Hamkorlik masalalari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari


Download 5.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet266/363
Sana02.12.2023
Hajmi5.91 Mb.
#1780763
1   ...   262   263   264   265   266   267   268   269   ...   363
Bog'liq
Konferensiya materiallari 2022 tahrir yangi xatosiz (2)

 Qatun//xatun leksemasi etimologiyasi xususida turkiyshunoslikda turfa fikrlar mavjudligi bois 
uning qadimgi turkiy til (VII-X) va eski turkiy til (XI-XIV)da asosan farqlovchi (differentsial) 
maʼno kasb etgani, keyingi davrlar, xususan, XIV-XVI asrlarda “zodagon ayol”, XIX asrga 
kelib, umuman “xotin, ayol, zavja” integral (umumlashtiruvchi) maʼnoni anglatganini qayd etish 
bilan cheklanish o‘rinli. 
Mahmud Koshg‘ariy turkiy tilga xitoy tilidan erta kirib kelgan qunčuy o‘zlashmasini 
“sayyida xotin, yaʼni qatun “malika”dan bir pog‘ona past darajada turuvchi zodagon ayol” 
(III,258) tarzida izohlaydi. Mazkur o‘zlashma dastlab Kultegin bitigtoshi hamda Enasoy 
obidalaridan birida qo‘llangan (DTS,466). Boshqa eski turkiy til manbalarida bu so‘z 
ishlatilmagan. 
Keyingi davrlarda arab tilidan o‘zlashgan malika leksemasi faollashgan va qatun-xatun 
leksemasi ifodalagan birlamchi maʼnoning regressivlashuviga bois bo‘lgan. 
Turfon matnlarida “zodagon ayol, mashhur shaxsning zavjasi, xonim” maʼnosini anglatgan iši - 
begkä išikä ïnanğïl “Bekka va xonimga ishongin” (DTS, 214) leksemasi “Oltun yoruq” da išilär 
fonetik shaklida qo‘llangan – Eränlär azu išilär “Erlar va ayollar” (DTS, 215). Keltirilgan 
misoldan išilär leksemasining umum, yaʼni “xotin, ayol kishi” maʼnosini ifodalayotgani maʼlum 
bo‘ladi. Mahmud Koshg‘ariy lug‘atida so‘nggi so‘z išlär shaklida “zodagon ayol, xonim” 
maʼnosini kasb etgan. Masalan, išlär biläzűkländi “xonim bilakuzuk taqdi” (III, 222). Аyni 
paytda, mazkur leksema umuman “xotin kishi, ayol” maʼnosini ham bildirgan: išlär ötmäk yaptï 
“ayol kishi (tandirga) non yopdi” (III, 65). “Devon” matnida išlär so‘zining bir qator leksemalar 
bilan birgalikda qo‘llangan holda qayd etilishi uning faolligidan dalolat beradi: ekäk išlär fohisha 
ayol” (I,107), emik išlär “emizikli xotin” (I,168) va h.k. XIV asr Xorazm adabiy manbalari tilida 
bu leksemalar kuzatilmaydi. 
Аyollarga beriladigan laqab özűk leksemasi yordamida ifodalangan: altun özűk “oltindek sof, 
toza ayol” (I,101). Ushbu misolda, tabiiy, ayolning iffati, bokiraligi, sof ichki dunyosi nazarda 
tutilgan. 
“Durri g‘alton tanalik suluv ayol” maʼnosi ertini özűk so‘z birikmasi bilan ifodalangan 
(I,159). Mazkur so‘z birikmasining birinchi komponenti bo‘lmish ertini “marvarid, durri g‘alton” 
maʼnosini bildirgan (I,101). Har ikki so‘z birikmasining shakllanishi o‘xshatish - metafora yo‘li 
bilan hosil qilingan. 
Maʼlumki, hozirgi o‘zbek tilida qisir leksemasi aksariyat “bo‘g‘oz bo‘lmay qolgan, 
qochmagan yoki qochib bo‘g‘oz bo‘lmagan” (O‘TIL, II, 585) urg‘ochi hayvonlarga, jonli 
so‘zlashuv tilida baʼzan ayollarga nisbatan ham qo‘llanadi. Inson (ayol)ga nisbatan ishlatalganda 
so‘zning emotsional-ekspressivlik (qo‘pollik) belgisi yaqqol namoyon bo‘ladi. Qis- “qisib 
qolmoq, qismoq” feʼlidan yasalgan bu leksema Mahmud Koshg‘ariy lug‘atida qïsïr shaklida 
qayd etiladi va u bola ko‘rmagan (tug‘magan) xotin va nasl bermagan hayvonlarga nisbatan 
neytral so‘z tarzida ishlatilgan (I,344). Hozirgi o‘zbek tilida qisir leksemasining o‘simliklarga 


356 
nisbatan “changlanmagan, urug‘lanmagan, hosil bermaydigan” maʼnoda botanikada ham 
ishlatalishi maʼlum (O‘TIL, II, 585). 
“Turmush qurgan, erga chiqqan” sememasini ifodalovchi leksemalarga eski turkiy tilda 
“turmush qurmagan, erga chiqmagan, bokira” maʼnosini anglatuvchi leksemalar paradigmasi zid 
keladi. Mahmud Koshg‘ariy ayol jinsiga oid leksemalarni izohlashda ushbu jihatga ham jiddiy 
eʼtibor qaratgan deyish mumkin. 
Keyingi sememani anglatashda qïz leksemasi yetakchilik qilgan: Er qïzïğ qapaqladï 
“Erkak qizning shaʼniga tegdi” (III, 350). Ushbu leksema shuningdek, “qizcha, qiz 
bola”semasini ham anglatgan (I, 315). Qayd etilgan so‘zning ilk bor ko‘zga tashlanishi Turfon 
matnlari, Enasoy bitiglari tiliga borib taqaladi. “Oltin yoruq” da bu leksema “qiz (farzand)” 
maʼnosida ishlatilgan (DTS,449). 
Mahmud Koshg‘ariy qïz tub so‘zining yuqoridagi semalardan tashqari “cho‘ri, joriya” maʼnosini 
kasb etganini ham taʼkidlaydi (I,315). 
Enasoy bitiglari matnida qïz kelin birikmasi “kelin”, Kultegin bitigtoshida qïz oğul 
birikmasi “qizlar, ayol jinsli avlod” maʼnosini bildirgan. To‘nyuquq bitigtoshi matnida qïz quduz 
juft so‘zidan “qizlar va xotinlar” maʼnosida istifoda etilgan. Аyni shunday maʼnoda bu juft so‘z 
Mo‘yunchur bitigtoshida ham aksini topgan (DTS, 449). Mahmud Koshg‘ariyning 
taʼkidlashicha, qïz leksemasi yinčkä “nafis, nozik” so‘zi bilan sintagmatik munosabatga kirishib, 

Download 5.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   262   263   264   265   266   267   268   269   ...   363




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling