363
Bog'liq
Konferensiya materiallari 2022 tahrir yangi xatosiz (2)

Foydalanilgan adabiyotlar 
1. Elisabeth P. Die Vernetzung von Wörtern im mentalen Lexikon: Examination Thesis,
2013. 
2. Глухов В.П. Основы психолингвистики: учеб. пособие для студентов педвузов.- М.: 
ACT: Астрель, 2005,351c. 
3. Müller (2013): Psycholinguistik – Neurolinguistik. S. 43. 
4. Леонтьев А.А. Язык, речь, речевая деятельность. — М., 1969 
5. Выготский Л.С. Мысль и слово // Выготский Л.С. Мышление и речь. — М., 1996. 
6. Петренко В.Ф. Основы психосемантики. — Смоленск, 1997. 
 
 
 
 
 
 
 
 


258 
“YURTGA SADOQAT” KONSEPTI AKS ETGAN MAQOLLARNING 
AKSIOLINGVISTIK TAHLILI 
AXIOLINGUISTIC ANALYSIS OF PROVERBS REFLECTING THE CONCEPT OF 
“LOYALTY TO THE COUNTRY” 
Uzoqova Hilola 
 
 
Annotation. The direction of anthropocentric linguistics formed on the basis of 
philosophy is axiolinguistics. The content of axiology as a direction of the anthropocentric 
paradigm laid the foundation for the formation of the field of axiolinguistics. Axiolinguistics is a 
field between axiology and linguistics, which analyzes the axiological view of the world, the 
signs of value, evaluation, and attitude reflected in language. 
 
Key words: anthropocentric linguistics, axiology, concept 
 
Antroposentrik tilshunoslikning falasafa negizida shakllangan yo‘nalishi aksiolingvistika 
hisoblanadi. Aksiologiyaning antropotsentrik paradigma yo‘nalishi sifatidagi mazmuni
aksiolingvistika sohasining shakllanishiga zamin yaratdi. Aksiolingvistika aksioloogiya va 
lingvistika oralig‘idagi soha bo‘lib, olamning aksiologik manzarasi, qadriyat, baholash, 
munosabatning tilda aks etgan belgilarini tahlil qiladi. 
Falsafa fani bir qator yo‘nalishlarning shakllanishiga asos bo‘lgan. Aksiologiya yo‘nalishi 
ham falsafa negizida rivojlandi. Aksiologiya grekcha axios– “qadr-qiymat”, logos – “fan, 
ta’limot” so‘zlaridan olingan bo‘lib, qadriyatlar haqidagi yo‘nalishni bildiradi. Aksiologiya xalq 
urf-odat, an’analari, munosabat bildirish, qadriyat, baholash, aksiologik manzara to‘g‘risidagi 
bilimlar majmuidir. 
Qadriyatlar dastavval falsafa va mantiq fanlari masalasi sifatida o‘rganilgan. Falsafa va 
mantiq ilmiga doir manbalarda qadriyatlarning turlari, ko‘rinishlari farqlangan. Tabiiy 
qadriyatlar, insonning ijtimoiy faoliyati orqali yuzaga kelgan qadriyatlar, siyosiy-axloqiy, 
ma’naviy-axloqiy, adolat, hamkorlik asosidagi boshqaruvga oid qadriyatlar ajratilgan. 
Aksiologiya qadriyatlar haqidagi soha bo‘lsa, aksiolingvistika tilni qadriyatlar haqida 
ma’lumot beruvchi eng muhim manba sifatida baholovchi yo‘nalishdir. Aksiolingvistik tahlilda 
tilga madaniy belgilarni, ijtimoiy-madaniy munosabatlarni, til sohibining obyektiv borliqqa 
bergan bahosi va asrlar davomida shakllangan qadriyatlarni to‘plovchi hodisa sifatida 
yondashiladi. Shu jihatdan aksiolingvistikani lingvokulturologiya va kognitiv tilshunoslik bilan 
bog‘liq soha sifatida baholash maqsadga muvofiq. 
Til ta’limining qadriyatlar mazmuni xorijlik til o‘zlashtiruvchilar uchun milliy-madaniy
munosabatlarni aks ettiruvchi ma’lumot sifatida qiymatga ega bo‘lsa, ona tili sohiblari uchun til 
qatlarida muhrlangan milliy-madaniy belgilarni o‘rganish va tilning to‘plash funksiyasini amalda 
yoritishdan iborat bo‘lshi kerak. Qadriyatlar tilning tarkibiy qismi sifatida qaralar ekan, o‘z 
navbatida, til ta’limi jarayonida qadriyatlarning singdirilishiga ham e’tibor qaratish zarur bo‘ladi. 
Axloqiy fazilatlarga ega bo‘lish, qadriyatlarni ulug‘lash har bir sohadagi ma’naviy 
ehtiyojlardan biridir. Avlodlar tomonidan o‘zlashtirilishi lozim bo‘lgan bir qator fazilatlar 
mavjud bo‘lib, ulardan biri sadoqat tushunchasidir. 
O‘zbek xalqiga xos har bir qadriyat o‘z tarixiy taraqqiyoti, yo‘nalishi va ifoda usuliga ega. 
Bu haqida aniqroq ma’lumotga ega bo‘lish uchun sadoqat konseptining aksiolingvistik tahlili 
borasida to‘xtalamiz. 

Download 5.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   363




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling