Hamkorlik masalalari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari


Download 5.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet269/363
Sana02.12.2023
Hajmi5.91 Mb.
#1780763
1   ...   265   266   267   268   269   270   271   272   ...   363
Bog'liq
Konferensiya materiallari 2022 tahrir yangi xatosiz (2)

al- fe'liga ham yuklagan: Jālut ham ilgäri keldi, аydï: ne birlä urušursen? (133v3); Ellik-ellik 
birlä ilik аlïšïp, аtlar yarïšïp, аrqïš tüšgän yergä keldilär (76r2).  
24. «Birovning nomini eslamoq, yo‘qlamoq»: Rasulnï, аndağ dušman erdikim, аtïn 
аğzïnğа аlmas erdi (196r19). 
25. «Judo qilmoq, ayirmoq»: Yа’ni mäŋä bir mu’jizа körgüzgil, yoq ersä, bašïŋnï 
аlurman tedi (208r14). 
26. «Asir olmoq»: Rasul аlаyhis-sаlām sаhābаlar birlä ularnïŋ хаtunlarïn, оğul-qïzlarïn 
bulun аlïb keldilär (230r7). 
27. «Qo‘ynig‘a olmoq»: Тelim vaqtlarda kördüm Мustafā аlayhis-sаlām Hasan vа 
Husaynni qoynïŋa аlïp, qutluğ ağzïn ularnïŋ аğzïnğa qozar erdi (243v18). 
28. «Vafot etmoq»: Dāvud оrnïğа kelip sаğ qolïn üzä yattï, Аzrāil jānïn аldï (137r3 ). 
аl-  fe'li ko‘makchi fe’l shaklida ham keng qo‘llaniladi: 
29. «Namuna, ibrat olmoq»: Qamuğ хаlāyiq Маvlā qudratïn bilsünlär, öz ājizlïqlarïn
äŋläsunlär, ibrat аlsunlar… (138v19). 
30. Qissada «sevib qolmoq, oshiq bo‘lmoq» semasi sew- fe’li yordamida ochib berilgan:
Hadiča Мuhammadnï sewdi nubuvvat körmäsdän burun (189r1). Ayni paytda zikr etilgan ma'no 
al- leksemasi orqali ham ifodalangan: Dāvud ul sačnï, ul körkni körüb köŋül аldurdï (135r9).
31. «O‘ch olmoq»: İlāhi banu qurayzadan öčümni аlmağunča jānïmnï аlmağïl 
(229v16).  

«Biror narsani ushlab yoki tutib qo‘lga kiritmoq» o‘rganilayotgan fe'lning dastlabki 


ma'nosi bo‘lib, qolganlari hosila ma'nolar hisoblanadi. 
Artat- fe'li qadimgi turkiy til obidalari va Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig” 
dostonida: 1) “nobud qilmoq”; 2) “vayron qilmoq, yo‘q qilmoq”; 3) “sarf qilmoq, xarjlamoq”; 4) 
“buzmoq”; 5) “buzib ko‘rsatmoq, noto‘g‘ri talqin qilmoq” (ko‘chma ma'noda); 6) “parchalamoq, 
yo‘ldan ozdirmoq” (ДТС,127) semalarini ifodalagan. Leksema “Tafsir”, XIV asr Xorazm 
yodnomalarida uchramasa-da, tadqiqot obyekti qilib olingan manbada o‘zining birgina, ya'ni 
“buzmoq” ma'nosida ishlatilgan: Аnïŋ üčün kim Rasul yarlïqadï: men nаmāz qïlurdа bir dev 
kirdi namāzïmnï аrtаtğаlï... (146r13). Бу ўринда мазкур сўз buz- феъли билан маънодошлик 
қаторини юзага келтирган: Qurtqа buzar miŋ išni qayrа tüzär tiläsä (80v14).
Ko‘rinib turibdiki, “Qisasi Rabg‘uziy” asari tilida fe'lning birgina, ya'ni to‘rtinchi ma'nosi 
uchraydi, denotativ ma'nosi va undan o‘sib chiqqan qolgan semalari ko‘zga tashlanmaydi.
Binobarin, XIV asrga kelib, artat- fe'li avval buz- leksemasi bilan sinonim sifatida qo‘llanilgan 
bo‘lsa, so‘ngra esa ushbu so‘zga o‘rnini butunlay bo‘shatib bergan.
Tegin- fe'li “yetmoq, erishmoq” ma'nosida ilk bor Turfon matnlarida qo‘llangan: Qayu 
tïnlïğ аtqа teginsär – Kim o‘sha shon-shuhratga erishadi (ДТС,547). Uyg‘ur yozuvida bitilgan 
budda yodnomalarida leksemaning “boshidan kechirmoq, yo‘liqmoq”, “sazovor bo‘lmoq, 
munosib ko‘rilmoq” semalari yuzaga chiqadi: Аzun аzuntа uzun ödün teginürlär – Umr mavjud 
bir shakldan boshqasiga o‘tish davrida uzoq vaqt qiyinchiliklarni boshdan kechiradi (ДТС,547); 
İnčïp burxan qaŋïmïznï körÿr biz nomïn ešitü teginür biz shunday qilib, buddani ko‘ramiz va 
o‘gitlarini eshitish sharafiga muyassar bo‘lamiz (ДТС,548). Tadqiq etilayotgan asarda so‘zning 
dastlabki semasi saqlanib qolgan: Bu köŋlüm murādğа teginmäk tilär (76v2). Ayni paytda 
leksema yet- fe'li bilan ma'nodoshlik qatorini yuzaga keltirgan: İbrāhim kenddin čïqdï yābānğа 
yetdi (39v1). “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da tegin- fe'li shunday izohlanadi: daxl qilmoq, 
tutinmoq; gap-so‘z yoki qo‘l bilan tegmoq (ЎТИЛ,IV,46). Ayon bo‘ladiki, bugunga kelib, 
mazkur fe'lning ma'nosi o‘zgarib, yangi sema kasb etgan, u ifodalagan ma'no esa yet- va erish- 
leksemalariga yuklangan.
Mahmud Koshg‘ariy o‘z lug‘atida čarlа- fe'lining “chinqirib yig‘lamoq, qichqirib 
yig‘lamoq”, “baqirmoq, jar solmoq” (filga nisbatan) ma'nolarini qayd etadi: Оğlan čarladï –  
bola yig‘ladi; yaŋan čarladï fil jar soldi. Ayni paytda, muallif filning baqirishi ma'nosida 

Download 5.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   265   266   267   268   269   270   271   272   ...   363




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling