Hamkorlik masalalari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari


Download 5.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet289/363
Sana02.12.2023
Hajmi5.91 Mb.
#1780763
1   ...   285   286   287   288   289   290   291   292   ...   363
Bog'liq
Konferensiya materiallari 2022 tahrir yangi xatosiz (2)

kuliklash (O‘TILda kulliklash) (160), ko‘gan (160), ko‘ganlamoq (160), ko‘kay (160), ko‘lik 
(161), meng (162), mengzamoq (162), sermamoq (168), chakana (aholining kichik mollari suruvi 
ma’nosida) (173), cho‘lpi (175), shivit (175), shumqadam (176), qoruvli (179), havasak (181) 
kabi so‘zlar kiritilgan. Keyingi nashrga kiritilgan ushbu so‘zlardan ijikilamoq, kadi, ko‘kay, 
ko‘lik, mengzamoq, sermamoq, ulgi, chakana, shivit, havasak kabi so‘zlarnigina sheva so‘zi deb 
baholanishi ham yuqorida qayd etilgan boshqa so‘zlarning adabiy til leksikasida allaqachon 
barqarorlashib ulgurganligini tasdiqlaydi.
O‘TILning har ikki nusxasini taqqoslab, uning keyingi nashrida tavsiflangan so‘zlar 
tarkibida so‘zlashuv va shevaga xos so‘zlar ulushi ortganligini kuzatish mumkin (bizning hisob-
kitobimiz bo‘yicha keyingi nashrdagi O‘TILda 1550 ta so‘zlashuvga xos va 1177 ta shevaga xos 
so‘z qayd etilgan). Mazkur miqdor keng imkoniyatli va ko‘p dialektli o‘zbek tili uchun 
qanoatlanarli emas, bizningcha.
Shevalar leksikasini O‘TIL bilan qiyoslash asosida adabiy til leksikasidan joy olmagan 
juda ko‘p so‘zlarni aniqlash mumkin. Biroq mazkur so‘zlar (va ular ifodalaydigan 
tushunchalar)ning adabiy til uchun qay darajada ahamiyatli ekanligini belgilash ancha mushkul. 
Bunday vaziyatda lisoniy birliklarning adabiy norma darajasiga ko‘tarilishi va bunga ta’sir 
etuvchi omillarni ham bilish talab qilinadi. Zero, adabiy me’yor darajasiga chiqa olmaydigan 
so‘zlar bilan adabiy tildagi leksik bo’shliqlarni to‘ldirishga urinish bema’ni ishdir. 
“Umuman, adabiy tilning dialektal va so‘zlashuv tili leksikasi hisobiga boyish protsessi 
nuqtayi nazaridan dialektal va so‘zlashuv tiliga oid so‘zlarni quyidagi uch qatlamga ajratish 
mumkin: 1) dialektlarga va so‘zlashuv tiligagina xos bo‘lib qoladigan so‘zlar (masalan, innaykin, 
(adabiy tilda undan keyin), ja (adabiy tilda juda)); 2) adabiy tilga o‘tish protsessidagi so‘zlar; 3) 
adabiy tilga o‘tgan so‘zlar” [O‘TIL, 2006: 6]. Mazkur tasnifdagi birinchi toifa so‘zlar 
adabiylashishga loyiq emas. Uchinchi toifa esa adabiylashib bo‘lgan so‘zlar. Demak, shu ikki 
toifaning o‘rtasidagi oraliq ikkinchi toifa, ya’ni adabiy tilga o‘tish jarayonidagi (o‘tishi mumkin 
bo‘lgan) so‘zlarni adabiy til uchun lakunar birlik sifatida baholash mumkin. Biroq ularning 
adabiylashish yoki “unutilish” taqdirini belgilash oson emas. 
Lug‘atchilik tamoyillariga ko‘ra “so‘zlashuv tilidagi va dialektal so‘zlardan lug‘atga 
quyidagilar kiritiladi:
a) so‘zlashuvda keng qo‘llaniladigan va yozma adabiyotda ham ko‘p uchraydigan so‘zlar: 
zap, rosa, paqqos, unaqa, shunaqangi, boplamoq, qotirmoq
b) adabiy tilda parallel qo‘llanadigan sinonimik so‘zlar: narvon – shoti, so‘ri – karovat – 
chorpoya va shu kabilar;
v) yozma adabiyotda qayd etilmagan, ammo adabiy tilda paralleli (muqobili – A.H) 
bo‘lmagan so‘zlar: yelvizak, oydin, chaptar, so‘g‘on va shu kabilar;
g) ayrim joylargagina xos bo‘lsa-da, yozma adabiyotda uchraydigan (tetapoya, atak-
chechak va shu kabilar) va adabiy tilda paralleli bo‘lmagan so‘zlar: negov, qaqas (Farg‘ona), 
kamgak (Toshkent) va shu kabilar” [O‘TIL, 1981: 4]. Mazkur tasnifning “v” hamda “g” bandi 
bevosita adabiy til uchun lakunar birlik bo‘lgan so‘zlarni nazarda tutadi. Aslida, bu tipdagi 


387 
so‘zlarning adabiy tildagi bo‘shliqlarni to‘ldirishi va shu orqali tilning ifoda imkoniyatlarini 
oshirishi juda erta anglangan. Biroq bunday so‘zlarni adabiylashtirish borasida lug‘atchilik 
tajribalari maqtashga arzigulik emas. Aksincha, bu tip so‘zlarning adabiylashuvida so‘z ustalari 
va OAVning tashabbuskorligi lug‘atshunos va tilshunoslarnikidan samaraliroq kechgan. 
Vaholanki, bu borada milliy tilshunoslikda dialektologik manbalar va tajribalar yetarlicha 
topiladi. 
Ma’lumki, tilning leksik me’yorlarini tavsiflovchi izohli lug‘atlar juda katta mehnat 
evaziga maydonga keladi. Ayniqsa, unga so‘zlashuv va shevaga xos so‘zlarni tanlab kiritish 
lug‘atshunoslardan katta sinchkovlik va ziyraklik talab qiladi. 1981-2006-yillar oralig‘ida tarixiy 
vaziyat taqozosi bilan jamiyatning ma’naviy, iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy hayotida juda katta 
o‘zgarishlar, yangilanishlar sodir bo‘lgan va tabiiyki, bu o‘zgarishlar til leksikasida ham aks 
etgan. Biroq lug‘atshunoslikning o‘ziga xos talablari asosida bu o‘zgarishlarning ayrimlari 
O‘TILda aks etmagan. Shu narsa aniqki, “eng mukammal tuzilgan lug‘atlar ham barcha so‘zlarni 
qamrab ololmaydi. Chunki tilning asta-sekin rivojlanish jarayonida uning lug‘at sostavi ham 
takomillashib boradi” [Ma’rupov, 1964: 11]. Shundan kelib chiqib, bugungi kunda zarur 
ahamiyatga ega bo‘lgan tushunchalarni nomlovchi ko‘plab so‘zlar O‘TILga kiritilishi kerak. 

Download 5.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   285   286   287   288   289   290   291   292   ...   363




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling