Hamkorlik masalalari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari
Download 5.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Konferensiya materiallari 2022 tahrir yangi xatosiz (2)
Key words: Mahmud Koshgari, "Devonu lug`otit-turk", food names, grouping, preserved,
names of drinks and alcohol. Barchamizga ma’lumki, tilimizning shakllanishi qadim tarix davrlariga borib taqaladi. Ana shu davr mobaynida yaratilgan barcha asarlar tilimizning sofligini aks ettira olishi bilan ahamiyatlidir. Ana shunda nodir asarlardan biri bu Mahmud Koshg`ariyning “Devonu lug`otit- turk” asari hisoblanib, asarda qayd etilgan taom nomlari ushbu maqolamizning asosiy tadqiq manbai hisoblanadi. “Devonu lug`otit-turk” asari turkiy tillarda mavjud qator so`zlarning izohini yoritishga qaratilgan maxsus lug`at hisoblanadi. S. Rustamova ta`biri bilan aytganda: “Devonu lug`otit- turk” da turklarning hayot kechirishi uchun zarur ashyolarning nomlari, urug`, qabilalarning nomlari, faxriy unvonlar, turli lavozimlarning nomlari, oziq-ovqat, yovvoyi va uy hayvonlari, parrandalar va yovvoyi qushlarning nomlari, jug`rofiy atamalar, shaharlar, turli kasalliklar nomlari, anatomik atamalar, metallar va minerallarning nomlari, harbiy atamalar va ma`muriy vazifalarga oid atamalar bor. Turli tarixiy va afsonaviy qahramonlarning nomlari, bolalarning o`yin va ermaklari va boshqalarga xos atamalarga boyligi bilan hozir zamon kishisiga XI asrda yashagan turklarning hayot tarzi haqida ma`lumot beruvchi yagona manba hisoblanadi”[Wikipedia.org]. Mahmud Koshg`ariyning “Devonu lug`otit-turk” asari tildagi lug`atlar jamlanmasi hisoblanib, uni ulkan xazina deb atasak, aslo mubolag`a bo`lmaydi. Sababi, ushbu xazinadan tildagi deyarli barcha so`zlar – taom nomlari, harbiy atamalar, tarixiy shaxslar, xalq og`zaki ijodining yuksak namunalari o`rin olgan bo`lib, ularni tadqiq etish bugungi kun oldida turgan dolzarb masalalardan biri sanaladi. Ushbu asardagi taom nomlarini o`rganish masalasi bizga taom nomlarining tarixiy ko`rinishlari, ularning turli xalqlarda turlicha nomlanishga ega ekanligi hamda bugungi va qadimgi tildagi taom nomlari borasidagi tafovut va o`xshatishlar haqida ko`plab ma`lumotlarga ega bo`lishga imkon berdi. Uyg`ur olimi Xo`ja Ahmad Yunus: “X asrdan XII asrgacha bo`lgan oraliqda o`tgan Qoraxoniylar sulolasining gullagan iqtisodiy va yuksak madaniy hayotining mahsuli bo`lgan bu asar (turkiy xalqlarning) shu vaqtdagi va undan ilgarigi yeyish-ichish madaniyatini tadqiq qilishga asoslangan muhim manba hisoblanadi” [Wikipedia.org], – deya Mahmud Koshg`ariyning ushbu asarida yuksak ta`rif bergan edi. Darhaqiqat, ushbu ensiklopedik asarda taom nomlariga xos bo`lgan ko`plab so`zlar o`rin olgan bo`lib, ularning ma`lum xalqlarda boshqa nom bilan, yana boshqa millatlarda boshqacharoq nom bilan yuritilishi, taom tayyorlanish usul va uslublari, oziq-ovqat mahsulotlarining tayyorlanish jarayonlari haqida batafsil ma’lumot berilgan. Mahmud Koshg`ariyning ushbu asarida turkiy xalqlar taomlariga alohida urg`u beriladi. Unda aytilishicha, turkiy xalqlar taomlari turli-tuman bo`lib, ularning o`ziga xos o`xshash jihatlari taom va uning tayyorlanish uslubida ham o`zining Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o`zbek tili va adabiyoti universiteti magistranti muhsinjonovashirinoy@gmail.com 445 yorqin ifodasini topgan. Mahmud Koshg`ariyning taomlar haqida jamlagan ma`lumotlaridan shuni ham anglash mumkinki, o`troq hayot tarzini kechiruvchi turkiy xalqlarning asosiy taomi dehqonchilik mahsulotlaridan, don, meva va sabzavotlardan tashkil topgani oydinlashadi. Ko`chmanchi turkiy qabilalarning esa asosiy taomlari sifatida sut va go`sht mahsulotlari keltiriladi. Bundan tashqari, ushbu asarda taom tayyorlashda ishlatiladigan uskuna nomlari haqida to`xtalingan bo`lib, bu bizga Qoraxoniylar davridagi taom tayyorlashda ishlatilgan buyumlarning nomi haqida bilim hosil qilishga yordam beradi. Mahmud Koshg`ariy “Devonu lug`otit-turk” da aks ettirgan taom nomlari o`ziga xos xususiyatga ega hisoblanib, bugungi kunda nutqimizda keng ishlatilayotgan taom nomlarining asosiy qismi Qoraxoniylar davriga borib taqalishiga guvoh bo`lishimiz mumkin. Oziq-ovqat nomlarining maxsus nomlar bilan atalishi, ularning kundalik yoki marosimlarga oid ekanligi ushbu asarda yaqqol aks etgan. Mahmud Koshg`arining “Devonu lug`otit-turk” asarida keltirilgan taom nomlarini umumiy jihatdan ikki yirik guruhga bo`lib o`rganish maqsadga muvofiqdir: a)oziq-ovqat nomlarini ifodalovchi leksemalar; b)ichimlik va ichkilik nomlarini aks ettiruvchi leksemalar.[Dadaboyev, 2017: 35] Yuqorida qayd etilgan taom leksikasiga doir birliklar xususiy jihatdan ham qator guruhlarga ajratilib, ularga misol sifatida quyidagilarni keltirishimiz mumkin: Download 5.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling