Hamkorlik masalalari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari
Download 5.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Konferensiya materiallari 2022 tahrir yangi xatosiz (2)
Ko‘kragimdur subhning perohanidin chokroq,
Kiprigim shabnam to‘kulgan sabzadin namnokroq. Ayni holda, professor Sayid Abdulhakim Shar᾽iy Juvzijonining yordami bilan Muhammad Karim Nazihiy tashabbusida sakkizta o‘zbek maqoli fors tilidagi tarjimasi bilan Muhammad Haidar Jubl boshmuharriligida “Oriyono” jurnalida chop etildi. Shunugdek, o‘zbek tilidagi bir parcha she᾽riy g‘azal ham Qunduzlik Uchqun tashabbusi bilan Mazori Sharif shahrida bosimdan chiqadigan “Bedor” gazetasiga nashr qilingan. Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat O‘zbek tili va adabiyoti universiteti 2-bosqich tayanch doktoranti 346 Afg‘oniston zamonaviy o‘zbek va turkman shoirlarining she᾽rlari mumlakat tarixida birinchi marta o‘tgan asrnung oltmishinch yillari ikkinchu yarmidan matbuotda ko ‘rina boshladi. 1966-yilda professor Shar᾽iy Juvzjonining qit᾽a janridagi bir she᾽ri, Afg‘oniston xalq demokrotik partiyasining uchta tanqidiy maqolasi “Farhangi xalqhoyi o‘zbek va turkman, baxshi az jidoyi nopaziri farhang milliy most” (“O‘zbek va turkman xalqlarining madaniyati, milliy mudaniyatimizning ajralmas bo‘limidir”) unvoni ostida ushbu partiyaning ikkinchi nashr ofkori “Parcham” otli gazetada 1972-yili chop qilindi. Mayvandivol bosh vazirligi paytida, Shar᾽iy Juvzjonining yana bir maqolasi “Mantiq shikam” sarlavhasi bilan “Eldiram” taxallusi ostida nashr qilinadi. Ammo davlat tamonidan bu kishiga yozish taqiqlanadi [Shar᾽iy Juvzijoni, 2021]. O‘zbek tilining Afg‘oniston bosma nashrlarida chin ma’noda boshlanish tarixini XX asr 70-yillarining so‘ngida deb ko‘rsatish mumkin. 1978-yili Muhammad Dovudxonning hukumati ag‘darilgach, Nur Muhammad Tarakiy rahabarligi ostida Afg‘oniston xalq demokratik hukumati yuzaga keldi. Mamlakatda kutilmagan siyosiy va ijtimoiy o‘zgarishlar yuz beradi. Ushbu paytdan Afg‘oniston matbuotda, ayniqsa, o‘zbek tili uchun yangi davr hisoblanadi. Afg‘onistonagi qardosh millatlar, jumladan, o‘zbek va turkman qavmlarining madaniy hayoti yuksalishga qadam qo‘ydi. Ona tili ta’limi, bu tillarda nashr ishlariga hukumat tamonidan rasmiy ruxtat berildi. O‘zbek va turkman ziyolilarining sa’y-harakati bilan o‘zbek tilida “Yulduz” gazetasi, Turkman tilida ”Kurash” gazetasi chop etilishi bilan bu turkiy qavmlarning nashr ishlari birinchi marta Kobulda o‘z faoliyatini boshladi. 1979-yil yanvar oyidan so‘ng Afg‘oniston demokratik respablikasining qonuniy hukumati ag‘darilgandan keyin “Yulduz” va “Kurash” gazetalari ham Mazori Sharif va Shibirg‘on viloyatlariga surgun qilindi [Shar᾽iy Juvzijoni, 2021]. 1978-1992-yillarda o‘zbek yozuvchilari va oydinliklari ham o‘z kuchlariga yarasha ona tillariga erkin yoza boshladilar. Sobiq Sovet Ittfoqi bu mamlakatga bostirib kirgan yillari, Afg‘oniston Xalq demokrodek partiyasi hukumronligi paytida matbuot butunlay kommunistik dittaturaga bo‘ysungan edi. Barcha nashrlar davlat va partiya tamonidan nazoratga olingani uchun barcha tillarda yozilgan mavzular mavzud siyosiy tuzum manfaatiga xizmat qilar edi, hech kim hukumatni tanqid qilishga haqli emas edi. Najibulloh paytida “Payyom”, “Ozodiy” va shu kabi yangi gazetalar chiqishi bilan yozuvchilarning tanqidiy maqolalari gazetalarda ko ‘rina boshladi. Najibullah hukumati qulatilib, 1992-yili apel oyida mujohidlar Afg‘onsiton poytaxti Kobulni bosib oldilar va kommunistik hukumat o‘rnida Subg‘atullah Mujaddadiy va Burhonuddin Rabboniylar rahbarligida islomiy hukumat qurdilar. Afg‘oniston xalq demokratik hukumatining so‘ngi yillarida, ayniqsa Afg‘oniston Islomiy hukumat davrida o‘zbek tili matbuoti uchun hech qanday ko‘zga ko‘rinarli ish bo‘lmagan. O‘zbek tili matmuoti uchun eng yaxshi tarixiy davr Afg‘oniston xalq demokratik partiyasi hukumronlik qilgan dastlabki yillar bo‘lgan. Undan keyin, Marshal Abdurashid Do‘stum rahbarligida 1992-yili O‘zbek xalqiga tegishli Afg‘oniston milliy islomiy Junbish partiyasi asos qo‘yilib, 5 yildan osharoq Afg‘onistonning shimoliy viloyatlarida hukumronlik qilib, faoliyatlar qildi. Do‘stim tasarrufidagi hududlarda asosan o‘zek tili matbuoti rivoj topdi. Bu muhit umuman Afg‘oniston xalgining madaniyati, turkiy qavmlar tili, ularning siyosiy-ijtimoiy hayoti, harbiy kadrlarining etishib chiqishida muhim ahamiyat kab etdi. Tolibon hukumati davrida matbuot umuman barham topdi. Tolibon hukumati o‘zbek tili, o‘zbek xalqi va ayniqsa o‘zbek kadrlari qatag‘onga uchradi. Omon qolgan ko‘plab o‘zbek yozuvchilari va ziyolilari yurtlaridan yillarcha badarg‘a bo‘ldilar. 2001-yili Afg‘onistonda Tolibon hokimiyati ag‘darilib, Birlashgan Millatlar Tashkiloti tashabusi bilan Homid Karzay rahbarligida yangi hokumiyat qurildi. U boshqargan yillarda mamlakatda so‘z va matbuot erkinligi ta᾽minlandi. Birinchi marta Afg‘oniston asosiy qonunida o‘zbek tilining huquqi tiklanib, bu konstitutsiyaing 16, 43-moddalarida aks etgan [Amini, 2018]. Afg‘oniston asosiy qonuniyda o‘zbek tiliga uchunchi rasmiy til maqomi berildi va mamlakat asosiy qonunining 16- oddasida bu haqda shunday yoziladi: “O‘zbeki, Turkmani, Pashshayiy, Nuristoniy, Baluchiy va yo Pomiriy tillardan birida ko‘pchilik aholi so‘zlashadigan hududlarda o‘sha til, Pashtu va Dariga qo‘shimcha uchinchi rasmiy til sifatida bo‘ladi va uning ishlatish 347 usuli qonun orqali belgilaydi [Arol, 2020: 21]. Ushbu qonun tufayli mamlakatda yuzlab OAV: radio-televideniya, jurnal, gazeta, oylik, faslnomalar faoliyat boshladi. 2001-2021 yilgacha o‘zbek tilida 40 dan ortiq quyidagi gazeda va juranal chop etildi: (“Yulduz”, “Quyosh”, ”Tog‘ri yo‘l”, ”Yog‘du”, ”Chovush”, ”Ulus”, ”Bilgi”, ”Taxariston Ko‘zgusi”, “Ko‘zgu”, ”Kurash”, ”Ishonch”, ”Maymana”, “Ildiz”, “Navoiy”, “Vatandoshlar”, ”Ezgu tuyg‘u”, ”Oydin”, ”Oydin Sarpul”, ”Oydin Andxo‘y”, ”Oydin Foryob”, ”Oydin Toliqon”, ”Oq yo‘l” ,“Buloq”, ”Ipak yo‘li”, ”Bulut”, “Ezgu”, ”Cho‘lpon”, ” Yangi Nasil”, ”Qarash”, ”Amir Temur”, ”Yangi zamon”,”Go‘zal Foryob”, ” Yozuv”, ”Sog‘lom jamoa”, ” Oybek Ko‘gusi”. “Yashil yaproq”, ”Millat sesi”, ” Simoyi Zan”, ”Oynayi Zan”, ”Ambira” va b. Lekin Tolibon hokimiyatni qayta qo ‘lga kititgach, usbu gazeta va jurnallar faoliyati to‘xtatilgan. Xullas, Afg‘oniston matbuoti tarixida o‘zbek tili matbuoti uchun muhim davr 1978- yildan boshlangan. O‘zbek tili, matbuotining igullab-yashnagan davri esa 2001-2021-yillar hisoblanadi. Download 5.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling