Hamkorlik masalalari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari


Download 5.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet345/363
Sana02.12.2023
Hajmi5.91 Mb.
#1780763
1   ...   341   342   343   344   345   346   347   348   ...   363
Bog'liq
Konferensiya materiallari 2022 tahrir yangi xatosiz (2)

Key words: ornithonym, etymology of animal, semantic-functional feature, metaphorical 
meaning, assimilation. 
Buyuk adib Yusuf Xos Hojib asarlari bugungi kun ijtimoiy va ma’naviy hayotini 
yuksaltirishda beqiyos ahamiyat kasb etadi. Adibning bizga qoldirgan ”Qutadgʻu bilig” asari XI 
asr madaniyatining nodir namunasi boʻlib, bu asarda turkiy xalqlar tarixi, madaniyati, ilmiy 
merosi, ma’naviy- axloqiy masalalari, urf-odatlari haqida yetarlicha ma’lumotlar berilgan. 
Ko‘rinib turibdiki, ” Qutadg‘u bilig”da tilga olingan mavzularning qamrovi juda keng. Ammo 
unda bitta bosh nuqta borki, u ham bo‘lsa inson masalasidir. Insonning ijtimoiy mohiyati, uning 
hayotdagi o‘rni, ijtimoiy vazifasi shoir tomonidan turli yo‘nalishlarda tahlil etiladi. [T oʻxliyev 
B,1990:6]. “Qutadg‘u bilig” asari XI asrda yaratilgan bo‘lsa-da, o‘z qadr-qimmatini hali-hanuz 
saqlab kelmoqda. Buning asosiy sababi shundaki, Yusuf Xos Hojib o‘z asarini yozish uchun juda 
katta tayyorgarlik ko‘radi va o‘z maqsadiga erishish uchun turli-tuman mamlakatlar bo‘ylab 
sayohat qiladi. Chin (Xitoy), Mochin Sharqiy Turkistondagi yodgorliklarni o‘rganadi. 
“Qutadgʻu bilig” asari nafaqat tilshunoslik, balki tarix, etnografiya, geografiya fan 
sohalari boʻyicha qimmatli manba hisoblanadi. Asarda adolat, saxovat, mardlik, 
xushmuomalalik, halollik, aql-zakovat, sadoqat, ezgulik kabi hislatlar ulugʻlangan. Asarda shoir 
fikri go‘zal obrazlar, hayotiy o‘xshatish va istioralar bilan boyitilgan.Uning o‘zi “Men turkcha 
so‘zlarni yovvoyi tog‘ kiyigi kabi bildim. Shunga qaramay ularni avaylab-asrab qo‘lga 
o‘rgatdim”, - deb yozadi. Bu mavzularni yoritishda adib qushlar obrazidan mohirona 
foydalangan. Asarda qush nomlari va ular bilan bogʻliq tasviriy vositalarni turli oʻrinlarda 
uchratishimiz mumkin. Asarni oʻqish davomida kitobxon qush nomlari ishtirokidagi betakror 
oʻxshatishlarga guvoh boʻladiki, bu esa asar qadr-qimmatini yanada oshirishga xizmat qiladi. 
Qushlar obrazi azal-azaldan jahon xalqlari mifologiyasida katta ahamiyatga ega bo‘lib, voqealar 
jarayonida birdaniga paydo bo‘luvchi, qahramonlarga yordam beruvchi va vaziyatni keskin 
o‘zgartiruvchi unsur sifatida e’tirof etiladi. Ular, asosan, ilohiyot bilan odamlarning o‘rtasidagi 
ko‘prik sifatida, yuksaklik va osmon ramzi timsolida talqin qilingan. 
Qushlar timsoli boshqa ko‘pgina xalqlardagi singari turkiy xalqlar mifologiyasida ham 
ilohiy olam bilan muloqot qiluvchi vosita sifatida ifodalangan. Odam o‘lganidan keyin yoki 
uyqusida ruhi qushga aylanib uchib ketishi haqidagi tasavvurlar xalq odatlari va folklorda, 
xususan, “Mayna”, “Opa-uka”, “Dev qiz”, “Gunohsiz musicha”, “Rustam” kabi ertaklarda o‘z 
aksini topgan. 
Turkiy tilida qush nomlari(ornitonimlar) ham o‘ziga xos tuzilishga ega. Turkiy 
adabiyotda turli xil qush nomlari (ornitonimlar) obrazli fikr ifodalash, o‘xshatish, metafora, 
sifatlash singari tasviriy vositalar hosil qilishda keng qo‘llanilgan. O‘zbek tilidagi qush nomlari 
(ornitonim)larning ma’lum qismi tub, sodda so‘zlar (jo‘r, zog‘, anqo, chil, quv kabi) bo‘lsa, 
asosiy qismi soddalashish va yaxlitlanish (idiomatizasiya) asosida vujudga kelgan. o‘zbek 
tilidagi ornitonimlar lug‘aviy tarkibi va kompanentlari jihatidan xilma-xil ko‘rinishga ega bo‘lib, 
ularning asosiy qismi ikki komponentli qo‘shma so‘zlardir. 
Sharq she’riyatida qushlar nomi hodisasi sifatida rang-barang mazmunni ifodalagan 
tasvirlar mavjud. Shu o‘rinda “Qutadgʻu bilig” asarida ham turli xil nomdagi va koʻrinishdagi 
qush nomlari zikr etilgan. Misol sifatida ugi (ukki), oʻrdak, qilquyruq, gʻoz, oʻrdak, oqqush, 

Download 5.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   341   342   343   344   345   346   347   348   ...   363




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling