Hamkorlik masalalari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari


Download 5.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet253/363
Sana02.12.2023
Hajmi5.91 Mb.
#1780763
1   ...   249   250   251   252   253   254   255   256   ...   363
Bog'liq
Konferensiya materiallari 2022 tahrir yangi xatosiz (2)

 
 
TIL TA’LIMIDA SO‘ZNING O‘RNI 
THE ROLE OF THE WORD IN LANGUAGE EDUCATION 
Yusupova Shohidaxon Jaloliddinovna

 
 
Annotation. This article discusses the understanding of the word, feeling it, the ability to 
speak, and etiquette. Also, the study of the place of the word in the development of thought and 
speech and the interpretation of its essence from a methodological point of view are given. 
Examples of the fact that the word is a reality that shows the worldview of the creator of speech 
are given. 
Key words: teaching, pedagogy, listening comprehension, reading comprehension, 
linguistic competence, speech competence. 
Har bir shaxsning yetukligi, millatning madaniyat darajasi uning so‘zi, tili orqali 
namoyon bo‘ladi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning ham “Ona tilimiz – milliy 
ma’naviyatimizning bitmas-tuganmas bulog‘idir. Shunday ekan, unga munosib hurmat va 
ehtirom ko‘rsatish barchamizning nafaqat vazifamiz, balki muqaddas insoniy burchimizdir”[1.] 
degan fikrlari tilning nechog‘li ahamiyatli ekanligini yana bir bor eslatadi.
Mamlakatimizda barcha sohalarda olib borilayotgan islohotlar jarayoni tildan nafaqat 
nazariy, balki amaliy foydalanish samaradorligini oshirish, o‘quvchilarning muayyan nutqiy 
vaziyat, sharoit hamda ijtimoiy muhitda undan oqilona foydalanish malakalarini oshirishga 
xizmat qilmog‘i lozim. Buning uchun ona tili o‘qitishni yanada takomillashtirish va 
kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan o‘qitish tizimini joriy etish maqsadga muvofiq 
bo‘ladi. Hozirgi kunda ona tiliga e’tiborni qaratish ta’limning bosh vazifasi ekan, buning uchun 
ta’lim oluvchilardan kerakli kompetensiyalarga ega bo‘lishlari talab etiladi. Bunday talabni 
amalga oshirish, albatta, so‘z orqali, uni mukammal bilish, his qilish orqali amalga oshiriladi. 
So‘zni anglagan, uni his qila olgan kishida so‘zlash qobiliyati, muomala odobi mukammal 
bo‘ladi. Bunday muomala odobi esa kishilar orasida munosabat o‘rnatish, o‘quvchi bilan 

Andijon davlat pedagogika instituti O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi professori, ped.fan. doktori 


338 
o‘qituvchi, o‘quvchi bilan o‘quvchi o‘rtasidagi kelishuvchanlikni o‘rganish har bir fan oldida 
turgan eng dolzarb muammolardan hisoblanadi. Chunki o‘quvchining yetakchi faoliyatlaridan 
bo‘lgan muloqot va u orqali o‘zaro munosabatlar, tahlillar, do‘stona munosabat, bilish va 
tasavvur uyg‘otish kabi sifatlar paydo bo‘ladi. Zero,“Muomala shaxslararo munosabatlarning 
shunday ko‘rinishidirki, uning yordamida odamlar o‘zaro psixik jihatdan aloqaga kirishadilar, 
o‘zaro axborot almashinadilar, ta’sir o‘tkazadilar, ta’sirlanadilar, idrok etadilar, tushunish va 
baholash jarayonlarini kechiradilar. Shuning uchun muomala ijtimoiy psixologik hodisa, ijtimoiy 
kategoriya sifatida ijtimoiy turmushning barcha sohalarida bevosita ishtirok etib, hamkorlik 
faoliyatining moddiy, ma’naviy, emotsional, kognitiv, motivatsion, regulyativ qirralarini aks 
ettiruvchi obyektiv va subyektiv ehtiyoj sifatida vujudga keladi, ijtimoiylashuvning asosiy omili, 
negizi vazifasini bajaradi”. [2.] Albatta, shaxslararo munosabatlarda, o‘qituvchi va o‘quvchi 
o‘rtasidagi so‘zlash va tinglash muomala jarayonida asosiy qurol bo‘la oladi. Muloqotning 
samaradorligi ikki shaxsning bir- birlariga mosligiga bog‘liq. Aytish lozimki, muomala yoki 
muloqotda mantiqan asoslangan so‘zlardan foydalaniladi, ta’sirchan so‘zlashga imkoniyat 
yaratiladi. Demak, muomala va muloqot vositasi so‘z bo‘lib, u orqali ta’lim beriladi, tarbiya 
amalga oshadi. Shunday ekan, so‘z o‘zi nima, degan savolga javob berishimiz zarur bo‘ladi. So‘z 
qanday struktural elementlardan iborat bo‘ladi? Bu haqda A.Hojiyev so‘zga to‘g‘ridan to‘g‘ri 
ta’rif bermasa ham, uning tarkibida ikki element mavjudligini ko‘rsatadi va “Ma’lum bo‘ladiki, 
har qanday so‘z shakl va ma’no butunligiga ega bo‘ladi. So‘zning fonetik shakli uning ma’nosini 
reallashtiradi. Boshqacha aytganda, tovush yoki tovushlar kompleksida ma’lum ma’no 
reallashsagina, uni so‘z deb atash mumkin”, -deydi. [3.] 
So‘z badiiy tafakkur mahsuli sifatida u vaqtlar o‘tishi bilan o‘zining shaklini o‘zgartirib 
turadi. So‘zda fikr bilan hissiylik uyg‘un bo‘lgani uchun u kishiga tez ta’sir etadi va uning 
qalbidan mustahkam o‘rin egallaydi. Ehtirosli so‘z-fikr o‘quvchining ko‘z o‘ngida hayotiy bir 
jarayon tarzini yuzaga keltiradi. So‘zdagi kechinmani tashkil etuvchi ehtirosli fikr uning ta’siri
kuchli bo‘lganligi uchun ham so‘zning tafakkur va nutq o‘stirishdagi o‘rnini o‘rganish va uning 
mohiyatini metodik nuqtai nazardan talqin etish foydadan holi emas. So‘z yordamida 
shakllangan nutq o‘quvchining qalb qiyofasini hamda o‘zgalar kechinmasini ham o‘zida aks 
ettiradi. So‘z vositasida ifodalanayotgan voqelik hodisa emas, balki nutq ijodkorining 
dunyoqarashini namoyon etuvchi voqelikdir. So‘z va leksema atamalari ko‘p hollarda aralash 
holda qo‘llanadi. Lekin ular bir-biridan farq qiladi. Leksema, semema va nomemalarni o‘zaro 
munosabatidan tashkil topgan butunlik sanalib, uning mazmuniy mundarijasi atash, ifoda va 
vazifaviy semalar munosabatidan iborat bo‘ladi. 
Har qanday leksema bu sema bo‘lib, unda "atash" semasi albatta ishtirok etadi. Shuning 
uchun bu sema leksemaning markaziy semasi, qolgan semalar esa chegara semalar hisoblanadi. 
Masalan, gapirmoq, do‘ng‘illamoq leksemalari bir xil atash semasiga ega bo‘lib, ifoda semasi 
bilan bir-biridan farq qiladi[4.] 
Ma’lumki, so‘z insonga bevosita kuzatishda berilmagan narsa va hodisalar haqida 
axborot bera oladi. Shuning uchun ham hayvonot faqat bir olamga- sezgi orqali his qilish 
mumkin bo‘lgan predmetlar olamiga ega bo‘lsa, inson ikki olamga -sezgi orqali his qiladigan 
olam bilan birga, so‘z orqali ifodalanadigan obrazlar, munosabat, sifatlar dunyosiga ega 
bo‘ladi[5.] 
Albatta, ona tili o‘qitish jarayonida so‘zning atash semasi bor-yo‘qligini o‘quvchilarga 
o‘rgatish asosiy masala. Bizning maqsadimiz so‘z va leksemalarga ta’rif berish emas, balki 
uning grammatik hamda uslubiy jihatlari haqida, nutq o‘stirishdagi o‘rni haqida fikr bildirishni 
lozim deb bilamiz. 
So‘zda o‘quvchining munosabati ham, his- tuyg‘ulari ham mujassam bo‘ladi. Inson 
qalbini inson tushungani uchun ham so‘z yordamida yaralgan asar abadiydir, agarda kishi 
dilidagi dardini, orzusini kuylagan bo‘lsa. Chunki har qanday odamni o‘zingga qaratishda, 
turmushingni qayta qurishda, atrofga ma’ni va go‘zallik nurlarini taratishda so‘zga teng 
keladigan boshqa qurol yo‘q! Sen o‘zingdan avval so‘zingni asra: u-gavhar, tejab ayt, joyini 
topib ayt, randalab, shibbalab ayt, har bir so‘zing bir uzukka ko‘z bo‘lsin! Sen avval o‘zingni 


339 
emas, so‘zingni kiyintir: odamlarning qulog‘ini og‘ritmasin, kayfiyatlariga botmasin! Maqsadga 
so‘z bilan yetishni orzu qildingmi, shunday aytki, so‘zingni havoday simirsinlar, gul hidlaganday 
vujudlari yayrasinlar. So‘zni chaynama, ming‘irlama, har bir harfni o‘z ohangi, rangi bilan tiniq 
talaffuz qil! Ovozing xunuk bo‘lsa, minbarga chiqma! Quvonchli so‘zni quvnab ayt! Xafa so‘zni 
hasrat bilan ayt! "Urg‘u" degan oltin tayoqcha bor, kerak so‘zni topib tegizsang, jumla jaranglab 
ketadi! Bu degani,gaping albatta, tinglovchining yuragiga yetadi! [6.] 
Ko‘rinib turibdiki, mazkur fikrda so‘z aytishga qaratilgan talablar: ohangdorlik
mantiqiylik, tejamkorlik, aniqlik kabi tamoyillar o‘z ifodasini topgan. 
Kaykovus o‘zining “Qobusnoma”sida so‘z va uning qadr-qimmati haqida muxtasar 
fikrlarni aytib o‘tgan edi. “Ey farzand, so‘zning yuz va orqa tomonini bilgil, ularga rioya qilg‘il, 
so‘zlaganingda ma’noli gapir, bu notiqlikning alomatidir. Agar gapirgan vaqtingda so‘zning har 
qanday ma’noga ega ekanini bilmasang, qushga o‘xshaysan, bunday qushni to‘ti deydilar.To‘ti 
ham so‘zlaydi, ammo so‘zning ma’nosini bilmaydi. Shunday kishini notiq (Suxango‘y) 
deymizki, uning har so‘zi xalqqa tushunarli bo‘lsin va xalqning har so‘zi unga ham ma’lum 
bo‘lsin. Bunday kishilar oqillar (aqllilar) qatoriga kiradi, bo‘lmasa inson shaklidagi hayvondir”. 
[7.] 
So‘z qo‘llash mahorati haqidagi fikrimizni shoira T.Sodiqova ijodi orqali tushuntirishga 
harakat qilamiz.
O‘zbek abadiy tilini boyitishga,ona tilimizning badiiy imkoniyatlarini inson
ma’naviyatini mukammal ifodalashga safarbar etishga muvaffaq bo‘lgan T.Sodiqova o‘z 
she’rlaridagi fikrlarni tilimiz imkoniyatlaridan unumli foydalanib bera olgan. Quyidagi 
parchaga e’tibor beraylik: 
Ul his to‘lar tomirlarimga,
Ko‘zlarimga to‘lib boradir. 
Ko‘chirmasam agar she’rimga 
Naq bog‘imga o‘tday yonadir 
Ijodkor birinchi satrdagi "U" ko‘rsatish olmoshining tarixiy shakli "ul" dan foydalanib 
she’rda berilgan his oddiy tuyg‘u emas, balki azaldan muqaddas sanalib kelinayotgan his 
ekanligiga ishora qilmoqda. Olmoshdan go‘zal poetik shakl yaratgan, shoira o‘quvchi qalbini 
to‘lqinlantiribgina qolmay, o‘zligini anglashga qaratilgan ko‘hna tarix havosidan bahra
oldirmoqda. Uchinchi misradagi shart mayli qo‘shimchasi "-sa" hamda shart bog‘lovchi "agar" 
birgalikda ishlatilsa,ijodkorning she’rdagi shiddatli holatini berish barobarida o‘quvchining 
diqqatini to‘lig‘icha she’rga qaratishga olib kelgan. Shuningdek, to‘rtinchi misradagi "naq" 
kuchaytiruv 
yuklamasining 
qo‘llanishiga 
e’tibor beradigan bo‘lsak, shoirning til 
imkoniyatlaridan foydalanish borasidagi mahoratiga yana bir bora qoyil qolamiz. Uchinchi 
satrda ifodalangan tezkor holatni to‘rtinchi misrada yanada shiddatli, to‘xtam bilmas xususiyat 
qilib tasvirlashda ijodkor kuchaytiruv yuklamasining boshqa turlaridan foydalanmay, aynan 
"naq" turini ishlatgan va o‘quvchining ham o‘zi bilan birgalikda o‘tday yonishiga, aytmasa 
bo‘lmaydigan holatga sola olgan va bunga erishgan. 
O‘quvchilar bilan she’rni yuqoridagidek tahlil etish, birinchidan, o‘quvchining til ilmi 
bo‘yicha 
olgan 
bilimlarini 
mustahkamlaydi, 
ikkinchidan, 
adabiyotga 
mehr 
uyg‘otadi,uchinchidan, so‘z sehrini tuyish hissi ortadi. Bilamizki, til va adabiyot darslarini 
uyg‘unlikda olib borish maqsad va vazifani to‘g‘ri belgilash imkonini beradi. 
Akademik L.V.Shcherba "insonning nutqiy faoliyati asosan ma’lum bir til tizimi 
qoidalariga tobe holda yuzaga keladigan nutq ijodkorligidir", deya ta’rif bergan edi. O‘quvchi 
ana shu nutq ijodkorligini o‘z so‘zi orqali voqelantiradi va har bir shaxs o‘zligini so‘z orqali 
namoyon etadi. She’riy nutq yaratish ijodkorning faqatgina ilhom onlaridagi kechinmalarigagina 
bog‘liq bo‘lmay, balki yozuvchidan tilga oid qonuniyatlarni ham bilishni taqozo etadi. Jumladan, 
T.Sodiqova bitayotgan har bir misrasiga yuksak mas’ullik hissi bilan qaraydi, kitobxon bilimiga 
bilim qo‘shishdan zavqlanadi., yozgan she’rlarini o‘quvchisi oson hazm qila olishini istaydi. 
O‘qituvchi o‘quvchilarning lirik qahramon va uning qo‘llanilishi haqidagi fikrlarini 
tinglagandan so‘ng, ularning fikrlariga tuzatishlar kiritadi va fikrlarni umumlashtiradi, boshqa 


340 
she’rlaridan ham misollar keltirib, T.Sodiqovaning o‘zigagina xos bo‘lgan uslub va lirik 
kahramon tavsifini beradi. 
Aytish joizki, til ta’limida she’riyatdan foydalanishning o‘ziga xos samarasi bor. So‘z 
ustida ishlashda, ilmiy va badiiy qarashlarning shakllanishida she’riy satrlar ibrat maktabi 
vazifasini o‘taydi. O‘zbekona lutf bilan aytilgan yuqoridagi she’rlar har bir pedagogga o‘z 
oldidagi vazifani, ya’ni bilim berishni muvaffaqiyatli amalga oshirishga yordam beradi.So‘z 
yaratishda,matnda okkozional so‘zlardan foydalanish esa o‘quvchi nutqini rivojlantiradi, lug‘at 
boyligini oshiradi. O‘quvchilarning so‘z ustida ishlash, uni anglash qobiliyatlarini o‘stirish 
uchun ularga so‘z ustida ishlash topshiriq qilib beriladi. Bunday so‘zlarni topish, izlash 
davomida o‘quvchilar so‘zning lug‘aviy ma’nolarini aniqlaydilar hamda so‘zning grammatik 
ma’nolari ustida ishlaydilar. 
Ma’lumki, so‘z ustida ishlash katta san’at ekanligini o‘quvchilar-talabalarga yetkazish
ularda nafosat tuyg‘usini shakllantirishga imkon beradi. So‘z va tovushlarni o‘z o‘rnida ishlata 
bilishlikda, til qonuniyatlari asosida tushuntirishda maqsad to‘g‘ri belgilanadi.
Barchasmizga ma’lumki, so‘zning asosiy vazifasi axborot almashinuvidan iborat emas. 
Ya’ni so‘zlovchi so‘z aytish bilan o‘z maylini, munosabatini, noroziligini, hayratini, turli ruhiy 
tuyg‘ularini ifoda etadi. So‘z muloqot qiluvchilarning munosabatlarini harakatga keltiruvchi 
vosita hisoblanadi. Shu bois, uning qonun- qoidalariga amal kilish talab etiladi. Shuning uchun 
ham so‘zlash va undan nutqda qanday foydalanish yo‘llarini o‘quvchilarga tushuntirish, uning 
qonun- qoidalaridan ijtimoiy faoliyatda foydalana olish malaka va ko‘nikmalarini o‘rgatish 
foydadan holi emas. Nutq to‘g‘ri ta’minlanishi uchun kishida so‘zni bilish va uni ifoda etish 
qobiliyati kuchli bo‘lishi zaruriy masaladir.
Aytish joizki, til o‘qitish metodikasiga Amerika sotsiolingvistikasida shakllangan 
so‘zlashish metodini (konversatsion tahlil- ing. sopuegeaiop- "so‘zlashish") olib kirish maqsadga 
muvofiqdir. Chunki so‘zlashuv ma’lum qonun- qoidalar asosiga bo‘yinsunmas ekan, u pala-
partish holatga keladi, natijada tushunarsiz fikrlar paydo bo‘ladi. Fikr inson ongida shakllanadi 
hamda u so‘z shakliga kirib, muomala vositasida sifatida namoyon bo‘ladi. Atrofimizdagi voqea-
hodisalarni idrok qilish tafakkur bilan bog‘liq jarayon hisoblanadi. Idrok qilishda esa ijodiy 
fikrlash muhim sanaladi. Fikrlashning qay darajada ekanligi so‘z orqali namoyon bo‘ladi . 
Ma’lumki, hozirda ta’limda pedagogik texnologiyalarni amalda qo‘llashga e’tibor 
kuchayib bormoqda. Chunki bunday texnologiyalarni joriy etish o‘quvchilarni egallayotgan 
bilimlarini o‘zlari qidirib topishlariga, so‘z ma’nosini tahlil qilishga, hukm, xulosalarini keltirib 
chiqarishga o‘rgatadi. Bunday ta’lim shaxsning rivojlanishiga, bilim olishiga sharoit yaratadi. 
Nimani gapirish emas, balki qanday gapirish muhimdir. Ba’zan shunday gaplar qulog‘ingga 
chalinadi: men gapirishga uyalaman. Bunday gapirish albatta so‘z qashshoqligidan, fikrlashning 
torligidan dalolatdir. Zero, faylasuflar ta’kidlaganlaridek, “Miyalarida juda ko‘p fikrlar boru, 
ammo gapga chechan bo‘lmaganliklari uchun so‘zlay olmasliklarini ta’kidlaganlar hali o‘zlarini 
uncha anglay olmagan kishilardir.” (M. Monten) [8.] Zero, fikr inson ongida shakllanadi hamda 
u so‘z shakliga kirib, muomala vositasida sifatida namoyon bo‘ladi. Atrofimizdagi voqea-
hodisalarni idrok qilish tafakkur bilan bog‘liq jarayon hisoblanadi. Fikrlashning qay darajada 
ekanligi so‘z orqali namoyon bo‘lar ekan, demak, so‘z va uning qudratini o‘quvchilarga 
singdirish foydadan holi emas.

Download 5.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   249   250   251   252   253   254   255   256   ...   363




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling