344
O‘zbek tilidagi egalik va shaxs-son qo‘shimchalari koreys tilida mavjud emas.
Koreys tilida
egalik shakli faqat qaratqich kelishigi qo‘shimchasi yordamida hosil qilinadi. Shu bois ona tilisi
koreys tili bo‘lgan so‘zlashuvchilar uchun o‘zbek tilidagi egalik qo‘shimchalarini o‘zlashtirish
oson emas. Ikki til o‘rtasidagi o‘zaro farqni quyidagi [3-jadval] orqali ham yaqqol ko‘rish
mumkin.
[3-jadval]. Koreys tilidai egalik
shaklining hosil qilinishi
kishilik olmoshi + qaratqich kelishigi qo‘shimchasi + ot so‘z turkumidagi so‘z
Misol: 나의 책 (my book)
Shaxs
Birlik
Ko‘plik
1-shaxs
나+의
나의 책
우리+의
우리의 책
2-shaxs
너+의
너의 책
당신/너희들+의 당신/너희들의 책
3-shaxs
그/그녀+의
그/그녀의 책
그들+의
그들의 책
[4-jadval]. O‘zbek tilida egalik shaklining hosil qilinishi
Kishilik olmoshi + qaratqich kelishigi qo‘shimchasi + ot so‘z turkumidagi so‘z + egalik
qo‘shimchasi
Misol: mening
kitobim
Shaxs
Birlik
Ko‘plik
1-shaxs
Men+ning
Mening kitobim
Biz+ning
Bizning kitobimiz
2-shaxs
Sen+ning
Sening kitobing
Siz+ning
Sizning kitobingiz
3-shaxs
U+ning
Uning kitobi
Ular+ning
Ularning kitoblari
IV. Xulosa
Ushbu tadqiqotda Janubiy Koreyadagi Hankuk Chet tillari universiteti misolida o‘zbek tili
ta’limi jarayoni o‘rganildi va bu jarayondagi muammolar tahlil qilindi. Tadqiqot natijasiga ko‘ra,
Janubiy Koreyaning Hankuk Chet tillari universitetidagi o‘zbek tilini o‘rganuvchi
koreys
talabalarida o‘zbek tilini o‘rganishda, asosan, ikki xil muammo kuzatildi.
Birinchisi,
fonetik
muammo boʻlib, bu koreys tilidan farq qiluvchi o‘zbek tilining talaffuz tizimi va boʻgʻin tuzilishi
oqibatida yuzaga kelishi aniqlandi.
Ikkinchisi, grammatik muammo bo‘lib,
bunday muammo,
asosan, egalik va kelishik qo‘shimchalarini qo‘llashda yuzaga kelishi aniqlandi.
Ushbu tadqiqot xorijdagi o‘zbek tili ta’limi jarayonini o‘rganish, bu jarayondagi muammolarni
tahlil qilish va bartaraf etishda muhim manba vazifasini o‘taydi.
Do'stlaringiz bilan baham: