Hamkorlik masalalari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari
Ko‘k komponentli toponimlar. Ko‘k
Download 5.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Konferensiya materiallari 2022 tahrir yangi xatosiz (2)
Ko‘k komponentli toponimlar. Ko‘k so‘zi boshqa rang bildiruvchilarga nisbatan (rang
ma’nosini anglatishda) ancha mavhum tushunchaga ega. Chunki ko‘k deyilganda aniq bir tusni ko‘z oldiga keltirish qiyin. Ya’ni umuman olganda, yashil, zangor, gunafsha, to‘tiyoyi, havorang, pistoqi kabi ranglar ko‘k doirasida tasavvur qilinaveradi va hammasi ham ko‘k deb atalaveradi. Aniqlashtirish zarurati tug‘ilsagina ularning o‘z nomlari bilan aytiladi. Ayrim hollarda, hatto kulrang tusga nisbatan ham ko‘k so‘zi ishlatiladi. Misollar: Ko‘k osmon. Ilgariroq bu yerda bozorlar bo‘lgan, taqachilar suv ichgan ko‘k hovuzlardan (M.Shayxzoda). Misoldan ko‘rinadiki, narsa-jismlarning tusi bir-biridan birmuncha farq qilsa-da, birgina ko‘k aniqlovchisi qo‘llangan. Yusuf Xos Hojib o‘zining “Qutadg‘u bilig”asarida yashil va ko‘k so‘zlarini yonma-yon bir narsa-jism izohi uchun qo‘llaydi: Bu turlug chechək yerdə munchə bediz yazi tag yer obri yashil kөk meңiz . [ Yusuf xos Hojib, 1971:76]. Mazmuni: Bu turli chechak (lar) yerga shuncha ko‘rk bergan, tekisliklar, tog‘lar, yer, chuqurliklar yashil ko‘k tusda. Ko‘k so‘zining ma’no anglatishida shevalararo kichik farq seziladi. Chunonchi, Toshkent shevasida ko‘k so‘zining umumiy tushunchasida yashil tus va uning turli ma’no bo‘yoqdorligi xillari uyg‘unlashsa, Samarqand va Farg‘ona tip shevalarida zangor va uning ma’no bo‘yoqdorligi xillari anglashiladi. Lekin aniqlashtirish lozim bo‘lganda, har qaysi rang va uning ma’no bo‘yoqdorligi xillarini o‘z nomi bilan atalaveradi. Shuni ham aytish kerakki, kontekstda qo‘llangan ko‘k so‘zini hamisha ham uning aniq nomi bilan almashtirishga imkoniyat va zarurat bo‘lavermaydi. Mas. Tursunoyning ingichka qo‘lida ko‘k tomirlari bo‘rtib turar. (Asqad Muxtor). Arshi a’lo quyuq ko‘k tumandan bino bo‘lgan bir saroy ekan (Abdulla Qahhor). Misollardagi ko‘k so‘zini ko‘k doirasiga kiradigan birorta so‘z bilan almashtirib bo‘lmaydi. Bunga ehtiyoj va zarurat ham yo‘q. Filologiya fanlari nomzodi, Alisher Navoiy nomidagi ToshDO‘TAU dotsenti. 39 Ko‘k so‘zi narsa-jismning aniqlovchisi bo‘lib kelib uning rangini ifodalash bilan birga undagi “xom”, “yetilmagan”, “g‘o‘r”, “yosh”, “barra” kabi tabiiy holatlarni ko‘rsata oladi: Ko‘k uzum, ko‘k qalampir, ko‘k piyoz, ko‘k no‘xot, ko‘k novda va boshqa. Bir tupida olmalar endi sarg‘ayib yiltiramoqda, bir tupida mushtday yirik olmalar hali ko‘m-ko‘k, ularga boqishing bilan tishing qamashib, og‘zingga so‘lak to‘ladi (Oybek). “Devonu lug‘otit turk”da ko‘k so‘zi. Kök – ko‘k rang. Kök ton – ko‘k to‘n. Kök juvut (chuvush) – to‘q ko‘k rang (sun’iy rang). Känd köki – shahar ko‘kalamzori .[ Mahmud Koshg‘ariy, 1963 :146-177]. Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig” asarida: Qurimish yig‘ayalar tonandi yashil, Bezəndi yapun al sarig‘ kөk qыzыl (Q. blg. 1971,72-bet). Mazmuni: Yaprog‘ini to‘kkan daraxtlar (yana) yashil kiyindi, Ol, sariq, ko‘k, qizil rang bilan bezandi. Ko‘k so‘zi juda ko‘p omonimik variantlarga ham ega: ko‘k – osmon, kiyimga solinadigan buklam, ovqatga solinadigan ko‘kat kabi ma’nolarni anglatadi. Alisher Navoiy asarlarida ko‘k so‘zi belgilikdan tashqari osmon, daraxt ildizi, tamg‘a, asos (nachalo), ovoz, tayyor, tugal kabi bir qancha ma’nolarda qo‘llanadi”. Masalan: “Va ko‘k lafzin ham necha ma’ni bila iste’mol qilurlar. Biri ko‘k − osmonni derlar. Yana ko‘k ohangdur. Yana ko‘k tegrada ko‘klamdur. Yana ko‘k qadog‘ni ham derlar. Yana ko‘k sabza va o‘langni dog‘i derlar. Bu nav’ alfoz hamki, uch ma’ni va to‘rt ma’ni va ortug‘roqkim, iroda qilsa bo‘lg‘ay, ko‘p borki, forsiy alfozda andoq yo‘qtur” . [ Alisher Navoiy, 1965]. «Devonu lug‘otit turk» da ko‘k – rang ma’nosida, asl, tomir, tag-tug, (o‘g‘uz), ko‘k – egarning chilviri, ko‘k osmon, ko‘k – mehnat va mashaqqat, ko‘k – ko‘kat kabi ma’nolarda qo‘llangan .[ Mahmud Koshg‘ariy, I,II,III t:202-317-418]. Ko‘k so‘zi Shimoliy Tojikiston toponimlarining tarkibiy qismi vazifasida ancha keng qo‘llangan. Masalan: Jabbor Rasulov tumanining Dehmoy qishlog‘ida, Spitamen tumani Farmonqo‘rg‘on qishlog‘ida, G‘onchi tumani Baxmal qishlog‘ida Ko‘kto‘nlik bobo nomli mozor mavjud. Download 5.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling