Hamkorlik masalalari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari
Download 5.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Konferensiya materiallari 2022 tahrir yangi xatosiz (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Madvor
Bandari Surat – (номи машҳури бандар) Bandarning mashhur nomi; garchi Surat sini
muhmala (nuqtasiz ﺱ) bilan bo‘lsa ham, bu so‘zni mutaaxxirin forslar tasarruf (o‘zlashtirish) yoki xato sabab sod (ﺹ) bilan yozadilar… [Орзу, 1992: 44]. Qayd etish lozimki, lug‘atning Dushanbe nashrida “Bandar” so‘zi kichik harf bilan yozilgan, ammo matn mazmuniga qaraydigan bo‘lsak, bu so‘z atoqli ot – Bandar shahri ekanligini bilib olamiz. Agar bu so‘z turdosh ot bo‘lganda, “номи бандари машҳур”, “номи яке аз бандари машҳур” (mashhur bandargoh nomi) shaklida berilar edi. “Lug‘ati furus”da Bandar shahar nomi ekanligi ham keltirilgan [ﺍﺪخھﺩ, 1998: 5020], shuni hisobga olib, Bandarni atoqli ot deb tushingan to‘g‘ridir. Fayliy so‘zinini izohlash jarayonida talaffuzini oydinlashtirish uchun “ba fath va sukuni tahtoniy” tarzida erobini zikr etilib, qofiyada keltirilgan “mayle va Layli” so‘zlarini ham ta’kidlab ko‘rsatadiki, bu so‘zning forscha matnini Fili(y) shaklida ham o‘qilishini oldini oladi. D.Badriddinov mazkur so‘zni “Filiy”, shuningdek, Ayvonkafsh sozi ham “Ayvoni kanf” shaklida noto’g’ri tabdil qilgan [Баҳриддинов, 1992: 18]. So‘zlarga mazkur tarzda imloviy va fonetik izoh berilishi So‘zangaron (ﻥﺍﺮﮕﻧﺯﻮﺳ) kabi joy nomlarining So‘zongaron shaklida noto‘g‘ri talqin qilinishining oldi olinishiga sabab bo‘ladi. Lug‘atdan ayrim joy nomlarining turlicha variantlari borligini bilishimiz mumkin, jumladan, Yazd [216], Yazddasht, Yazdijurd [201], Bandar, Bandari Surat [144], Jahonobod, Shohijahonobod [75], Madvor [192], Badvor [199]; Shahri zanon – Tiriyoroj [142], Jismir – Jilsmir [211]. Madvor –Yazddagi buloq nomidir va inshaallohi taolo, uning misoli Mahrez so‘zligida keladi [Орзу 1992:192]. Mahrez – Yazdddagi joy nomi. Ta’sirdan: Хушо ҳадиқаи Маҳрезу Неъматободаш, Канори чашмаи Бадвору сарви озодаш [Орзу, 1992: 199]. Keltirilgan misoldan ma’lum bo‘ladiki, bu ikki so‘z bir buloq nomining fonetik varianti yoki xattot e’tiborsizligi bois Badvor shaklida yozilgan, zeroki qo‘lyozmada bu ikki so‘z faqatgina nuqta bilan farqlanadi. Dushanbe nashrida Hazorjarib so‘zi ham Hazorjarib [216] va Hazor jarib [145] shaklida transliteratsiya qilingan. Muallif ayrim joy nomlarini “qadimiy lug‘atdan” (Boku), tarixiy kitob (Bog‘i Ohu va Bog‘i Zog‘on), “tarixiy kitob va til ahlidan” (Qasri shirin), “Matla’-us-sa’dayn”da (Burji Xokistar), “Matla’-us-sa’dayn” va “Zafarnoma”dan (Kabudjoma, Nahri Almos), “Kashf-ul- lug‘ot”da (San’on), “E’jozi Rashidiy” – Muallif “Lug‘ati Rashidiy”ni shunday ataydi (Hazorzarra) kabi qaysi manbalar asosida sharhlayotganini keltirib o‘tadi. Kuzatishimiz natijasida, muallifning joy nomlarini izohlashida quyidagicha yo‘l tutganini ko‘rishimiz mumkin: 1) asosan o‘zining biror jihati bilan mashhur bo‘lgan joy nomlari izolangan, bu deyarli barcha izohlangan toponimlarda kuzatiladi; 2) matn tarkibida ko‘chma ma’no yoki shakldoshligi sabab iyhom kabi boshqa san’atlarni yuzaga keltiradigan joy nomlari izohlangan: masalan, Jasm (مسخ)ni jism ma’nosida ham tushunish mumkin, baytda iyhom san’ati qo‘llangan bo’lib, bu ta’sirchanlikni ta’minlovchi badiiy-estetik vazifa bajargan: Сарви Ҷасми ӯ ба меҳри ҷумҳур, Аз сарви чамон гирифта маншур. Tarjimasi: Uning (Jasm) jismi sarvi (qomati) to’la mehr bilan Xiromon sarvdan andoza olgandir, tarqalgandir [Орзу 1992: 73]; 3) mashhur shaxslar nomi bilan bog‘liq ekanligi ta’kidlangan: Jahonobod, Nahri Majnun, Chohi Rustam, Aliqopiy, San’on… Bulvafo – Yazdning Taftidagi buloq nomi; zohiran buloq sohibining nomi mashhur bo‘lgan [Орзу 1992: 46]; 4) toponimlarning etimologiyasi izohlangan: Aliqopiy, Mochin, Jamna (aslida Jamunodir), Navras, Taxti Hayron kabi; 432 5) ko‘pgina toponimlarning aynan qaysi bir tarixiy, ilmiy yoki badiiy manbada qayd etilganligini ta’kidlangan va ularning qaysi hududlarda joylashganligini ko‘rsatish maqsadida boshqa mashhurroq joy nomi bilan qiyoslangan: Sad dar sadi Kirmon – Hazorjaribi Sifohon kabi; 6) obyektning geografik o‘rni va o‘sha joyning xususiyatini bildiruvchi tarkibiy qismi izohlangan: Gardangoh (tog‘ dovonini Gardana derlar) [179], Gandumon (bug‘doyi ko‘p bo‘ladi), Bog‘i Zog‘on, Bog‘i Ohu – Hirotdagi bog‘ nomi [31]. Aytish kerakki mazkur bog‘ Ohu deb nomlanuvchi tog‘da joylashgan hamda ko‘plab xalq qo‘shiqlarida tilga olinadi: Biyo berim kuh, Kodom kuh? Hamon kuhike Ohu nom dora (qo‘shiqdan). Bog’ot 7) joy nomining tarkibiy qismi (qo‘shma joy otlarida) izohlangan: Taxti hayron va Taxti Dovud – taxt avrang ma’nosida, arablar sarir deydilar [Орзу, 1992: 55]; 8) joy nomlarining aksari toponimning qaysi turiga kirishi (shahar, daryo, tog‘, mahalla, g‘or) ta’kidlangan va ba’zilari joy nomi deyish bilan kifoyalangan. Shu bilan birga, Alixon Orzu joy nomlarini izohlashida faqat bir tomonlama yondashuv bilan cheklanmaydi. Keltirilgan toponimlar tilshunoslikning har bir bo‘limi: fonetika, leksika, etimologiya va semasiologiya, matnshunoslik nuqtai nazaridan qamrab olganini ko‘rishimiz mumkin. Bu kabi asarlar vositasida toponimika va geografik nomlar xususiyatini o‘rganish o‘tmish tili va tarixni hamda mumtoz matnlar badiiyatini tushinishga zamin bo‘ladi. Download 5.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling