Hamkorlik masalalari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari
E-pochta: mahliyoshavkatjonovna@gmail.com ORCID ID
Download 5.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Konferensiya materiallari 2022 tahrir yangi xatosiz (2)
E-pochta:
mahliyoshavkatjonovna@gmail.com ORCID ID: 0000-0002-6849-0603 Tel: +99899 999-79-53 437 holatdagi mavqeini baholashga, o‘rganilayotgan tilga qardosh va qardosh bo‘lmagan tillarning leksik jihatdan ta’sirini baholashga imkoniyat beradi[Бафоев, 1983:146]. Turkologiya va o‘zbek tilshunosligida turkiy tillar leksikasini mavzuviy guruhlarga bo‘lib tahlil qilish borasida E.Fozilov, F.Isxakov, I.Ismoilov, S.Nominxanov, D.Bozorova, B.Bafoyev, E.Begmatov, I.Nosirov, H.Dadaboyev, M.Abdulxayrov, B.Abdushukurov, Z.Xolmonova singari turkolog va tilshunoslar tomonidan turli tadqiqotlar amalga oshirilgan. L.Budagovning “Сравнительный словарь турецко-татарских наречий” lug‘ati tarkibidagi chig‘atoycha leksemalar yuzasidan mavzu guruhlari bo‘yicha tadqiqiy tahlillar amalga oshirildi. Tahlil jarayonida 1917 ta chig‘atoycha leksemalar ijtimoiy-siyosiy, davlat qurilishi istilohlari, ma’muriy birlik, harbiy istilohlar, kosmonimlar, urug‘, qavm, qabila nomlari, qon-qarindoshlik terminlarikishilarning ruhiy-jismoniy belgilari va unga aloqador so‘zlar, somatizm, tibbiy terminlar, savdo-sodiq va unga aloqador ma’noni ifodalovchi, pul o‘lchov birligi nomlari, in'om, sovg‘a-salom, hadya va unga aloqador so‘zlar, fiqh va shariat istilohlari, diniy, falsafiy-tasavvufiy istilohlar, poetik istilohlar, musiqa istilohlari, gidronimlar, toponimlar kabi 38 turdagi mavzu guruhlarga ajratilgan holatda tahlil etildi. Lug‘atdagi chig‘atoycha leksemalar tarkibida 30 dan ortiq ijtimoiy-siyosiy istilohlar mavjudligi ayon bo‘ldi. Ijtimoiy-siyosiy istilohlar: Ijtimoiy hayotning obyektiv ta’siri muhim ekstralingvistik omil sifatida ijtimoiy-siyosiy leksikaga oid masalalarni o‘rganishni zaruriyat darajasiga ko‘tardi. Shunday ekan, “ijtimoiy-siyosiy tizim taraqqiyoti tilning lug‘at tarkibiga qay darajada ta’sir ko‘rsatganini o‘rganish, lug‘aviy birliklarning funksional-semantik tavsifini berish, ularning eskirgan, yangi va zamonaviy qatlamlarini, tematik guruhlari va mikrosistemalarini aniqlash, lisoniy va uslubiy xususiyatlarini yoritish ijtimoiy-siyosiy leksika oldida turgan muhim vazifalardan sanaladi [Исақова, 2010:7]. Mansab-martaba bilduruvchi terminlar o‘ziga xos taraqqiyot bosqichiga ega. Mansab-martaba so‘zlarining shakllanish jarayoni umumiy tengsizlik kuchaygan va tabaqalanish yuzaga kelgan davrga borib taqaladi. Mansab-martaba leksikasining shakllanish va taraqqiyot xususiyatlari Mahmud Koshg‘ariy lug‘atida, G.Dyorfer, I.Berezin, B.Grekov, L.Budagov, N.Xanikov, N.Baskakov, V.Bartold tadqiqotlarida yoritilgan[Холманова, 2021: 215]. H.Dadabayev XI-XIV asrlar turkiy yozma yodgorliklar tilidagi mansab-martaba so‘zlarini maxsus tadqiq qilgan [Дадабаев, 1991: 42-59]. Tubanda L.Budagovning “Сравнительный словарь турецко-татарских наречий” lug‘ati tarkibidagi chig‘atoycha ijtimoiy-siyosiy istilohlardan ayrimlarini keltiramiz: Download 5.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling