Hamkorlik masalalari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari
Download 5.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Konferensiya materiallari 2022 tahrir yangi xatosiz (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- “bir tilka et”
- “Bos et”
- “Qartal et”
- (ton et)
- “togril”
et” yoki “bisig et” leksik birliklari esa “pishgan go`sht” ma`nosini aks ettirmoqda. Bunga
qarama-qarshi ravishda “yaxshi pishmagan, seli bor go`sht” ma`nosini anglatuvchi “sollug et” so`zini keltirishimiz mumkin, ushbu “sollug” leksemasi “sol” – yog`och va go`shtdagi namlik +lug qo`shimchasi yordamida hosil qilingan. Muallif “bir tilka et” birikmasi yordamida “bir bo`lak go`sht, bir tilim go`sht” ma`nosini izohlagan. “Tamirlug et” [Koshg`ariy,1960: 41] birligi esa ko`p tomir va payli go`sht ma`nosini anglatgan. Bundan tashqari, go`sht leksemasi atrofida yuzaga kelgan birlik sifatida “bos et” ni misol qilib keltirishimiz mumkin. “Bos et” [Koshg`ariy,1960: 72] yumshoq go`sht degan ma`noni anglatib, yumshoq yerga nisbatan ham ishlatilishi asarda izohlangan. “Qoq et” leksemasi esa “qoq go`sht” ma`nosini ifodalagan. “Pishmagan xom go`sht” ma`nosi “yig et” birikmasi yordamida namoyon bo`lgan. “Yas et” birligi yordamida esa “yangi go`sht” ma`nosi hosil qilingan. Unda qo`llanilgan “yas” so`zi esa har qanday narsaning yangisi, tozasiga nisbatan qo`llanilgan. “Qartal et” birikmasi esa “to`g`ralgan et” ma`nosini anglatgan. Bundan tashqari, asarda so`yilgan et ma`nosini ifodalovchi “kedrim et” [Koshg`ariy,1960: 68] birikmasi qo`llanilgan. “Devon” leksikasida “ton” [Koshg`ariy,1960: 69] so`zini uchratishimiz mumkin. Ushbu so`z “to`ng, to`ngigan” ma`nosini anglatadi. “Ton” so`zining “et” so`zi bilan birgalikda qo`llanilishi (ton et) natijasida “sovuqdan muzlab qolgan go`sht” ma`nosi yuzaga kelgan. Muskul go`shti birligi esa “qon et” leksemasi orqali izohlangan. Bundan tashqari, go`sht nomlaridan biri sifatida “yun” so`zi ham qo`llaniladi. “Jigarga yaqin yerda joylashgan, unga tutashgan bezli go`sht. Uni erkaklar yemaydilar, xotinlar yeydilar” izohi aynan “yun” so`zining ta`rifi sifatida keltiriladi. Ta`kidlash lozimki, “Devonu lug`otit-turk” da go`shtdan tayyorlanadigan mahsulot nomlari ham keltirib o`tilgan, xususan, “togril” [Koshg`ariy,1960: 98] birligiga diqqat qilsak. Ushbu birlikning asosida “togra” fe`li mavjud bo`lib, “togra” fe`li yordamida “togril” leksemasi yuzaga kelgan: togra – togril. Ushbu leksema anglatgan ma`no esa quyidagicha : go`sht va dorivorlar bilan to`ldirilgan ichak. “Yorgamac” so`zi ham asar tarkibida qo`llanilgan bo`lib, uning asosini yorga – o`ramoq fe`li tashkil topadi. Yorga va –mac yasovchisining birikuvidan hosil bo`lgan “yorgamac” so`zi “qorin va ichak ingichka ichak ichiga solinib, qizdirilib yoki qaynatib yeyiladi” gan xasipga nisbatan qo`llanilgan. Download 5.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling