Hamkorlik masalalari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari


II. Hankuk Chet tillari universitetidagi oʻzbek tili boʻyicha darsliklar


Download 5.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet256/363
Sana02.12.2023
Hajmi5.91 Mb.
#1780763
1   ...   252   253   254   255   256   257   258   259   ...   363
Bog'liq
Konferensiya materiallari 2022 tahrir yangi xatosiz (2)

II. Hankuk Chet tillari universitetidagi oʻzbek tili boʻyicha darsliklar 
Hankuk Chet tillari universitetida “Boshlangʻich oʻzbek tili” fani Hankuk Chet tillari 
universitetining professorlari ― Mashrabbekova Aziza va Li Ji In tomonidan yozilgan va 2019-
yilda nashr etilgan “Standart oʻzbek tili-A1” darsligi boʻyicha olib boriladi. Bu darslik koreys 
tilida so‘zlovchilar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, til bilish qobiliyati: o‘qish va yozish, tinglash va 
so‘zlashish ― barchasini rivojlantirishga xizmat qiladi. Shuningdek, yuqoridagi mualliflar 
tomonidan yaratilgan va yuqori kurs talabalari uchun moʻljallangan “Standart o‘zbek tili-A2”, 
“Standart o‘zbek tili-B1”, “Standart o‘zbek tili-B2” kabi darsliklar ham mavjud boʻlib, ular 
koreys talabalarining oʻzbek tilini bir tizim asosida oʻrganishini taʼminlaydi. Bundan tashqari, 
ingliz tilidagi IELTS yoki koreys tilidagi TOPIK singari o‘zbek tili bilim darajasini baholovchi 
FLEX imtihoni Hanguk Chet tillari universiteti tomonidan har yili o‘tkazib kelinmoqda.
III. Tadqiqot natijalari 
Janubiy Koreyaning Hankuk Chet tillari universitetidagi o‘zbek tilini o‘rganuvchi koreys 
talabalari o‘zbek tilini o‘rganishda quyidagi [1-jadval]da keltirilgani kabi ikki muammoga duch 
kelishi kuzatildi. Birinchisi, fonetik muammo bo‘lib, bu koreys tilidan farq qiluvchi o‘zbek 
tilining talaffuz tizimi va boʻgʻin tuzilishi oqibatida yuzaga kelishi aniqlandi. Ikkinchisi, 
grammatik muammo bo‘lib, bunday muammo, asosan, egalik va kelishik qo‘shimchalarini 
qo‘llashda yuzaga kelishi aniqlandi.
[1-jadval]. Koreys tilida soʻzlashuvchilarning oʻzbek tilini oʻrganishidagi muammolar 
Tasnif 
Mazmun 

Fonetik muammo 
1. Tovush talaffuzi 
2. Bo‘g‘in tuzilishi 

Grammatik muammo 
1. Kelishik qo‘shimchalari 
2. Egalik qo‘shimchalari 
 
1. Fonetik muammo 
1) Tovush talaffuzi 
Ona tilisi koreys tili boʻlgan soʻzlovchilarda oʻzbek tilini oʻrganish jarayonining dastlabki 
bosqichida koreys tilida mavjud boʻlmagan q, gʻ, j (dj: jirafa, jurnal), f, x kabi harflarni talaffuz 
qilishda qiyinchilikka duch kelishi kuzatildi. Koʻpchilik koreys talabalari o‘zbek tilidagi “f” 
tovushini “ㅍ[px]”, “z” tovushini esa “ㅈ[j: jo‘ja]” deb talaffuz qilib, ayniqsa, q, g‘, qattiq “x” 
tovushlarining talaffuzi ular uchun eng qiyinligi aniqlandi.

Download 5.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   252   253   254   255   256   257   258   259   ...   363




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling