Hamkorlik masalalari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari


Download 5.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet297/363
Sana02.12.2023
Hajmi5.91 Mb.
#1780763
1   ...   293   294   295   296   297   298   299   300   ...   363
Bog'liq
Konferensiya materiallari 2022 tahrir yangi xatosiz (2)

 
 
1XIV asrning II yarmiga oid turkiy yozma manbalar tarixiy-adabiy jihatdan tahlil 
qilingan manbalar va tadqiqotlar. XIV asr yozma manbalarini tarixiy jihatdan o‘rganishga 
qaratilgan ishlar mavjud va ayni davrga oid tarixiy hujjatlar ham ma’lum darajada tadqiq 
qilingan. Ular sirasiga sankt-peterburglik tarixchi A.P. Grigorov, qozonlik M.Usmanov 
izlanishlari hamda turkiyalik tadqiqotchi Malak O‘zyetgan ilmiy ishlarini qayd etish mumkin. Bu 
sohada o‘zbek tilshunoslaridan H.Dadaboyev, Q.Sodiqov, Q.Omonovlar tadqiqot olib borgan.
2. XIV asrga oid turkiy yozma manbalar adabiy jihatdan tahlil qilingan tadqiqotlar. 
Bu davrda yashagan ijodkorlar hayoti va adabiy merosini o‘rganishga qaratilgan ilmiy 
tadqiqotlar XX asr boshlarida amalga oshirilgan va bu izlanishlar ko‘lami kengligi bilan ajralib 
turadi. S.Qosimov nomzodlik ishida Xorazmiy hayoti va ijodini chuqur tadqiq qilgan. 
Dissertatsiyada XIV asrda yozilgan manbalar sifatida “Qisasi Rabg‘uziy”, “Nafj ul-farodis” 
(1357 – 1359-yillarda Oltin O‘rda xoni Berdibek zamonida yozilgan), “Xusrav va Shirin”, 
“Gulistoni bit-turkiy”, “Latofatnoma” asarlari sanab o‘tilgan.
XIV asrning ikkinchi yarmidagi adabiy hayot haqida Fuod Ko‘prulizoda, Hifzi Tavfiq
Hasan Uli, Turi Yujef, Fitrat, Hodi Zarif, A.Najib, J.Sharipov va boshqalarning tadqiqot hamda 
maqolalarida ma’lumotlar bor. Qozoq olimasi A.Kraubayeva tadqiqotida “Qisasi Rabg‘uziy” va 
“Muhabbatnoma” badiiyatini o‘rgangan. Shuningdek, N.Davron Sayfi Saroyi merosini tadqiq 
etdi. Olim Sayfi Saroyi hayoti va ijodini keng qamrovli o‘rgangan, qolaversa, “Yodgornoma” 
bayozini qo‘lga kiritib, ilm ahliga ma’lum qilgan. “Gulistoni bit-turkiy” tarjimasining har bir 
bobi Sa’diy “Guliston”i bilan qiyoslanib, Sayfi Saroyi kiritgan o‘zgarishlar ko‘rsatib o‘tilgan va 
asarning erkin tarjima ekanligi isbotlangan. 
M.A.G‘anixonov tadqiqoti asarlarni ham matnshunoslik, ham adabiyotshunoslik nuqtayi 
nazaridan o‘rganishga qaratilgan bo‘lib, tadqiqotchi o‘z izlanishi davomida Nizomiy Ganjaviy 

Alisher Navoiy nomidagi TDO‘TAU tayanch doktoranti 


395 
dostoni va Qutb tarjimasini ham matniy, ham badiiy jihatdan qiyoslaydi va farqli jihatlarini, 
Qutbning tarjimada erishgan yutuqlarini ko‘rsatib o‘tadi. Tadqiqotda “Qutb Nizomiy dostonidagi 
maqol va obrazli iboralar tabiatini tarjimaga o‘tkaza olgan”i, “buning uchun u goh o‘sha 
asliyatdagi maqol yo iboraning o‘zini tarjima qilsa, ba’zan ularni turkona muqobili bilan 
almashtirgan”i, “ba’zi o‘rinlarda esa o‘zidan yangi maqol yo ibora ham qo‘shgan” i asosli 
dalillar bilan ko‘rsatib o‘tilgan.
XIV asr manbalarining adabiy-badiiy xususiyatlari til jihatlari bilan bevosita bog‘liq. 

Download 5.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   293   294   295   296   297   298   299   300   ...   363




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling