Hamkorlik masalalari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari


Download 5.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet264/363
Sana02.12.2023
Hajmi5.91 Mb.
#1780763
1   ...   260   261   262   263   264   265   266   267   ...   363
Bog'liq
Konferensiya materiallari 2022 tahrir yangi xatosiz (2)

*
 
Annotation. This article analyzes the ancient Turkic language and the lexemes that 
representing the female gender used in the period of the Old Turkic language from a historical 
and etymological point of view. From the period of use of these lexemes to their spiritual 
properties, it is explained in detail. The analysis of lexemes representing the female gender is 
evidenced by the examples taken from ancient written monuments, the text of works of the Old 
Turkic period and semantically classified. 
Key words: lexical unit, dichotomous classification, sema, lexeme, feminine sema, spiritual 
classification. 
 
Mahmud Koshg‘ariy tuzgan fundamental asarda odam jinsini ifodalovchi leksik birliklarning 
dixotomik (oppozitsion) tasnifi ularni qatʼiy ikki guruhga taqsimlashni taqozo etadi. Ushbu 
guruhda xotin, ayol jinsini ifodalovchi leksemalar miqdor jihatdan ko‘pligi, mazmun-mohiyatan 
rang-barangligi bilan kishi diqqatini tortadi. 
“Erkak, er” maʼnosining qarama-qarshisi bo‘lmish “ayol, xotin” semasini ifodalashda bir qancha 
leksemalarning ishtirok etganligi xususida “Devon” materiallariga tayangan holda mulohaza 
bildirish maqsadga muvofiq. 
“Аyol, xotin” maʼnosi lug‘atda asl turkcha tiši leksemasi yordamida anglashiladi: erkäk tišikä 
qavušdï “Erkak xotinga qovushdi, nikoh bilan bog‘landi” (II,113). Moniy bitiglarida “ayol, 
xotin” maʼnosi tiši kiši birikmasi bilan ifodalangan. Turfon matnlarida qayd etilgan maʼnoni 
anglatish tiši tïnlïğ birikmasi zimmasida bo‘lgan (DTS, 563). Ushbu birkmada qatnashgan tïnlïğ 
yasamasi (tïn “nafas, ruh” + lïğ) “tirik mavjudot” ni anglatgan (DTS,568). Turfon matnlari va 
“Oltun yoruq” tilida tiši hayvonlar va tirik jonzotlarning urg‘ochisini bildirgan. Mahmud 
Koshg‘ariy ham tiši leksemasining “urg‘ochi” maʼnosida hayvonlarga nisbatan ishlatilaverganini 
taʼkidlaydi (III,244). Demak, ushbu leksik birlikning semantik doirasi chegaralanmagan va bu 
holat keyingi davrda ham saqlanib qolgan. Jumladan, XIV asr obidasi Nosiruddin Rabg‘uziyning 
“Qisasi Rabg‘uziy” asarida ayni holat kuzatiladi ( 4r9; 159vl9). Eski o‘zbek adabiy tili manbalari 
so‘z boyligida bu leksema mavjud emas. 
“Xotin, ayol” jinsini ifodalovchi so‘zlarning maʼnoviy tasnifi ularni “erga chiqqan, 
turmush qurgan” hamda “erga chiqmagan, turmush qurmagan” tarzida guruhlash zarurligini 
ko‘rsatadi. Yuqorida tilga olingan tiši leksemasi bilan “erga chiqqan, erga tekkan” maʼnosini 
ifodalovchi so‘zlar maʼnodoshlik qatorida faqat “Devon” da ilk bor ishlatilgan urağut leksemasi 
faoliyat ko‘rsatgan: Urağut oğul toğurdï “Xotin o‘g‘il farzand ko‘rdi” (11,84). 
Taʼkidlash joizki, eski turkiy tilda “er, erkak” semasini ifodalagan kiši leksemasi” “xotin, 
ayol” maʼnosini ham anglatgan: Ol kiši aldïmï “U xotin oldimi (uylandimi)?” (II, 244). Ushbu 
so‘zning qo‘llanish doirasi juda keng bo‘lgan. Mahmud Koshg‘arining urg‘ulashicha, u birlikda 
ham, ko‘plikda ham nafaqat erkakka, shuningdek, ayolga nisbatan qo‘llanavergan (III, 244). 
Turfon matnlarida “xotin, ayol” maʼnosida ishlatilgan kiši so‘zi Kultegin bitigtoshida “odam, 
inson” semasini anglatganƞ (DTS,49). Hozirgi o‘zbek tilida kiši leksemasi biologik jinslarni 
farqlashda ishtirok etib, erkak kiši “er, erkak”, ayol kiši “ayol kishi, zaifa, xotin” birikmalarini 
shakllantiradi. Mahmud Koshg‘ariy lug‘agida kis leksemasining o‘rganilayotgan maʼnoni 
ifodalashi haqida qayd mavjud: anïƞ kisi "Uning xotini" (I,318). 
Kiši so‘zi bilan aloqador ushbu leksema qadimgi turkiy til manbalarida yo‘q. Uni Yusuf Xos 
Hojib hamda Аhmad Yugnakiy asarlarida ham uchratmadik. 
*
ToshDO‘TAU professori, filologiya fanlari doktori.


354 
“Uy” maʼnoli ev so‘zidan -lig//-lűg affiksi bilan hosil qilingan evlig (1,130), evlűg 
derivati aslida “uyi bor, uy egasi, xo‘jayin” maʼnosini ifodalagan va eźi//iźi (1,114) tub so‘zi 
bilan maʼnodoshlik qatorini yuzaga chiqargan. Ushbu leksik birlik (variant)larning ikkinchi 
maʼnosi “xotin, zavja, ayol” bo‘lib, “Devon”da o‘z ifodasini topgan: Tűnlä bulit örtänsä evlög 

Download 5.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   260   261   262   263   264   265   266   267   ...   363




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling