Suv havzalari bilan bog‘liq joy nomlari:
Bulvafo (Yazdning Taftidagi buloq nomi), Obi Sheroz (Spahondagi ariq) [10], Jamna
(daryo nomi), Zindaro‘ (Sifohondagi daryo nomi), Karon (Yazddagi ariq), Madvor (Yazddagi
buloq), Nahri Majnun (Ardabil va Mavsil o‘rtasidagi nahr nomi), Nahri Almos (ariq, daryo
nomi).
E’tiborli jihati shundaki, mazkur lug‘atda nomi keltirilgan joy nomlarining aksariyati
mashhur toponimlar yoki ko‘p ma’noli so‘z, shu bois she’rda talmeh va iyhom san’atining
yuzaga kelishi uchun asos bo‘lgan.
Besutun – mashhur tog‘ va ba’zilar majozan Farhod ma’nosida kelganini aytadilar. Jaloli
Asirdan keltirilgan baytda “Farhod va Shirin” dostoni voqealariga ishora mavjud [Орзу, 1992:
47]. Bu kabi asar qahramonlari nomi bilan bog‘liq quyidagi toponimlar keltirilgan: Qasri Shirin,
Nahri Majnun, Nahri Almos, San’on, Chohi Rustam.
Qasri Shirin – Besutun tog‘idagi joy nomikim, u yerda Shirinning surati naqsh etilgan va
bu Farhodning san’atidir. Negaki bu tarixiy kitoblar va xalq tilidan tadqiqotga tortildi. So‘zlikka
she’riy misol keltirilmagan [Орзу, 1992: 163].
San’on – Yamandagi mashhur shahar, shayx San’on do‘stiga mansubkim, Xoja Attor
(Fariduddin Attor) quddusa sirruhu “Mantiq-ut-tayr”ni ahvolini nazm etgan. Mazkur Shayx
(shayx San’on) ma’nosida ham qo‘llanadi. Solik Yazdiydan:
Бигсалнам субҳаву зуннор бандам дар миён,
Ишқи тарсобаччае хоҳам, ки Санъонам кунад.
Tarjimasi:
Tashlayin tasbehin-u belga zunnor bog‘layin,
Istaram tarsonikim, ishqi San’on aylasin.
Lekin bu majozan mashurdir, shu boiskim “Kashf-ul-lug‘ot” sohibi mazkur ma’noda
qo‘llagan [Орзу, 1992: 146].
Muallif ayrim toponimlarning etimologiyasini keltirganki, bu mazkur tarixi haqida ham
ma’lumot olishimizga ko‘maklashadi.
Mochin – mamlakat yoki shahar nomi, shuningdek Chinu Mochin deydilar. “Ta’rixi
Sokiniy”dan shunday ma’lum bo‘ladiki, Chinu Mahochindir. Va maho so‘zi hindcha katta va
azim, forschada esa o‘pilgan ma’nosidadir, negaki forschada o‘pichni moch derlar.
Ahamiyatli jihati shundaki, muallif keltirgan misolda Mochin so‘zining o‘pich va
Do'stlaringiz bilan baham: |