Hamkorlik masalalari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari


Download 5.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet270/363
Sana02.12.2023
Hajmi5.91 Mb.
#1780763
1   ...   266   267   268   269   270   271   272   273   ...   363
Bog'liq
Konferensiya materiallari 2022 tahrir yangi xatosiz (2)

čarladï so‘zi bilan birga uning čuğladï shakli ham qo‘llanilganligini ta'kidlab o‘tadi 
(ДЛТ,III,310). Leksema “O‘g‘uznoma” dostonida “chorlamoq, chaqirmoq” tushunchasini 


361 
anglatgan: Аqаlаrnï inilärni čarlap keltürdi – U aka va ukalarini chaqirdi (ДТС,141).
Rabg‘uziy asarida mazkur fe'l monosemantlikka qarab siljiydi va asosan “qichqirmoq, 
baqirmoq” semasini bildirgan: Qačan tuğsa bu xorus čaqïrur аnïŋ ünin ešitip iki miŋ хоrus 
čarlar, аndа bu хаlāyiq аŋа sajdа qïlurlar (141v5). Bu o‘rinda leksema qïčqïr- fe'li bilan 
ma'nodoshlik qatorini yuzaga keltirgan: İblis bildi kim sözin tiŋlämäs, säkrädi bir qïčqïrdï sïğïr 
ürkti, qačtï (128v11).
Urun- fe'li birinchi marta “Qutadg‘u bilig” dostonida “yopishmoq, surkalmoq, pinjiga 
kirmoq” ma'nosini ifodalagan: Bağïrsaqnï bilsä baqïrqa urun –  Agar mehribon topsang, uning 
pinjiga kir (ДТС,615). Mahmud Koshg‘ariy lug‘atida uning a) “o‘ramoq”; b) “umidsizlanmoq”; 
v) “qo‘zg‘almoq, tarang bo‘lmoq” semalari uchraydi: Er suwluq urundï –  Er kishi boshiga salla 
o‘radi; Оl özin urundï – U umidsizlikka tushdi (I,209-210). Tekshirilayotgan yodnomada 
fe'lning “o‘ramoq” semasi bilan birga, yangi “kiymoq” ma'nosini ham ko‘rish mumkin. Yašmaq 
bašïğa urundïlar (29v12); Rasul аlаyhissаlām ewgä kirdi, iki yarïq kizdi, yašïq urundï yalğïz 
аtlandï (225r9). Bu o‘rinda fe'l kiy- so‘ziga sinonim tarzida ishlatilgan: Yusuf taxt üzä оlturur 
bašïnğa tāj kiyip (89v16). Ma'lum bo‘ladiki, leksemaning ilk va boshqa hosila ma'nolari 
iste'moldan chiqib ketgan. Natijada XIV asrga kelib, “o‘ramoq” denotativ ma'no kasb etgan.
“Tomchi yoki zarra holatida havodan uzluksiz tushib turmoq” ma'nosiga ega yağ- fe'li 
dastavval Urxun-yenisey bitigtoshlarida ko‘zga tashlanadi: ...Qarа bulut yorïdï qamïğ üzä yağdï 
Qaro bulut qopladi, hamma joyga yomg‘ir yog‘di (ДТС,223). Mahmud Koshg‘ariyning 
lug‘atida ushbu fe'l ayni ma'nosini saqlash bilan birga, yangi “tushmoq”; “kelmoq”
(ДЛТ,III,68), “yog‘ilmoq” (ko‘chma) ma'nolarini ifodalash uchun xizmat qilgan (ДТС,224).
Qissa leksikasida so‘zning dastlabki ikkita semasi ishlatilib, qolgan hosila ma'nolari
uchramaydi: Yağdï yağmur esdi yellär аstïn üstin аltï ay (22v14); Тünlä šakar yağar оn kün 
yegüčä terärlär (118v8). Bu o‘rinda leksema tüš- fe'liga sinonim tarzida qo‘llangan: Suwdïn 
kečärdä аltunnï suwğа tüšürdi (164r4). 
Аč- fe'li qadimgi turkiy til yodnomalari hamda X1 asr manbalarida “ochmoq”, 
“tarqatmoq”, “bo‘shatmoq, yechmoq”, “yo‘l ochmoq”, “bosmoq, egallamoq”, “hal etmoq”, “suv 
sepmoq”, “ishonmoq” (ДТС,3) semalarida ishlatilgan. «Tafsir» da leksemaning «ochmoq»: Аli 
qabuğ аčdï (27,16); «bosmoq, egallamoq»: Qaydа šaharlär bar ärsä аčdï (50,5) ma'nolariga 
duch kelamiz. Ushbu so‘z qissa lug‘at tarkibida quyidagicha ma'no kasb etgan: 
1) “yo‘lni to‘sib turgan narsani bir tomonga surib, ko‘tarib qo‘yib, kirish yoki chiqishga imkon 
tug‘dirmoq”: Urağut ešik ačtï ikägü kirdilär (134r15); 
2) “og‘zini berkitib turgan tiqin, qopqoqni sug‘urib olmoq”: Аydï bir uluğ čanaq kördüm 
tolа suw ağzï örtüglüg аnï аldïm аğzïn аčtïm (217v13); 
3) “o‘rab, qoplab turgan narsadan xalos bo‘lmoq”: Hadiča aydï: аndïn bildimkim keldi 
tegäniŋdä bašïmnï ačdïm ketti tediŋ, bildimkim farišna turur (194r2); 
4) “ko‘tarmoq yoki olib tashlamoq”: Yeti yer hijābïn аčdï Маvlāmiz аŋа (37v13); 
5) “to‘siqni olib tashlamoq, yurish uchun imkon bermoq”: Yignä yürtükinčä yeldin 
Ādiylarğа yol ačïp (29r9); 
6) “yozmoq, yoymoq, kermoq”: Ul qağaznï аčïp körsälär bu kalima bitiglig bolğay 
(53r15); 
7) “fosh qilmoq”: Маlum boldïkim kimniŋ аybïn аčsа ul yana ul aybğa mubtalā bolur 
ermiš (26r16); 
8) “ro‘zani ochmoq”: Kündüz roza tuttïlar ağïz ačğu vaqt bolsa, jadiy аtlïğ kök оt 
keltürdilär, аğïz аčtïlar (170r17); 
9) “kishi bilishga qiziqqan noma'lum voqea, hodisalarni go‘yo oldindan aytib berishga 
urinmoq, fol ochmoq”: Мunï yaxšïmu qïldïm, yawuzmu qïldïm biläyin tep, Мushab аldï fāl аčtï 
(248v14); 
10) “tuzalmoq, o‘ziga kelmoq, kasaldan ko‘zini ochmoq”: Üč kündin sоŋ terisi 
küčländi, közin аčtï (165r5); 
11) turg‘un birikma tarkibida kelib, “bir lahzada, bir zumda” ma'nosini anglatadi: Мikāil 
qanatï birlä köz yumup аčğunčа оn yïğačlïq yergä eltib qoδdï (61r7); 


362 
12) “oshkor qilmoq”: Маvlā tааlā ilm-u hikmat birlä yalawačlïq qamuğïn Sulaymānğа 
аčа berdi (138r19). 
Turfon matnlari, “Oltun yorug‘” yodgorligi va X1 asr obidalarida čal- fe'lining “urmoq”, 
“tashlamoq” (ko‘chma ma'noda) ma'nolari aks etganligini “Qadimgi turkiy lug‘at”dan bilib olish 
mumkin (ДТС,137). Qutbning “Xusrav va Shirin” dostonida “tashlamoq” (XIII, 95а18),
“musiqa asbobida kuy ijro etmoq” (101a21) ma'nolari qayd etilgan. Tekshirilayotgan qissada 
mazkur fe'lning 1) “urmoq”: Bïčaqnï tašğa čaldï yïğlayu āğāz qïldï (51r8); 2) “tashlamoq”: 
Тäŋri farmānï birlä Qābilnïŋ аδаqïn tutup yeti yolï mašriqdïn mağribğа tegi öwürdi yergä čaldï 
(17v16); 3) “yiqitmoq”: Qačan аtаlаrï közindin аyrïldïlar ersä Yusufnï yergä čaldïlar (69v6); 4)
“musiqa asbobida kuy ijro etmoq”: Аbujahl аydï: qopuŋ Badr quδuğïğа barïp zuvnï аlаlïŋ, хаmr 
ičäliŋ, nay čalalïŋ... (221r15); 5) “yo‘ldan urmoq”: Rasul aydï: telbä ermäsmen, div pari 
čalmadï, māl qaδğusï yoq (203а10) semalari mavjud. Kezi kelganda, ta'kidlash joizki, leksema 
dastlabki uchta ma'nosi orqali ur-, tašla-, yïq- fe'llari bilan sinonimik qatorni yuzaga keltirgan: 
Yusuf аydï: bizniŋ törämizdä оğrïnïŋ ilin kesmäk, bergä urmaq, māl аlmaq turur (97r19); Jabrāil 
tepdi ersä qïrа suwğa tegi indi taš tašladï (61r16); Оğlanğa аydï: men sïğïrčï men sïğïr minip 
kelürdä sïğïr meni yïqïp qačtï (128v7). 
Darhaqiqat, har bir so‘z dastlab muayyan ma'noni ifodalaydi. Keyinchalik tarixiy 
taraqqiyot, fan-texnikaning takomillashuvi, semantik ko‘chish natijasida qo‘shimcha yangi 
semalar kasb etib, iste'mol doirasi kengayib boradi. Binobarin, ko‘p ma'nolilik til rivojida katta 
o‘rin tutib, uning lug‘at tarkibining boyishiga ulkan hissa qo‘shadi.

Download 5.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   266   267   268   269   270   271   272   273   ...   363




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling