Hamkorlik masalalari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari
Download 5.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Konferensiya materiallari 2022 tahrir yangi xatosiz (2)
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Amini, Muhammad Kozim. Afg‘onistondagi Turkiy matbuotning qisqa tarixiy.-T.: 2018. https://bayanifoundation.com 2. Arol, Azizullah. O‘zbek tili milliy kuni (29-miyzon, 21-oktayar). 29 miyzon O'zbek Tili Milliy Kuni va Maqolar va She'rlar To'plami. Labib M.Olim va boshgalar. Kobul: Afg'oniston,Voja. -T.: 2020.-b.21. 3. Ohang, Muhammad Kozim.1387h.Sayru journalism dar Afg‘oniston, Kobu: bungohi intishoroti Mayvand.safhaho. -T.:2008.- b.30-76. 4. Shar᾽iy Juvzjoni, Sayid Abdulhakim. Avomili uruju nuzuli zaboni Turkiyu O‘zbekiy dar mahdudayi Afg‘niston.-T.:2021. https://www.uzlig.com 5. Nodiri Partov.”chigunagiyi matbuoti Afg‘oniston dar solhoyi ishg‘ol”.- T.:2017.https://partawnaderi.com GLOBALLASHUV VA TILLARNING O‘ZARO TA’SIRI HAQIDA ABOUT GLOBALIZATION AND THE INTERACTION OF LANGUAGES Rushana Nabiyeva Annotation. The article focuses on the issue of borrowed words and their role in filling the vocabulary of the language, and also takes into account the trends in the security and development of languages in the context of globalization. The article analyzes the issue of the semantic development of borrowed words on the example of borrowings from the period of independence. Key words: social development, neologism, globalization, loan word, lexis, language enrichment. Bilamizki, dunyo tarixida xalqlar o‘rtasida o‘zaro turli xil aloqalar mavjud bo‘lgan va ular mazkur xalqlar tillarida ham o‘z aksini topgan. Shuning uchun globallashuv sharoitida ham bu hodisaning yuz berishi tabiiy hol va bu til aloqalarining eng nozik jihatlarini kuzatish, tavsiflash, o‘zbek tilidagi ahamiyati haqida to‘g‘ri hukm chiqarish tilshunoslikning muhim vazifalaridan biridir. Tarixning hamma davrlarida ham u yoki bu til boshqa tilga o‘z ta’sirini o‘tkazib kelgan. Bu savdo-sotiq, yaqin qo‘shnichilik munosabatlari orqali yoki mustamlaka davlatlarga hukmron mamlakatlar tillarining siyosiy tazyiq ostida o‘rgatilishi orqali sodir bo‘lgan. Qozon tilshunoslik maktabining namoyandalaridan biri V.A.Bogoroditskiy o‘z tilini o‘rganishda boshqa tilning ta’sirini hisobga olish zarurligi va uning ahamiyatini qayd qiladi [Богородитский В.А., 1934: 75]. QarDu o‘qituvchisi 348 Tillarni qiyosan o‘rganish bo‘yicha tajribalar eng qadim zamonlarda boshlangan bo‘lishiga qaramay, jahon tilshunosligida tillarning bir-biriga ta’siri muammolari bilan tilshunoslar XIX asr oxiri XX asr boshidan shug‘ullana boshlaganlar. Xususan, G.Shuxardt va I.A.Boduen de Kurtene bir-biridan mustaqil ravishda “tillarning aralashuvi” degan tushunchani tilshunoslikka olib kirganlar. [Щухардт Г, 1950: 362]. G.Paul ham tillarning aralashuvi terminini qo‘llaydi. U mazkur termin ostida bir tilning boshqa tilga ta’siri, bir shevaning o‘zga shevaga ta’siri, shuningdek, rivojlanishining oldingi bosqichlarida yo‘qotgan materialni tilda yana qayta o‘zlashtirilishi kabi hodisalarni tushunadi. G.Paul tillarning o‘zaro ta’siri haqidagi fikrlarga munosabat bildirgan holda, o‘z navbatida bilingvizmning paydo bo‘lish jarayoni, sabab va oqibatlari, ta’sir darajasi xususida atroflicha to‘xtalgan. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, u diqqatini tilning leksik sathiga qaratgan [Пауль Г., 1960: 459] . Til aloqalarining boshqa sathlarga ta’siri haqida esa umumiy fikrlarni aytish bilan chegaralangan. Tillarning o‘zaro ta’siri, bir tildan boshqa tilga lisoniy birliklarning o‘zlashishi masalalari N.V.Yushmanov tadqiqotlarida ham e’tiborli o‘rinda bo‘lgan. Tillarning chatishuvi va o‘zaro aloqasida uch xil nuqtayi nazar farqlanadi. Birinchi qarash tarafdorlari (A.Shlixer, M.Myuller, qisman A.Meyye) bir til tizimining bir qancha tizimlari ta’sirida shakllanganini istisno qilgan holda tillar chatishuvini inkor etadilar. Ikkinchi qarash tarafdorlari (G.Shuxardt, V.Pizani, Jonfante va boshqalar) uchun tillar chatishuvi hech qanday to‘siq bilmaydigan doimiy va keng ko‘lamli jarayon. Uchinchi qarash tarafdorlari (I.V.Boduen de Kurtene, V.A.Bogoroditskiy, L.V.Shcherba, B.Y.Vladimirsov, A.Rosetti) nisbatan asosli fikrga ega bo‘lib, tillar chatishuviga geografik, madaniy yaqinlik, savdo aloqalari, qabila-elat va xalqlarning munosabatga kirishuvi asosida yuzaga keladigan real tarixiy fakt deb qarashadi. Ularning fikricha, chatishuv qaysi darajada bo‘lmasin, shu chatishgan til asosidagi qadimiy tilni ajratish mumkin bo‘ladi [ Щербак А.М., 1977.119] . Tillarning bir-biriga o‘zaro ta’siri to‘xtovsiz sodir bo‘lib boradigan, hech qanday chegara, cheklovlarni tan olmaydigan hodisa bo‘lib, jamiyat ehtiyojlari rivojlanishining obyektiv qonunlariga asoslanadi va bu turli tillarda har xil shakl va darajada sodir bo‘ladi. Xalqlarning iqtisodiy, madaniy, siyosiy aloqaga kirishuvi tillarning ta’sir darajasini ham oshiradi. V.Y.Rozensveyg ta’kidlaganidek, “qiyosiy-tarixiy tadqiqotlar munosabati bilan tilshunoslar e’tiborini o‘ziga jalb qilgan til aloqalari bugungi kunda nafaqat lingvistikaning sof nazariy masalasi, balki jamiyat va davlat darajasidagi siyosiy masalalardan biriga aylandi, Osiyo va Afrikaning ko‘p davlatlari uchun esa hozirgi kunda barchani qiziqtiradigan asosiy masala bo‘lib qoldi”. Tillarning o‘zaro ta’siri til kontakti, blingvizm kabi hodisalar bilan chambarchas bog‘liq. Ammo bu hodisalardan farq qiladi. Ikki va undan ortiq tillarning fonetik, leksik-semantik hamda sintaktik tuzilishiga ta’sir qiluvchi tillarning o‘zaro aloqalari va munosabatlari til kontaktlari deb yuritilsa, bilingvizm ikki tillik demakdir. Xulosa qilib aytganda, bir tilning ikkinchi tilga ta’sir etishi keng ko‘lamli ijtimoiy- nolisoniy va sotsial-lisoniy hodisa bo‘lib, tillarning o‘zaro ta’siri masalasi aynan globallashuv jarayoni orqali yuzaga chiqadi. Download 5.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling