Hamkorlik masalalari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari


Download 5.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet324/363
Sana02.12.2023
Hajmi5.91 Mb.
#1780763
1   ...   320   321   322   323   324   325   326   327   ...   363
Bog'liq
Konferensiya materiallari 2022 tahrir yangi xatosiz (2)

Mochin, Chinning esa Xitoy va soch chigaliburami kabi ma’nosiga ham ishora mavjud, y’ani 


430 
baytda iyhom sanati mavjud, bu haqda “Dehxudo”da ham ta’kidlangan [ﺍﺪخھﺩ, 1998: 19922]. 
Agar bayt mazmunini yuzaki tahlil qilganda, matn badiiyatidan bexabar qolinadi. 
Дилам дар зулфаш аз фикри даҳонаш барнамеояд,
Агар дар банди Чин уфтодаам, дар қайди Мочинам. 
Tarjimasi:
Dilim og‘zi xayolidin sochiga yo‘l topolmaydi,
Agarki Chinda asirman, Mochindadir qaydim [Орзу, 1992: 191]. 
Agar Xovar va Boxtar so‘zlarinini kunchiqar va kunbotar kabi m’anolari mavjudligini va 
boxtar so‘zining bo axtar (yulduzli, oyli, quyoshli) shaklining qisqargani ekanligi hamda 
qadimda oy ( ﻩﺎﻣ) so‘zining moj – ﺝﺎﻣ shaklida ham qo‘llanganligini hisobga olsak (“Burhoni 
qote’”, “Onandroj”, G‘iyos-ul-lug‘at”, “Anjumanoro” kabi lug‘atlarda keltirilgan) [ﺍﺪخھﺩ, 1998: 
19920], oyli, oydin, oychiqar o‘lka shaklida izohlash ham mumkin. Oy hindchada “chandni”dir 
[Орзу, 1992: 181]. Lekin bu bizning etimologik farazimiz va hech bir lug‘atda bu kabi izohlash 
mavjud emas. 
 “Burhoni qote’”da moh (ﻩﺎﻣ) so‘zining ma’nolaridan biri pahlaviy tilida “shahar va 
mamlakat” ekanligi keltirilgan, [Муҳаммадҳусайн, 2014: 78], yuqorida ta’kidlanganimizdek, bu 
so‘zning “moj, mox (sug‘dcha) talaffuzi ham mavjud, agar mazkur zo‘zni “mochin” ga bog‘liq 
deb oladigan bo‘lsak, Mohichin – Chin shahri, Chin mamlakati ma’nosini ham ifodalaydi va bu 
haqiqatga yaqindir. Negaki Eronda Moho(i)n (hozirgi Nahovand shahri), Mohobod, Nahovand, 
Mohi Dinor kabi tarixiy nomlari bor) shahari mavjud bo‘lib, ma’lum bir davrda arablar 
tomonidan ikkiga bo‘linib, Kufa va Basra hokimi tomonidan boshqarilgani uchun arablar davrida 
Mohul Basra va Mohul Kufa shaklida atalgan, bu so‘z (moh) mod, modi va madina so‘zlari kabi
shahar degan ma’noni anglatadi va ildizi mazkur so‘zlar bilan bog‘liq deb keltiriladi [ﺍﺪخھﺩ, 
1998: 20143], shuningdek Moh(i)band (bog‘langan, berk shahar – J.I.) Badaxshon shahrining 
qadimiy nomlaridan biri [ﺍﺪخھﺩ, 1998: 20043]. 
Ammo muallif qarashlarini umumlashtirsak, mochin so‘zini maho (miho) – katta + chin 
– Xitoy – Katta Xitoy shaklida tushunishimiz lozim bo‘ladi, buni boshqa lug‘atlar ham 
tasdiqlaydi. Lug‘at maqolada moch – o‘pich so‘zini sharhlash baytning tag ma’nosini tushunish 
uchun xizmat qilgan, bu kabi lug‘at maqola tarkibida berilgan so‘zlarni sharhlash lug‘atning ko‘p 
o‘rinlarida uchraydi. 

Download 5.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   320   321   322   323   324   325   326   327   ...   363




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling