Hamkorlik masalalari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari


“Boburnoma” asarida vaqtni bildiriruvchi o‘z qatlamga oid so‘zlar


Download 5.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet335/363
Sana02.12.2023
Hajmi5.91 Mb.
#1780763
1   ...   331   332   333   334   335   336   337   338   ...   363
Bog'liq
Konferensiya materiallari 2022 tahrir yangi xatosiz (2)

 “Boburnoma” asarida vaqtni bildiriruvchi o‘z qatlamga oid so‘zlar 
Zahiriddin Muhammad Boburning memuar asari hisoblanngan va o‘zbek adabiyoti 
hamda tili uchun muhim manba hisoblangan “Boburnoma” asarida ham vaqt konseptiga oid o‘z 
qatlam, o‘zlashgan qatlamga oid juda chiroyli misollar berilgan. Ular esa o‘z navbatida asar 
yaratilgan davr, madaniyat, ijtimoiy hayot haqida ham muayyan tasavvurlar hosil qilisimizga 
yordam beradi.
Asarda “vaqt” ma’nosini ifodalash uchun o‘z qatlamga oid juda ko‘p so‘z va birikmalar 
qo‘llangan. Jumladan, yil, yoz, qish, kuz, kun, tun, kecha, tong, oy, tush vaqti, tong boshida
kecha tong otquncha, yosh kabi birliklarni bunga misol sifatida keltirib o‘tishimiz mumkin.
Yil. Ushbu so‘z “jilimoq” so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, sof turkiy so‘z 
hisoblanadi. Tilshunos olimlarning fikriga qaraganda, hozirgi kundagi yil, ilon, jilmaymoq kabi 
so‘zlarning hammasi “jilish” fe’lidan kelib chiqqan. Bu so‘zlarning hammasida “ish-harakatning 
asta-sekinlik bilan amalga oshishi” ma’nosi bor. Darhaqiqat, yil ham soniya, daqiqa, soat, tun, 
kun, kecha-kunduz, hafta, oylarning asta-sekinlik bilan almashinishi natijasida vujudga keladi. 
“Yil” so‘ziga o‘zbek tilining izohli lug‘atida shunday ta’rif beriladi:
1. Yerning 
Quyosh 
atrofida 
bir 
marta 
aylanib chiqish muddati; o‘n ikki kalendar oyiga teng vaqt, shunday vaqtga teng o‘lchov. O‘tgan 
yil. Bu yil. Yilning to‘rt fasli. 2006 yil uchun obuna davom etmoqda. Gazetadan. Bu yil yog‘in-
sochin 
ko‘p 
bo‘lib, 
yer-ko‘k 
chamanday 
yashnab 
ketdi.
S. Siyoev, Yorug‘lik.
2. Biror 
hodisa, 
voqea 
yuz 
bergan 
kundan 
boshlab o‘tgan o‘n ikki oylik vaqt. Uning ishga kirganiga besh yil bo‘ldi.  Uchinchi otam bilan 
ikki 
yilcha 
yaxshi 
turishdi. 
O‘. 
Hoshimov, 
Qalbingga 
quloq 
sol. 
3 O‘n ikki oylik vaqt bilan xisoblanadigan kalendar tizimi. Milodiy yil. Hijriy yil. Kabisa yili. 
Quyosh yili. Oy yili. Qamariya yil hisobi. [O‘TIL, 2006, 268].
“Yil” so‘zi asarda ikki yuzga yaqin o‘rinda ishlatilgan bo‘lib, asosan unda hijriy yil 
nazarda tutilgan. Yil so‘zi sanoq sonlardan, olmoshlardan so‘ng qo‘llanilgan. Ayniqsa, o‘shul 
olmoshi bilan birgalikda ko‘p qo‘llangan. 
Besh-olti yil mening qoshimda bo‘ldi. Mening otimg‘a ham yaxshi qasidalar aytdi. Bebok 
va mutlif kishi edi. Chuhra saxlar edi. Hamisha nard o‘ynar edi, qimor qilur edi [Boburnoma, 
2012, 189]. 

Download 5.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   331   332   333   334   335   336   337   338   ...   363




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling