Hamkorlik masalalari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari


Download 5.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/363
Sana02.12.2023
Hajmi5.91 Mb.
#1780763
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   363
Bog'liq
Konferensiya materiallari 2022 tahrir yangi xatosiz (2)

Ko‘kto‘nlik bobo qabristoni o‘zbek urug‘larining nomi bilan bog‘liq atama hisoblanadi. 
Ayrim o‘zbek urug‘lari oqto‘nli va qorato‘nli singari ikki tarmoqqa bo‘linadi. Ko‘kto‘nlik bobo 
qabristoni ko‘kto‘nli urug‘lariga tegishli bo‘lganligi sababli shunday nomlangan, ya’ni etnonim 
natijasida shu nom paydo bo‘lgan.
G‘onchi tumanining Eshonqo‘rg‘on qishlog‘ida Ko‘kko‘zqo‘rg‘on degan mahalla,
Qorabo‘yin qishlog‘ida Qozon ko‘k deb ataladigan yaylov, Yaxtan qishlog‘ida Tegishko‘k  
nomli bog‘ mavjud.
Qozon ko‘k va Tegishko‘k atamalari bir-biriga yaqin tushunchani ko‘rsatadi: ko‘k < ko‘h 
“balandlik” so‘zining o‘zgargan shakli, qozon hamda tegish < deg+ish atrofi ko‘tarilgan, qozon 
shakliga ega ob’ekt, ya’ni balandlikdagi o‘rtasi chuqur o‘rinda joylashgan yaylov va bog‘ degan 
ma’noga to‘g‘ri keladi. 
Spitamen tumanida esa Yulduzko‘k deyiladigan tepalik saqlanib qolgan. 
Yulduzko‘k – tepalik nomi ikki morfemadan iborat:– yulduz va qo‘k. Yulduz “yiltir” – rang, 
ko‘k – ko‘h “baland”, “yuqori” ma’nolarini ifoda etadi. Yulduzko‘k – balandlikda yaltirab, yam-
yashil ko‘rinadigan tepalik ma’nosini bildiradi. 
Bu mikrotoponimlar tarkibidagi ko‘k morfemasi rang semasidan tashqari boshqa turli-
tuman ma’nolarni anglatishini yana davom ettirish mumkin. 
Sariq komponentli toponimlar.
S a r i q so‘zi spektr nurining asosiy ranglaridan biri hisoblanadi. Bu so‘z rang ma’nosida 
juda qadimlardan qo‘llanib kelingan. Chunonchi, “Kul-Tagin” da quyidagi gap keltiriladi: 
Sarыg‘ altun, өrүң kүmүs, quz quduz əgritəbi, ag‘u buң suz kəlүrti. Yitariz qag‘an bilig 
əsin үchүn 
 
[Malov S. Ye, 1951:34 ]. 
Mazmuni: o‘sha u (xalq) sariq oltinni, oq kumushni, ayollarni va qizlarni qimmatbaho ot 
yopiqlarini va (boshqa) boyliklarni juda ko‘p miqdorda (behisob) olib keldi.


40 
Sariq so‘zining etimologik talqini juda ko‘p olimlar tomonidan turli-tuman tasnif qilinadi. 
Turkman tili va xalaj lahjalaridagi varianti sa:rig‘ eng qadimgi deb hisoblanadi. G.Ramstedt,
[Ramstedt G.J, 1969:403]. turkiy tillardagi sa:ri va mo‘g‘ul tilidagi sira “sariq” 
so‘zlarining kelib chiqishi bir xil deydi, biroq bu manbalar sira turkiy tillardan o‘zlashganligini 
ko‘rsatadi. Ramstedt turkiycha sarüü va mo‘g‘ulcha sira so‘zlarini solishtirib,ularning 
geniologik asosi bir degan xulosaga keladi. 
Carig‘, sari, sar so‘zlari -ay, -ar, -al qo‘shimchalari bilan fe’l hosil qiladi. Bu haqda 
A.G.Sevortyan
[ Sevortyan E.V, 1962:249].atroflicha ma’lumot beradi. Tatar tilida sarg‘ar
qirg‘iz tilida sarg‘ay, o‘zbek tilining ayrim shevalarida har uch morfologik shakl bilan fe’l hosil 
qilinadi. 
Xazon yaprog‘i yanglig‘ gul yuzung hajrida sarg‘ardim, 
Ko‘rub rahm aylagil, ey lola rux, bu chehrai zardim
 
[ Bobur, 1965]. 
Sariq so‘zi ayrim fonetik farqlar bilan noturkiy tillarda ham iste’mol etiladi: mari tilida 
sáre “sariq”, [Räsänen M, 1920:69]. samodiy tilidagi sār “och sariq”, sarŷg “sariq”
turkiy 
tillardan o‘zlashgan. 
Sariq sifatining eng qadimgi etimologik talqinini 1) a:r//ar shakli bilan bog‘lash 
mumkin.Chunki bu forma turk, turkman, qo‘miq, qorachoy-balqar, qirg‘iz, qozoq, no‘g‘ay, 
qoraqalpoq, tatar, boshqird, uyg‘ur, yoqut va boshqa tillarda hozir ham “charchamoq”, 
“horimoq” ma’nolarida qo‘llanadi. 
V.V.Radlovning ko‘rsatishicha, bu so‘z qozon shevasi, kuman, chig‘atoy tillarida “so‘lish” 
ma’nosida ishlatiladi
.[Radlov V.V, 1983]. J.Zenkerning ta’kidlpshicha, tatar tilida “ozib ketish” 
va “majolsizlanish” ma’nolari bilan ham ishlatiladi.
[Zenker J. Th, 1986].P.de Kurtaylning qayd 
qilishicha, “kasal bo‘lmoq”
.A.Gabenning yozishicha esa “uzoq turib qolmoq”, “aynimoq”, 
“oriq” ma’nolarini ifoda etadi. 
Ye.Trujarskiyning e’tirof etishicha, bu so‘zning ari//ari shakllari ham turkiy tillarda 
iste’mol etiladi.
[Trujarski E, 1968].O‘zbek tili qarluq tillari guruhiga mansubligi sababli -q sifat 
yasovchisi bilan qo‘llanuvchi shakli mavjud – ariq. 
2) G.Jarringning yozishicha, uyg‘ur tilining ayrim lahjalarida har ~ hay “hormoq”, 
“charchamoq” ma’nosida,
[Jarring Gunnar, 1964:115]. H.Vamberi esa so‘zning protetik tovushli 
ko‘rinishi harmaq fe’li haqida yozadi.
[Vambery H, 18667:343].Hozirgi o‘zbek tilida horimoq  
faol iste’molli so‘z hisoblanadi. Turkiy tillarda mavjud bo‘lgan yuqorida keltirilgan ma’nolar 
semantik jihatda hori so‘zi bilan bog‘liqligi ko‘rinib turibdi.
Demak, keltirilgan dalillarga tayanib sariq so‘zi: 1) a:r//ar> ari//ari> ariq; 2) 
a:r//ar>ari//ari>hari>hori taraqqiyotning natijasi degan xulosaga kelish mumkin.
Sariq so‘zining ari shakli hozirgi turkiy tillarda, xususan, yoqut tilida qo‘llanadi. Boshqa 
turkiy tillarda ham turli-tuman fonetik farqli shakllarda: sa:ri – turkman, o‘zb. (xorazm), qo‘miq; 
sari – turk, ozarbayjon, gagauz, qo‘miq, qaraim, qirg‘iz, qozoq, qoraqalpoq, no‘g‘ay, tatar; sara 
– chuvash, hari – boshqird; saaruy – xalaj; sarig‘ – uyg‘ur; saqig‘, sayiq – lobnor; sariq – uyg‘ur 
lahjasi; saiq – lobnor; seriq – uyg‘ur; sharig‘ – xakas; shura – chuvash; ari – yoqut kabi
variantlarga ega. 
Bu so‘z yoqut tilidan boshqa barcha tillarda “sariq” ma’nosida qo‘llanadi. Bundan tashqari, 
qirg‘iz, qoraqalpoq, xakas, chuvash tillarida – “malla”, “kul rang”, “bo‘z”; turk, turkman, balqar, 
qirg‘iz, tatar, o‘zbek tillarida – “malla”; chuvash tilida – “aynigan”, “ko‘k kul rang”, “oq, 
oqargan”, “yorqin qizil”, “oqish qizil”, “pishgan, yetilgan”, “yog‘”; qozoq, oltoy, tatar tillarida – 
“bo‘shashgan”; turk, uyg‘ur tillarida – “rangi o‘chgan”, “rangsiz”; turk, turkman, no‘g‘ay, tatar – 
“tuxumning sarig‘i”; chuvash va o‘zbek tillarida – “sariq kasal” ma’nolarida ham qo‘llanadi. 
Sariq so‘zi bilan birga qo‘llangan toponimlar faqat Xo‘jand va Istaravshan tumanlarida 
uchraydi. Bu tipdagi toponimlarni tahlil etish rang ma’nosi bilan birgalikda “tomon”, “taraf” 
semalarini o‘zida mujassam etganligini ko‘rish mumkin. Ya’ni, Sariqir, Sariqtepa toponimlarida 
shunday xususiyat mujassam. Istaravshan tumani Bolg‘ali qishlog‘idagi Sariq buloq esa 
suvning rangiga ishora qiladi. Buloqdan chiqadigan suvda yer osti minerallari erib, shu ranga 


41 
o‘xshab ko‘rinishi mumkin. Xalq orasida yurgan rivoyatga ko‘ra bu buloq suvi sariq kasalligini 
da’volash xususiyatiga egaligi haqida so‘z yuradi.
Sariqtepa – guzar nomi – barcha tumanlarda uchraydi. Sariq – etnonim. Oronimiyada 
sariq ~ sari ~ sori – shimol. [ Dobrodomov I.G, 1966:127]. Sariqtepa – shimol tomondagi tepa. 
Tepa guzarning shimolida joylashganligi tufayli shu nom bilan nomlangan. 
Bundan tashqari, sariq – umumturkiy etnonim ham bo‘lib hisoblanadi. Bu so‘z etnonim 
sifatida turkman, qozoq, qirg‘iz, boshqird, qoraqalpoq, o‘zbeklar tarkibida qabila, urug‘lar 
nomini bildirib kelgan.
Qo‘ng‘irotlar qo‘shtamg‘ali bo‘limining qoraqursoq urug‘i tarmog‘i ham sariq deb ataladi. 
Janubiy Tojikiston laqaylarida sorichol urug‘i, sori, sarimraz, sarimbachcha patronimi mavjud. 
Qatag‘onlarning ham sari~sori~sariqatag‘on~saribosh qatag‘on urug‘i borligi ma’lum. 
Shunday qilib, toponimlarning va ularning ekvivalentligi tabiiy, geografik ob’ektlar 
orasida toponimlarga juda ko‘p xos xususiyat mujassamlashganligini isbot etadi. Ushbu 
ob’ektlarning nomlanishi o‘z bag‘rida behad bisyor sin-sinoatlarni pinhon tutib keladi. Bu 
sirlarni ochish, ulardagi tarixiy-lisoniy hamda jug‘rofiy-dunyoviy ilmlarning sirlarini ochish 
tadqiqotchidan haddan tashqari ko‘p mehnat qilishini, shuningdek, uch fan doirasidagi keng-
ko‘lamli bilim va dunyoqarashni talab qiladi. 

Download 5.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   363




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling