Hamkorlik masalalari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari
Download 5.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Konferensiya materiallari 2022 tahrir yangi xatosiz (2)
urï keldűrmiščä bolur “Kechasi bulut qizil tusli bo‘lsa, xotin (ayol) o‘g‘il tug‘ishi mumkin” (I,
252). Yusuf Xos Hojib “Qutadg‘u bilig”da har ikki fonetik shaklni ishlatgan (DTS, 190). Qadimgi turkiy til obidalarida bu leksema qo‘llanmagan. “Yaqinda erga chiqqan, yosh xotin” maʼnosining quźuz leksemasi yordamida anglashilishi Mahmud Koshg‘ariy tomonidan eʼtirof etilgan (I,346). Qadimgi turkiy tilda quduz shaklida qo‘llangan bu leksema (DTS,463) o‘zga manbalarda ko‘zga tashlanmaydi. “Kelin” maʼnosi kel- feʼliga -(i)n qo‘shimchasini qo‘shishdan hosil qilingan kelin yasamasi bilan anglashilgan: yűvűzlűg kelin kűźägű yavačï bulur “Qalinli kelin yuvosh, muloyim kuyovni topadi” (III, 12). Bugungi kunda ham jonli so‘zlashuv, ham adabiy tilda faol ishlatiluvchi ushbu leksema dastlab Turfon matnlarida aks etgan. U Yusuf Xos Hojib pandnomasida ham qo‘llanishda bo‘lgan (DTS, 296). Kultegin bitigtoshida bu so‘z keliƞűn fonetik shaklda ifodasini topgan (DTS, 296). Mahmud Koshg‘ariy lug‘atidan yuqorida keltirilgan ashyoviy materialdan kelin leksemasining erkak jinsli kűźägű “kuyov” so‘ziga antonim ekanligi, ayni chog‘da, har ikki so‘zning “qarindosh, urug‘” arxisemali leksemalar paradigmasida ishtirok etishini qayd etish kerak bo‘ladi. Kelin leksemasi lug‘atda, shuningdek, egätlik so‘zi bilan sinonimlik qatorni shakllantirgan (I,167). Keyingi leksemaning egät motivlangan so‘zidan hosil bo‘lganligi shubhasiz. Egät o‘z navbatida, eg= “egmoq, buysundirmoq” feʼlidan -(ä)t affiksi ishtiroki bilan yasalgan va “nikoh kechasi kelinga xizmat qiluvchi yanga” maʼnosini ifodalagan (I,85). Mazkur derivat asosida “oqsoch, joriyani qo‘shib jo‘natmoq” egätlä= (I,293) hamda “xizmatchili bo‘lmoq, xizmatchi, joriyaga ega bo‘lmoq”ma’nosini anglatuvchi egätlän= feʼllari yuzaga kelgan va ular faqat Mahmud Koshg‘ariy lug‘atida aks etganligi bilan xarakterlidir. Egätlik yasamasi “xizmatchisi bor, xizmatchiga ega” maʼnosida ham ishlatilgan (I, 167). Mazkur yasama ayni semasi orqali “joriya, cho‘ri” maʼnosini anglatuvchi qarabaš qo‘shma so‘zi bilan birikib, egätlik qarabaš juft so‘zini voqelantirgan hamda “yanga, nikoh kechasi kelin va kuyovga xizmat qiladigan shaxs” maʼnosini bildirgan. “Devon”da berilgan izoh va maʼlumotlarga suyangan holda, Mahmud Koshg‘ariy davri turkiy xalqlar turmushida kelin va kuyovning nikoh kechasida ularga xizmat qiluvchi shaxslar joriya, cho‘rilardan bo‘lgan, degan xulosaga kelish mumkin. Keyingi davr manbalarida egätlik so‘zi o‘z o‘rnini avurta va yäƞä leksemalariga bo‘shatib bergan. Avurta leksemasi “Devon”da “doya, enaga” maʼnosini ifodalagan (II,168). “Qutadg‘u bilig” da bu leksema ayni maʼnoda ishlatilgan. So‘zning ushbu fonetik shakli ilk marta Moniy yodgorliklari tilida (DTS,71), avïrta shakli Turfon matnlarida (DTS,70), avurta fonetik formasi “Qutadg‘u bilig” da ishlatilgan (DTS,374). Qayd etilgan fonetik shakllardagi so‘zlar “yo‘naltirmoq, to‘g‘rilamoq” maʼnosini anglatuvchi avïr=//evir= feʼlidan yasalgan. Yäƞä leksemasi “yanga, katta akaning xotini” sememasini ifodalagan (III,390). “Qutadg‘u bilig” da bu so‘z mavjud emas. Dastlab Turfon matnlarida qayd etilganligi bilan xarakterlanadi. Keyingi davr obidalarida faol ishlatilgan. Bizning kunimizgacha saqlanib qolgan. “Farzandi bor, bolali” maʼnosini ifodalash vazifasi qadimdan ana leksemasining zimmasida bo‘lgan: kenč anasïn emdi “Bola (chaqaloq) onasini emdi” (I,181). Mahmud Koshg‘ariy o‘g‘uz tili vakillari qayd etilgan sememani aba (I,113), qarluq va turkmanlar apa so‘zlari bilan ifodalashlarini taʼkidlaydi (I,113). Аyni chog‘da, tubutlar tilida o‘g‘uzlar tilidagi aba leksemasining shakldosh(omonim)i mavjud bo‘lgan va u qarama-qarshi “ota” maʼnosini anglatgan (I,113). Shu o‘rinda, Toshkent shahri shevasi vakillarining aksariyati hozirgi kunda ham onaga nisbatan opa leksemasini faol ishlatishini taʼkidlash o‘zini oqlaydi, deb hisoblaymiz. Tahlil etilayotgan leksik birliklar guruhi ichida ijtimoiy kelib chiqishi nuqtai nazaridan o‘zaro farqlanuvchi leksemalar ham aksini topgan. Feodal jamiyatidagi sinfiy tabaqalanish, ijtimoiy tafovut, tabiiy, ularni shakllantiruvchi jamoa aʼzolarini atashda ham ifodasini topgan. 355 Ushbu ijtimoiy-sinfiy tafovut Mahmud Koshg‘ariy tomonidan sinchkovlik bilan kuzatilgan va lug‘atning alohida o‘rinlarida ashyoviy misollar yordamida ifodalangan. Hukmdor (qağan, xan, elig)ning zavjasi, jufti haloli saltanatda ulkan mavqega ega bo‘lgan. U malika sifatida nafaqat xonzoda, tegin(taxt voris)larni tarbiyalash, o‘qitish, voyaga yetkazish, bilimdon qilish, saroy ishlarini nazorat qilish, balki zarur paytlarda qurultoylarda ishtirok etish, hukmdor harbiy safarga chiqqan kezlarda mamlakatni boshqarish ishlari bilan shug‘ullanish, xorij elchilarini qabul qilish kabi vazifalar bilan ham mashg‘ul bo‘lgan. Buning yorqin misoli sifatida Turkan (Tarkan) xotun, Saroymulk xonim, Gavharshod begim, Esandavlat begim, Gulbadan begim kabi malikalar nomini eslab o‘tish kifoya. Maʼlumki, qadimgi turkiy tilda “malika, xoqonning zavjasi” maʼnosi qatun leksemasi bilan ifodalangan (DTS, 436). Leksemaning ushbu fonetik shakli Mahmud Koshg‘ariy davrida ham isteʼmolda qolganligi (I, 388), uning asosida qatunlan=: urağut qatunlandï “Аyol kishi xonim (malika)larga o‘xshadi” (III, 223) feʼlining hosil qilingani mazkur o‘zlashmaning turkiy xalqlar tilidan mustahkam o‘rin egallaganini dalillaydi. Keyingi davr obidalarida bo‘g‘in boshidagi q undoshining x undoshiga o‘tishi bois leksema xatun shaklini olgan. Download 5.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling