Hamkorlik masalalari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari


Download 5.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet347/363
Sana02.12.2023
Hajmi5.91 Mb.
#1780763
1   ...   343   344   345   346   347   348   349   350   ...   363
Bog'liq
Konferensiya materiallari 2022 tahrir yangi xatosiz (2)

Foydalanilgan adabiyotlar 
1. Abdurahmonov Gʻ. (2011). T oʻxliyev B., Rustamov A., Dadaboyev H. Qutadgʻu 
bilig. I,II jildlar. –Toshkent: Jahon print. 
2. Xolmurodova M.(2019) “Qutadgʻu bilig” leksikasi. Filol. fan. fal. dok.-ri (PhD). –
Toshkent.
3. Zulxumor Xolmanova “Qutadgʻu bilig” va “Boburnoma” asaridagi mushtarak 
leksemalar ” Dil ve edebiyat arastirmalari” jurnali, 2020. 
4. Oʻzbek tilining izohli lugʻati. 2 jildlik. Moskva, 1981. 
5. Oʻzbek tilininig izohli lugʻati. 5 jildlik.Toshkent: “Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi 
” davlat ilmiy nashriyoti, 2006. 
6. www.wikipedia.org 
7. www.kitobdunyosi.uz
 
 
 


452 
“BOBURNOMA” NING XORIJ OLIMLARI TOMONIDAN O‘RGANILISHI 
STUDY OF “BOBURNOMA” BY FOREIGN SCIENTISTS 
Jurabek Qanoatov
 
 
Annotation. The work "Baburnoma" by the great figure of Uzbek literature, the king and 
poet Zahiriddin Muhammad Babur, is considered a rare masterpiece of world literature. He 
contributed immensely to the literature of all nations with his translations. By examining the 
historical and historical processes of studying the work by foreign scholars and translating it 
into world languages, it is possible to see how hard and honorable the translators have traveled 
in the process of restoring the original. 
Key words. "Boburnoma", cultural relations, memoir. 
 
O‘zbek adabiyotining yirik namoyandasi shoh va shoir Zahiriddin Muhammad 
Boburning “Boburnoma” asari jahon adabiyotining nodir durdonasi hisoblanadi. U o'zining 
tarjimalari bilan barcha xalqlar adabiyotiga bemisl hissa qo‘shgan. Asarning xorij olimlari 
tomonidan o‘rganilishi va dunyo tillariga tarjima qilinishining tarixiy va tadrijiy jarayonlarini 
ko‘rib chiqish asnosida tarjimonlarning asliyatni qayta tiklash jarayonida naqadar mashaqqatli va 
sharafli yo‘lni bosib o‘tganligini ko‘rish mumkin. Xususan, “Boburnoma” asari olimlar 
tomonidan dunyoning ko‘plab tillariga tarjima qilingan. Hozirda “Boburnoma” va uning 
tarjimasiga tegishli bo'lgan tarixiy hujjatlar dunyoning 23 kutubxonasining noyob mulki 
hisoblanadi va saqlanib kelinmoqda. Dunyoga mashhur “Boburnoma”ni o'rganish adabiy-
madaniy aloqalar ta’siri va o‘zaro bahramandlik – jahon xalqlari orasida, Sharqu G‘arb o'rtasida 
uzluksiz davom etib kelayotgan global xarakterdagi ilmiy-ijodiy jarayondir. 
Xorijiy olimlarning fikriga ko‘ra, avtobiografik uslubda bitilgan «Boburnoma» Markaziy 
Osiyo xalqlarining urf-odatlari, etnogenezi, tarixiy shaxslarning xarakter-xususiyatlari, 
boshqaruv salohiyati, oilaviy ahvoli Movaraunnahr, Afg‘oniston, Hindistonning joylashuv o‘rni, 
tabiati, hayvonot va nabotot dunyosi, moddiy va ma’naviy boyliklari haqida qimmatli 
ma'lumotlar beradigan yagona manba sifatida qaralgan. Shuning uchun ham asar dunyo tillariga 
bir necha bor tarjima qilingan.
1810-yilda «Boburnoma» dunyo tillaridan biri nemis tiliga ham tarjima qilingan. 
Sharqshunos sayyoh va olim Yulius fon Klaprot “Boburnoma”ni “Osiyo adabiyoti, tarixi va 
tilshunosligi arxivi” kitobida Peterburgda chop ettirgan, lekin uning tarjimasi to‘liq emas. 1828- 
yil Leyptsigda A.Kayzer Jon Leyden–Vilyam Erskinlarning inglizcha tarjimasini qisqartirib
nemis tilida nashr ettirgan. 
“Boburnoma” asarini G'arb olimlaridan ingliz tarjimonlari V.Erskin-J.Leyden (1826),
R.Kaldikot (Leyden-Erskin tarjimasi asosida 1844), F.Talbot (1909), L.King (1921),
S.Beverij (1922) V.Tekston (1996, 2002) o'rgangan[Sobirov M.,2002].
O.I.Senkovskiyning shogirdi V.V.Grigorev «Baber», «Baber-name», «Baberidi» 
maqolalarini yozadi. Shu joyda bir muhim dalilni alohida ta’kidlab o‘tish o‘rinlidir: rus 
adabiyotida Zahiriddin Muhammad Boburning hayoti va uning harbiy yurishlarini 
“Boburnoma”dagi ma’lumotlar asosida birinchi bo‘lib yoritgan mutaxassis V.V.Grigorev 
bo‘lgan. 1857-yil “Boburnoma”ning tarjima qilish va o‘rganilish tarixida muhim sana 
hisoblanadi.
Taniqli sharqshunos olim Pave De Kurteyl 1871-yilda «Boburnoma»ni fransuz tiliga 
birinchilardan bo'lib tarjima qilgan. Fransuz sharqshunoslarining «Boburnoma»ga boʻlgan 
qiziqishlari uch asrlik tarixga ega. A.De Lonperie, A.J.Klaprot, J.Dranjete, Pave de. Kurteyl` 
fransuz boburshunoslik maktabining atoqli vakillaridan bo‘lib, hozirgi zamon 
boburshunosligida Jan-Pol Ru va Jan-Lui Bake-Grammon (1969) salmoqli o‘rin tutadi. 1980 
yili Parijda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining besh yuz yilligi munosabati bilan 
«Boburnoma»ning yangi fransuzcha tarjimasi nashr etildi. 1985 yili esa uning ikkinchi nashri 

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universiteti magistranti


453 
bosilib chiqdi. Ushbu tarjima taniqli fransuz olimi, professor Bake-Grammon qalamiga 
mansubdir.
«Boburnoma»ni birinchi marta urdu tiliga Mirzo Nasiruddin Haydar Ko‘ragoniy 
tarjima qilgan. Ushbu tarjima 1962-yil Karachi shahridagi «Buk Lend» nashriyotida chop 
etilgan. Zarvaraqda kitobning nomi «Boburnoma», uning tagida esa, «Tuzuki Boburiy» deb 
keltirilgan. Kitobning boshida, alohida-alohida sahifalarda Bobur Mirzo va uning rafiqasi 
Mohim Begimning rangli tasvirlari berilgan. Mundarija, «Bobur va Boburnoma» sarlavhali 
so‘zboshi bo‘lib, kitob jami 426 sahifadan iborat. Ubaydulla Quddusiy izohlarni tahrir qilgan, 
to‘ldirgan va unga so‘zboshi yozgan. «So‘zboshi»da mamlakatdagi tashkiliy masalalar, Bobur 
Mirzoning qobiliyati, uning vafoti, Tuzuki Boburiy, «Boburnoma»ning tarjimalari va mazkur 
tarjima haqida to'liq ma’lumotlar keltiriladi. «So‘zboshi»da «Akbarnoma»ning muallifi 
Abulfazlning «Boburnoma» haqidagi fikrlari qayd etilgan.
«Boburnoma»ning rus tiliga o‘girilgan birinchi to‘liq tarjimasi 1958-yil Bobur 
tavalludining 475 yilligiga atab O‘zFA nashriyotida nashr etilgan (tarjimon: M.A.Sale; 
S.Azimjonova tahriri ostida. Izohlarni D.Voronovskiy va M.Sale tuzgan. V.Y.Kaydalov 
rasmlarni ishlagan). 1982-yil u qisqartirilgan ixcham va qulay ko‘rinishda qayta chop etilgan. 
Qayd etish lozimki, ushbu tarjima Bobur ijodiyoti va shaxsiga o‘sha davr mafkurasi 
tomonidan salbiy baho berilayotgan, bobushunoslar esa o‘tmishni ideallashtirish hamda Bobur 
siymosini ulug‘lashda ayblanayotgan bir paytda nashr etilgan edi. Shuning uchun bu nashr 
ayrim qisqartirishlar bilan bosilgan.G‘.Salomov va N.Otajonovning «Jahongashta 
Boburnoma» asarida ham ma‘lumot keltirilishicha, M.Sale «Boburnoma» tarjimasi ustida o‘n 
yildan ortiq vaqt mobaynida mehnat qilgan, asar tilini chuqur o‘rgangan, ko‘plab atama, ibora 
va nomlar transkripsiyasini to‘g‘ri berish ustida jiddiy ish olib borilgan. 
1996-yilda Harvard universiteti professori V.Tekston «Boburnoma»ning mukammal 
inglizcha tarjimasini chop ettirgan. Mazkur tarjimaning nashr etilishi Zahiriddin Muhammad 
Bobur hayoti, ijodi va davri haqidagi ma’lumotlarni boyitish bilan birga boburshunoslikni 
yanada yuqori darajaga ko‘tardiki, ushbu sohada olib boriladigan ishlarning ko‘lamini 
kengaytirishga yangi imkoniyatlar ochib berdi. Biroq uning asar tarjimasida adekvatlikka 
erishish va urinishlari ancha muvaffaqiyatli chiqqan bo‘lsa-da, ba’zi maqol va iboralar 
tarjimasining asliyatga mazmuni zid kelganligini ko‘rishimiz mumkin. Tarjimon tarjimada 
diqqat-e’tiborini asliyat uslubi va maqol ohangdoshligiga qaratib, bazi maqollar tarjimasini 
to‘liq aks ettirmagan. 
Shuningdek, «Boburnoma» fors tiliga bir necha bor o‘girilgan. Ilk tarjima Boburning 
zamondoshi va safdoshi, Hindistondagi Bobur davlatining sadri etib tayinlagan Shayx 
Zayniddin tomonidan amalga oshirilishidir. Bunda «Boburnoma»ning faqat hijriy 932-933- 
yillar voqealari bayon qilingan qismigagina fors tiliga o‘girilgan. Bu tarjimaning bir necha 
qo‘lyozmasi Britaniya muzeyida saqlanayotganligi ma’lum. Asarning fors tiliga ikkinchi 
tarjimasi Boburning chevarasi Jahongirning bek atkasi buyurtmasi bilan amalga oshirilgan. 
Xulosa tariqasida aytish mumkinki, “Boburnoma” xorij olimlari e’tiboriga tushgan 
sara asarlar sirasiga kiradi. Bu asar ingliz, fransuz, nemis, rus, yapon, turk va boshqa tillarga 
qayta-qayta tarjima qilinishi va oʻrganilishining boisi shundaki, ma’lumotlarning faktik 
hodisasalarga asoslanganligi, tarixiy shaxslarning voqea-hodisalar asosida yoritilishi, o‘zida 
yigirmadan ortiq fan konsepsiyasini qamrab olganligi ko‘rish mumkin. Ma’lumotlarning 
tajribaga asoslanganligi va Bobur leksikasining o‘ziga xosligida. U qanchalik ko'p 
o‘rganilmasin, shuncha so‘z va so‘z birikmalarning, terminlarning sohalararo o'rganishda 
mazmun-mohiyatlarini ochib boraveradi. 
Kalit 
so‘zlar; 
Avtobiografik 
uslub, 
tarixiy 
shaxslarning 
xarakterlari, 
ideallashtirish,qo‘lyozmasi, Bobur leksikasi, qiyosiy adabiyot, tarjima aspect 

Download 5.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   343   344   345   346   347   348   349   350   ...   363




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling