Hamkorlik masalalari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari
TONGLA esk. kt. Ertangi, kelgusi kun. Bugun degani tonglaga to‘g‘ri kelmaydi. Oybek, Navoiy. [O‘TIL, 2006. 606]. Tong otmoq
Download 5.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Konferensiya materiallari 2022 tahrir yangi xatosiz (2)
TONGLA esk. kt. Ertangi, kelgusi kun. Bugun degani tonglaga to‘g‘ri kelmaydi. Oybek,
Navoiy. [O‘TIL, 2006. 606]. Tong otmoq. Ushbu birikma asarda tong otquncha, tong otar, tong otib shakllarida ishlatilgan bo‘lib, ularning barchasida „ertalab“ ma’nosini anglatgan. Yomg‘urluq va qorong‘u kechalari kerak, bu kechalarda bu qushlar sibo‘ va darandalar jihatidin tong otquncha tinmaslar va muttasil ucharlar va past ucharlar, qorong‘u kechalarda qushlarning yo‘li oqar suvdur, qorong‘uda oqarib ko‘runur . Tush vaqti. Ushbu birikma asarda ikki martagina uchraydi hamda peshinga yaqin muddatni ifodalaydi. Tush vaqtida Sulton Ali mirzo bek-bekotig‘a, yigit-yalangiga, hech kimga xabar qilmay, hech kim bila kengashmay, bir necha yovug‘idag‘i kichik-kirim bila Chorraha darvozasidin bog‘i Maydong‘a Shayboniyxon qoshig‘a bordi. Kecha. Ushbu so‘z o‘z qatlamga mansub bo‘lib, asarning ko‘p joyida uchraydi hamda „vaqt“ ma’nosini ifodalashga xizmat qilgan. Kecha so‘zi hozirgi kunimizda ham faol qo‘llaniladi. Qorong‘i kechada o‘z elining o‘qi-o‘q Hasan Ya’qubning qochorig‘a tegib, qochoridin burunroq o‘z amalig‘a giriftor bo‘ldi. Kecha 1 Sutkaning qorong‘i tushgandan tong otguncha o‘tadigan qismi; tun. Oydin kecha. Qorong‘i kecha. Oyimni bir oydan beri ko‘rganim yo‘q. Bir kecha yonida yotishni orzu qilaman, — dedi yengillanib Nuri. Oybek, Tanlangan asarlar. Sidiqjon yo‘lga tushish niyati borligini aytmasa ham, chol.. bu kecha shu yerda qolishni, erta sahar yo‘lga chiqishni maslahat berdi. A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari . 443 2 Biror narsaga bag‘ishlangan, odatda rasmiy va badiiy qismdan iborat bo‘ladigan kechki umumiy y i g‘ i l i sh . Mehmonlar bilan vakillarning qizg‘in tabriklari, xayrli tilaklaridan keyin kechaning rasmiy qismi tugadi. P. Tursun, O‘qituvchi. Kecha oxirida O‘zbekiston san’at ustalari katta konsert qo‘yib berishdi. Gazetadan. 3 Bugundan oldingi kun. Kecha sizni kutgan edim. Kecha ertalab, shaharni bir aylanib kelayin, deb chiqib ketgan. A. Qodiriy, O‘tkan kunlar. Hozir ham vaqt ma’nosi bildiruvchi bu so‘zning har uchala ma’nosi ham tilimizda faol qo‘llaniladi. O‘g‘zaki nutqda asosan uchunchi ma’no, ya’ni bugundan oldingi kun sifatida keng istefoda qilinadi. Kun. Bu so‘z ham o‘z qatlamga mansub. Bugungi kunimizda ham faol qo‘llaniluvchi bu so‘z asarda juda ko‘p o‘rinda ishlatilgan. Kun so‘zi „Boburnoma“ da asosan sanoq sonlar hamda ko‘rsatish olmoshlaridan keyin kelgan. Bir kun Asfidak qo‘rg‘onida jami’ ichkilar, misli Do‘st Nosir, Nuyon ko‘kaldosh, Xonquli, Karimdod, Shayx Darvesh, Xisrav ko‘kaldosh, Mirim Nosir bori hozir edilar, mening qoshimda o‘lturub edilar. O‘zbek tilida vaqt konseptining ifodalanishida o‘z qatlamning o‘rni katta bo‘lib, bu bevosita millat tarixi, madaniyatiga bog‘liqdir. „Boburnoma“ asari ham o‘zbek tiliga xos xususiyatlarni o‘zida jamlagani bilan ahamiyatli sanaladi. Unda uchragan vaqt tushunchasiga aloqador leksik birliklarning aksariyati o‘z qatlamga, ya’ni umumturkiy leksikaga mansub bo‘lib, bugun ham tilimizda faol qo‘llanadi. Asarda uchragan yil, kun, tun, kecha-kunduz, tong, tush kabi vaqtning ma’lum bir qismini bildiruvchi so‘zlar ayni hozir ishlatiladigan ma’noda qo‘llanilgan. Bu esa tilimizning, undagi voqea- hodisalar, muayyan tushunchalarning ifodasining uzoq tarixga borib taqalishini ko‘rsatadi. Vaqtga oid boshqa tarixiy asarlardagi o‘z qatlamga oid so‘zlarni ham aniqlash, tahlil qilish esa bevosita keyingi tadqiqotlarimizda davom etadi. Download 5.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling