Hamkorlik masalalari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari
Download 5.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Konferensiya materiallari 2022 tahrir yangi xatosiz (2)
Anor donasiday (kabi, singari) – sochilmoq, har tomonga tartibsiz tarqalmoq.
[Mahmudov, Xudoyberganova, 2013: 27 ]. Anor donasi badiiy adabiyotda tartibsizlik, chalkash vaziyatlarniifodalash maqsadida qo‘llaniladi. Kundalik hayotimizda anor donalarining sochilib ketganligini ko‘p bor kuzatganmiz va bu vaziyat bizga biroz noqulaylik tug‘dirgan, tartibsizlik kelib chiqishiga sabab bo‘lgan. Ijodkor tasvirni aynan sochilgan anor donalari orqali ifodalashi esa, bizga vaziyat haqida aniqroq tasavvur qilish imkonini beradi. Quyidagi misollarga e’tibor qaratsak: “Ammo, u noyob 318 kashfiyoti lazzatidan zavqlanib, anor donasiday sochilgan xayollarini hadeganda jamlay olmadi” (A. Abdullaev. Dard). “Pastlikda, tog‘ yonbag‘irlarida yastangan bog‘-rog‘lar, shudgorlangan bo‘rsildoq yer, adirlikda anor donasidek sochilgan qo‘y-echkilar kichrayib-kichrayib ko‘rinadi” (I. Zoyir. Qismat o‘chi). “U minora tepasiga yetay deganida g‘ishtlar anor donalariday to‘kildi” (T. Malik. Shaytanat). Yuqorida ta’kidlaganimizdek anor, uning donalari oila va farzand ma’nosini ham ifodalaydi. Quyidagi misolda bir oila va uning farzandlari taqdiri anor va uning sochilgan donalariga qiyoslangan bo‘lsa-da, bu yerda anor va uning donalari tartibsizlikdan ko‘ra, barpo etilgan yangi oilalar, dunyoga kelgan mitti zurriyotlar, kelajakka umid hissini ifodalab kelgan: “Ko‘ngli bo‘sh ota-yu shafqatli onadan tarqalgan farzandlarning bari uzoqda, turli joylarga anor donalari kabi sochilib ketishgan, u donalardan boshqa anor butalari o‘sib chiqib, meva ham solib ulgurishgan” (I. Sulton. Ozod). Anordan tasvir o‘xshatishi sifatida foydalanish nafaqat nasrda, balki nazmda ham keng tarqalgan. Shoirlar goh qalbini unga qiyoslashsa, goh tugilgan mushtga qiyoslashadi. Shoir Erkin Vohidov shoir qalbini tasvirlar ekan, uni anorga, she’rlarini esa anor sharbatiga qiyoslaydi: Shoir qalbi go‘yo anor, She’ri uning sharbati. Bo‘lmas ekan she’r ahlining, O‘z qalbiga shafqati. Tinmay ezar, ezar uni, Ammo shoir biladi. Piyolasi to‘lgan kun, Paymonasi to‘ladi. (E.Vohidov, Saylanma). Anor fitonimi topishmoq, ertak va xalq qo‘shiqlarida ham uchraydi. O‘zbek xalq topishmoqlarida jiyda tasvirida anorga qiyoslanishni ko‘rishimiz mumkin: Tashi qizil anorday Ichi – oq unday, O‘tirishi gulday. (Jiyda) Badiiy asarlarda ijodkorlar qahramonlar tashqi ko‘rinishini, ruhiy holatini, tabiat manzaralarini, his -tuyg‘ularini anorday yuz, anorday tosh, anor donalariday sochilgan qon, anorday qizil gilam, anorday qip-qizil yanoq, anordayin ezilmoq kabi o‘xshatishlar orqali tasvirlashgan Xulosa o‘rnida shuni aytishimiz mumkinki, fitonim komponentli o‘xshatishlar yozma va og‘zaki nutqimizda keng tarqalgan. Ulardan foydalanish inson holati, his-tuyg‘ularini, kechinmalarini ifodalashga yordam beradi. Anor ramzi nafaqat badiiy adabiyotda, balki san’atning rassomchilik, kashtado‘zlik kabi turlarida ham tasvir obyekti sifatida keng qo‘llaniladi. O‘zbek xalqinining milliy, madaniy urf-odatlari, an’analarida anor o‘ziga xos ramziy ma’noga ega bo‘lib, bugungi kunda ham bu an’analar davom etib kelmoqda. Download 5.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling