Hamkorlik masalalari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari
Download 5.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Konferensiya materiallari 2022 tahrir yangi xatosiz (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Chorikor chorak
Key words: number, types of meaning of number, illocutionary purpose, contrast, non-
attribute action, strong emphasis, differentiation, comparison Dotsent, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti. 42 Son predmetning sanog‘ini va aniq miqdorini ifodalab, predmetni sanash, donalash, taqsimlab yoki taxminlab ko‘rsatish uchun ishlatiladi. Sonlar matnlarda qo‘llanishiga ko‘ra qator o‘ziga xos ma’nolarni ifodalash imkoniyatiga ham ega. Adabiyotlarda bir so‘zining miqdor, noaniqlik, harakat belgisi, mo‘ljal, xil, kuchaytirish, navbat, o‘xshashlik kabi 16 xil ma’no ifodalashi aytib o‘tilgan. [Sayfullayeva, 2009: 136]. S.Yodgorova o‘z tadqiqotida «Bir osh qildimki, darddan forig‘ bo‘lasiz» gapida bir so‘zining tengi yo‘q, ajoyib, juda shirin, shifobaxsh kabi ma’nolarni, yoki «Yuz marta qo‘ng‘iroq qildim-e» jumlasida xabardan tashqari kimdandir xafalik, xunob bo‘lish, norozilik, xavotirlanish, tinglovchiga shikoyat qilish kabi mazmunlar anglashilishini ta’kidlab, sonlarning so‘zlashuv nutqidagi illokutiv maqsadni ifodalash imkoniyatlarini ko‘rsatib beradi. [ Yodgorova, 2005: 31]. Xalq maqollarini tahlil qilar ekanmiz, maqollarda sonlarning turli ma’no imkoniyatlarining mavjudligini kuzatamiz. Maqolar tarkibida, asosan, bir, ikki, uch, to‘rt, besh, olti, yetti, sakkiz, to‘qqiz, o‘n, o‘ttiz ikki, qirq, oltmish, yetmish, yuz, ming kabi miqdor bildiruvchi so‘zlar qo‘llanilgan bo‘lib, bir maqolda son ifodalagan ma’no ikkinchisida o‘zgacha ma’no kasb etgan. Mahmud Koshg‘ariy “Devoni lug‘otit turk” asarida keltirgan maqollar tarkibida ham raqamlarni uchratish mumkin. [ Koshg‘ariy, 2017: 153] Masalan, bir tilki terisin ikila so‘ymas ( bir tulki terisi ikki marta shilinmas), ikki qochngar bashi bir ashachta pishmas (ikki qo‘chqor boshi bir qozonda qaynamas), ikki bug‘ra irg‘ashur, o‘tra ko‘ko‘gun yanchilur (ikki nor tuya olishadi, o‘rtada pashsha yanchiladi), yeti bashli yil bo‘ka (yetti boshli uzun ilon), qirq yilqa tagin bay-chig‘ay tuzlinur ( qirq yilgacha boyu kambag‘al tenglashadi), sachiratg‘udin qo‘rqmish qush qirq yil adri yig‘ach uza qo‘nmas (tuzoqdan qo‘rqqan qush qirq yilgacha ayri daraxtga qo‘nmaydi) kabi (jami 300 maqoldan 6 tasida raqamlarning ishtirokini ko‘rish mumkin). Ushbu maqollarda son miqdorni emas, balki zidlash (ikki qo‘chqor boshi bir qozonda qaynamas kabi), ba’zida ( qirq yilgacha boyu kambag‘al tenglashadi kabi) umuman bo‘lmaydigan hatti harakatni ifodalash ushun xizmat qilgan. O‘tmishda mulkning oldi-berdisi bilan bog‘liq vasiqalarda yer yoki qulning butunlay sotilganligini bildirish uchun “ming yil tuman kunga teki erklig bolsun” (ming yil tuman kunga qadar egalik qilsin) singari jumlalar ishlatilgan. Bunda ming yil, tuman kun, ming tuman yil birikmalari vaqtning o‘la o‘lguncha ekanligini, doimiyligini anglatadi. [Sodiqov, 2019: 48] Xuddi shunday “qirq yilgacha boyu kambag‘al tenglashadi” maqolidagi qirq yil birikmasi ming yil, tuman kun birikmasidagi kabi umuman bo‘lmaydigan hatti harakatni ifodalash ushun xizmat qilgan. Bugungi kunda xalq orasida istemolda bo‘lgan maqollarni kuzatadigan bo‘lsak, ularda sonlarning ma’no ifodalash imkoniyatining kengayganligini ko‘ramiz. Olti, yetti, sakkiz, to‘qqiz, ellik, sakson, to‘qson so‘zlarida o‘zbek tilidagi ba’zi so‘zlar bilan uyg‘unlik, ohangdoshlik, moslik kuchli. Bu sonlar maqollarda qofiyadoshlik, ohangdorlikni taminlashga xizmat qiladi. Masalan, o‘ttizga kirgan yigitning o‘tin olguday o‘g‘li bo‘lsin; qizi bor uyga qirq ot bog‘lanar; beshikdagi bola besh turlanadi; o‘n yillik o‘sma, qirq yillik xina bo‘ldim; saksonga saboq, to‘qsonga tovoq beradi; yetti yoshga yetguncha yer to‘qmog‘in yersan, yetmish yoshga yetguncha el to‘qmog‘in yersan; bir odamga – bir uy-u ,bir go‘r. Bunday ohangdoshlik, qofiyadoshlikni kasr sonlarni ifodalovchi so‘zlar misolida ham ko‘rishimiz mumkin: Chorikor choraklab olar, boy akam botmonlab. Maqollarda qo‘llangan raqamlarning ayrimlari inson tana azosining soni bilan bog‘liq. 2 raqami qo‘llarning, 5 raqami barmoqlar, 32 raqami tishning soni bilan bog‘liq bo‘lsada, turli ma’nolarni ifodalash uchun xizmat qilgan. Masalan, “besh barmoqning birini tishlasang, bari o‘g‘rir” maqolida besh barmoq oila a’zolari, qarindoshlarga, “besh qo‘l og‘izga sig‘mas” nafsga, “ikki qo‘l qilgan ishni bir qo‘l qilolmas” birdamlikka, “o‘ttiz ikki tishda o‘ttiz ikki ish bor” shaxsga va ularning kundalik turmush tashvishlariga, rizqqa ishora qiladi. 43 Maqollar tarkibida sonning faqat sanoq yoki dona shakli qo‘llanilgan bo‘lib, tartib, taxmin, taqsim shakllari uchramaydi. Juda kam o‘rinlarda jamlovchi shaklini uchratish mumkin ( Oltovlon ola bo‘lsa – og‘zidagini oldirar, yettovlon birga bo‘lsa - tog‘dagini endirar). Sonlarning maqollar tarkibida qo‘llanilishiga ko‘ra quyidagi turlarga ajratish mumkin: a) maqollar tarkibida bir o‘rinda sonning qo‘llanilishi: besh qo‘l barobar emas; bo‘ri yig‘ilib, ming bo‘lmas; yetti qizning onasi – hanuzgacha kelinchak; yetti yashar otni ‘xusht- xusht’lab sug‘orma . Yetti raqami tilimizda ko‘p bor murojaat qilinadigan raqam hisoblanadi, “Yetti qizning onasi – hanuzgacha kelinchak” maqolida yetti raqami maqolning boshida tilga olinadi va asosiy e’tibor shu songa qaratiladi, bir necha farzandi bo‘lsada, ona yosh va go‘zal ekanligi, shu bilan birga haligacha mehnatdan tiyilmaganligiga ishora qilinadi. Download 5.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling