Hamkorlik masalalari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari
Download 5.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Konferensiya materiallari 2022 tahrir yangi xatosiz (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- OʻZBEK ADABIY TILIDA TAOM NOMLARINING OʻRGANILISH TENDENSIYALARI STUDYING TRENDS OF FOOD NAMES IN UZBEK LITERARY LANGUAGE Qahramon Roʻziyev
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Ashirboyev S. Qutbning “Xusrav va Shirin” dostoni va o‘zbek adabiy tili. T.- “O‘qituvchi”. 1997. 22 bet. krill 2. Дадабаев Х. Военная лексика в староузбекском языке. Автореф. Дисс... канд.фолол.наук. –Ташкент, 1981. С. 21. 3. Davron N. Sayfi Saroyining adabiy faoliyati. Filol.fanlari kandidati...diss. –T., 1967. 4. Grekov B., Yakubovskiy A. Oltin O‘rda va uning qulashi. –Toshkent, 1956. Krill 5. Фазылов Э. Староузбекский язык. Хорезмийские памятники XIV века. T.I-II. – Tашкент: Фан, 1966-1971. T.I. 1966. -652с. T.II. 1971. -383с OʻZBEK ADABIY TILIDA TAOM NOMLARINING OʻRGANILISH TENDENSIYALARI STUDYING TRENDS OF FOOD NAMES IN UZBEK LITERARY LANGUAGE Qahramon Roʻziyev Annotation. This article discusses the use of food names in the history of the Uzbek language, especially in the works of Mahmud Kashgari "Devonu Lugotit Turk" and Alisher Navoi. Also, scientists who conducted scientific research on this topic in our modern linguistics and their scientific views are described. Information about the stages of study of this field is provided. Key words: the use of food names in the work "Devonu Lugotit Turk", food names in the works of A. Navoi, Turkish food names, lexical-semantic groups of food names. Inson jamiyatda yashar ekan, shu jamiyatda aqliy va jismoniy faoliyat bilan shug‘ullanadi. O‘z mehnati bilan jamiyatga moddiy va ma’naviy hissa qo‘shadi. Ana shu mehnatni amalga oshirish jarayonida insonga kuch-quvvat kerak. Tabiiyki, insonlar bu kuch- quvvatni oziq-ovqat mahsulotlaridan oladi. Shu ma’noda, Abu Ali ibn Sinoning “Ba’zilar ovqatlanish uchungina yashaydilar, men esa yashash uchun ovqatlanaman”,– degan so‘zlari mutlaqo to‘g‘ri bo‘lib, insonning yashashdan maqsadi faqat taom tanavul qilish emas, aksincha, yashash uchun iste’moq qilish oliy maqsaddir. Muayyan xalq tilning rivojlanishi va boyib borishida terminologiya sohasi alohida ahamiyat kasb etadi. Hozirgi vaqtda oʻzbek terminologiyasi har tomonlama shahdam qadamlar bilan taraqqiy etmoqda. Shu o'rinda, xalqning tarixi, an’ana-udumlari bilan oshpazlik terminologiyasi ham bundan mustasno emas. Taom tayyorlash, uni iste’mol qilish har bir xalqning madaniyati, yashash sharoiti, iqlimi, mehnat faoliyatidan kelib chiqqan holda turlicha san’atdir. Bir xildagi taom mahsulotini ikki xalq vakiliga bersangiz, oʻzgacha ikki xil taom tayyorlashadi. Taom tayyorlash ibtidoiy jamoa tuzumida kelib chiqqan deyish mumkin. Bu davrda odamlar olovni kashf etganlar, baliq, turli hayvonlarni ovlab pishirib, ovqat sifatida iste’mol qila boshlaganlar. Olovdan foydalanish natijasida odamlar har xil hayvon va oʻsimliklarning ozuqalik sifatini ajrata oladigan boʻlganlar, shu bilan birga taomlarning har xil turlarini kashf etishgan. Oʻzbekiston hududida asrlar davomida dehqonchilik, bogʻdorchilik, chorvachilik taraqqiy etgan. Chorvachilik, bogʻdorchilik va dehqonchilik mahsulotlarining mavjudligi oshpazlikni avvaldagiga qaraganda birmuncha rivojlanishiga sabab boʻlgan. Oʻzbeklarning “tandir kabob”, “koʻmma qorin”, “qovurdoq” va dehqonchilik mahsulotlaridan tayyorlanadigan turli suyuq va yovgʻon ovqatlari, “koʻmoch” va har xil nonlar oʻsha davrlarda kelib chiqqan. Oʻrta asrlarda oshpazlik san’ati yanada rivojlanib bordi. Jamiyat rivojlangan sari inson ongi, dunyoqarashi, didining ham oʻsib borishi natijasida eng oddiy mahsulotlardan murakkab mahsulotlarni tayyorlash va iste’mol qilishga olib keldi. Endilikda oʻzbek oshpazligi va O‘qituvchi, Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti, Download 5.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling