Hamkorlik masalalari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari


Download 5.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet302/363
Sana02.12.2023
Hajmi5.91 Mb.
#1780763
1   ...   298   299   300   301   302   303   304   305   ...   363
Bog'liq
Konferensiya materiallari 2022 tahrir yangi xatosiz (2)

Key words: historical words (historicisms), archaic words (archaisms), vocabulary
language. 
Til naqadar muqaddas hodisa ekanligi, tilning paydo bo‘lishi va rivojlanishi jamiyat 
taraqqiyoti bilan bog‘liqligi barchamizga ma’lum. Til kundan kunga o‘zgarib takomillashib 
boradi. 
Tillarning lug‘at boyligi ba’zi tilllarda so‘zlarning soni boshqalarnikidan ko‘proq yoki 
kamroq bo‘lishi mumkin. Bu narsa turli tarixiy, ijtimoiy masalalarga bog‘liqdir. Til lug‘atining
tarkibi bir qancha nuqtai nazardan o‘rganilishi mumkin: 
5. 
Lug‘atdagi so‘zlarni ma’no turlariga qarab qatlamlarga ajratish. 
6. 
Lug‘atni jamiyatning o‘tmish tarixiga bog‘lab qatlamlarga ajratish. 
7. 
Boshqa tillardan turli vaqtlarda o‘zlashtirilgan so‘zlar. 
8. 
Lug‘at tarkibining ijtimoiy-sheva qatlami. 
9. 
Lug‘at tarkibining aktiv va passiv leksikasi qatlamlari. 
10. 
Ishlatilishidan chiqib ketgan so‘zlar. 
11. 
Neologizmlar. 
Bulardan tilning lug‘at tarkibida ishlatilishidan chiqib ketgan so‘zalar ko‘plab uchraydi. 
So‘z ifodalaydigan narsa, tushunchalarning hayotda yo‘q bo‘lib ketishi yoki ularni ifodalash 
uchun yangi so‘zlarning paydo bo‘lishi lug‘at tarkibining yangilanib borishini ta’minlaydi. 

O‘qituvchi, Termiz davlat universiteti 

Termiz davlat universiteti O‘zbek filologiyasi fakultuteti talabasi. 


401 
Demak, so‘zlarning kundalik nutq jarayonidan chiqib ketish hodisasi jonli tillar uchun tabiiy 
holdir. Ishlatilishdan chiqib ketgan yoki chiqib ketayotgan so‘zlar tilshunoslik fanida tarixiy 
so‘zlar va arxaizmlarga ajratiladi. 
Tarixiy so‘zlar - o‘tmishga, tarixga xos bo‘lgan narsa, hodisa, tushunchalarni anglatib, 
tarixiy matnlarda ishlatiladi. Zamonaviy tilda ularning o‘rnini bosadigan sinonim so‘zlar ham, 
ularga ehtiyoj ham yo‘q. Masalan: jallod, yasovul va b.
Arxaizmlar odatda zamonaviy tilda o‘z sinonimlariga egadirlar. Demak, arxaizmlar 
anglatgan ma’no tarixiy so‘zlarga o‘xshab tildan va hayotdan chiqib ketmaydi, balki ular 
anglatayotgan narsa va hodisalar hayotda saqlanib, dastlabki nomi yangi nomi bilan almashadi. 
Masalan: dudoq(lab), yovuq(yaqin) va b. 
Maqolada bir necha tarixiy va arxaik so‘zlarni lingvistik tahlilga tortamiz va bunda Odil 
Yoqubovning “Ulug‘bek xazinasi” romanida keltirilgan ba’zi tarixiy va arxaik so‘zlardan 
foydalanamiz. 
1. Egnida, odatda saroyda kiyib yuradigan zarbof to‘n o‘rniga, ko‘k-yashil movut chakmon, 
boshiga rasadxonada va madrasada kiyadigan uchlik qora duxoba qalpoq, oyog‘ida ichiga 
olmaxon mo‘ynasi qoplangan qo‘nji keng issiq etik, ustod ostonada to‘xtab, shogirdiga 
allaqanday sinovchan tikildi.
Duxoba - ipak yoki sun’iy ipakdan to‘qilgan patli gazlama. 
2. - Ne deding? Ha! Subhidam lashkar tortib yo‘lga chiqamiz.
Lashkar (fors)-o‘rta asrlarda nomuntazam qo‘shin turi; cherik, qo‘shin, armiya. Muntazam 
armiyasi bo‘lmagan xon va podshohlar harbiy yurish oldidangina o‘ziga tobe viloyatlarga 
chopar yuborib lashkar to‘plagan. Lashkarga chaqirilgan har bir kishi o‘z oti, quroli va bir oylik 
oziq-ovqati bilan kelgan. 
3. Ular tobutni ko‘tarib qabriston qo‘rg‘oniga yaqinlashib qolganlarida, darvozadan bir 
guruh murid va darveshlar qurshovida Shayx Nizomiddin Xomush hazratlari chiqib keldi.
Murid (arab-ergashuvchi) - pir yoki eshon (murshid)ga qo‘l berib, sufiylik yo‘liga kirgan 
shaxs. Tasavvufda tariqat murshidlardan dars oluvchi shogird ma’nosida ishlatiladi. 
4. Siz otliq hirovul bilan darxol yo‘lga chiqqaysiz !.. 
Hirovul (mo‘g‘ulcha - yakkalanmoq, uzoqlashmoq)- ilg‘or qism, avangard. Amir Temur 
yurishlariga oid forsiyda bitilgan tarixiy manbalarda qayd etilgan. Eski o‘zbek tili manbalarida 
Hirovulning irovul (eravul) fonetik varianti ham mavjud bo‘lib, u “Boburnoma” va 
Avdulg‘oziyning “Shajarayi turk” ida ishlatilgan. 
5. ..Faqat Ali Qushchi emas, Mirzo Ulug‘bek bilan birga kelgan barcha a’yonlar va barcha 
ilm ahli va hattoki, ilm fandan uzoq arkoni davlatlar ham boshlarini egib, chuqur sukutga 
cho‘mib eshitdilar. 
Arkoni davlat – davlat arboblari, yuqori martaba egalari. 
6. Otliqlar qabristondan o‘tib masjidi jomega yaqinlashganlarida har joy-har joyda gulxan 
yoqib, davra qurib o‘tirgan posbonlar uchradi. 
Otliq askarlar – qad. dunyo mamlakatlarida vujudga kelgan qo‘shin turi. Otliq askarlar 
paydo bo‘lgunga qadar Misr, Xitoy, Hindiston va boshqa yurtlarda otlar qo‘shilgan ikki 
g‘ildirakli jang aravalaridan foydalanilgan. 
7. 
Ali Qushchi ustodning riyoziyot ilmiga bag‘ishlangan bu purhikmat kitobini 
madrasada ko‘p mutolaa qilgan edi. 
Riyoziyot (arabcha)– matematika, matematik fanlar. 
8. 
Bakovulning qo‘lidagi kumush barkashda boda solingan nafis munaqqash 
ko‘zacha bilan nozik xitoy piyolachalari terilgan edi.
Boda (forscha – sharob, vino) May, ichimlik, sharob. 
9. 
Bundan besh-olti yil muqaddam, Shoxrux Mirzo vafotidan oldin, ustod Hindiston 
bilan Chindan tilla evaziga ikki katta allomani chaqirtirib olgan edi. 
Chin – qadimgi turkiy xalqlar yashagan joy nomi. “Ulug‘”, ”mustahkam” degan ma’noni 
bildiradi. Koshg‘ariyning “Devonu lug‘otit turk” asarida Chin aslida uchga bo‘linadi. Birinchisi 
Yuqori Chin bolib – buni Tabg‘ach(Tavg‘ach) deydilar, ikkinchisi o‘rta Chin bo‘lib - buni Xitoy 


402 
deydilar, uchinchisi Quyi Chin bo‘lib – buni Barxan deydilar. Lekin hozir Tabg‘ach-Mochin, 
Chin - Xitoy, Barxan - Qashqar deb yuritiladi deb yozadi. 
10. Lekin qo‘lidagi olatlarni joyiga qo‘yib ulgurmagan ham ediki, qayerda- dir 
yuqorida, birinchi oshyonada oyoq tovushlari eshitildi. 
Olat(arabcha-asbob, jihoz) – asbob. Fizik olat. 
11. A’lohazratlarini hovliga kuzatib chiqqan Ali Qushchiga ustod go‘yo rasadxona bilan 
vidolashgani kelganday tuyulib, yuragi zirqirab ketdi. 
Ustod (forscha-muallim, o‘rgatuvchi) – ustoz. 
12. - Bu amirlarga inonma, o‘g‘lim ! Ularni sodiq bo‘lsin desang, qilichingni ilgingda 
mahkam ushla!
Ilik – qo‘l. Asosan egalik qo‘shimchalari bilan qo‘llanadi. 
Odil Yoqubovning “Ulug‘bek xazinasi” romanidagi bir necha misollarni tahlil qildik. 
Duxoba, lashkar, murid, hirovul, arkoni davlat, otliq kabi so‘zlar ma’lum vaqt o‘tishi bilan 
eskirib, tarixga xos bo‘lgani uchun tarixiy so‘zlar hisoblanadi. Riyoziyot(matematika), 
boda(may,sharob), Chin(Xitoy), olat(asbob), ustod(ustoz), ilik(qo‘l) kabi so‘zlar esa hozirgi tilda 
o‘z sinonimlariga egaligi bilan arxaik so‘zlarga misol bo‘la oladi.
Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, istorizm va arxaizmlarni o‘z ichiga olgan tarixiy 
asarlarni badiiy tahlil qilish kitobxonlarni eskirgan so‘zlar bilan yasalgan, ba’zan tushunarsiz 
bo‘lgan so‘zlarni idrok etishga yordam beradi va o‘zbek tili lug‘at boyligiga ularning qay 
darajada hissa qo‘shayotganini anglashlari mumkin. Shuningdek, tarixiy va arxaik so‘zlarni 
o‘rganish kitobxonlarning savodi bilan birgalikda so‘z boyligini ham oshirishda muhim vazifa 
bajaradi.

Download 5.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   298   299   300   301   302   303   304   305   ...   363




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling